2022 yil 16 Aprel kunlari
Erkin kurash sport turi bo'yicha
2005-2007 yillarda tug’ilgan yoshlar o'rtasida
Toshkent viloyati kubogi chempionati.
« TASDIQLAYMAN »
Toshkent viloyati Sport kurashlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori ____________B.Matkarimov «_____»_________2022 y.
|
|
|
« KELISHILGAN »
Toshkent tumani
Bolalar-o'smirlar sport
maktabi direktori ____________D.Mansurov
«_____»________2022 y.
|
NIZOMI
2022 yil
2022 yil 28-30 Aprel kunlari erkin kurash sport turi bo'yicha 2002-2005 yillarda tug’ilgan yoshlar o'rtasida O’zbekiston kubogi chempionati
1.Maqsad va vazifalar.
1. Sportchilarni sport malaka va ko'nikmalarini yanada oshirish;
2. Sportchilarni sport orqali hayotga bo'lgan ishonchi, havasi va intilishi, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzi
tamoyillarini kuchaytirish, milliy g'urur va iftixor tuyg'usini oshirish;
3. Sportchilar o'rtasida olimpiya va milliy sport turlarini yanada rivojlantirish;
4. Sportchilarni sport mashg'ulotlariga doimiy ravishda jalb etish bilan birga viloyat terma jamoasini
shakllantirish va olimpiya zahiralarini tayorlash.
2. Musobaqa o'tkazish muddati va joyi.
Musobaqa 2022 yil 28-30 Aprel kunlari Toshkent tumani Keles shahar BO'SM sport zalida bo'lib
o'tadi.
2022 yil 28-30 Aprel kunlari 2002-2005, yoshlar o'rtasida, 09:00-17:00 gacha bellashuv hamda
final baxslari bo’lib o’tadi.
3.Musobaqalarni o'tkazishga rahbarlik qilish.
Musobaqaga tayorgarlik ko'rish, umumiy rahbarlik qilish Toshkent viloyati Sport kurashlari assotsiatsiyasi va Toshkent tumani BO'SM tomonidan amalga oshiriladi. Sport turlari bo'yicha musobaqalarni o'tkazish viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda sport federatsiyalari tomonidani tasdiqlangan xakamlar hay'ati tomonidan amalga oshiriladi.
4.Musobaqada ishtirok etish shartlari.
Musobaqada sog'lig'ida tibbiy nuqsoni bo'lmagan, maxsus tayorgarlikdan o'tgan sportchilar ishtirok etadi. Ushbu musobaqa Xalqaro birlashgan kurashlar federatsiyasi (UWW) qoidalari asosida o'tkaziladi. Musobaqa ishtirokchilari quyidagi vazn toifalarida qatnashadilar:
2022 yil 28-Aprel 15:00 dan 17:00 gacha tarozidan o’tkazish 2002-2005 - 57 kg., 61 kg., 65 kg., 70 kg.,
74 kg., 79 kg., 86 kg, 92 kg., +97 kg dan -125 kg. gacha (1 kg ruxsat).
Ushbu musobaqada shaxsni tasdiqlovchi xujjat ya'ni (Pasport), COVID-19 spravkasi va xar bir jamoadan 1-nafar xakam bo'lishi shart.
5. Musobaqa g'olib va sovrindorlarni mukofotlash.
Musobaqada I,II,III - o'rinlarni egallagan sportchilarga Toshkent tumani Yoshlar ishlari agentligi bo’limi va Toshkent viloyati Sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan tegishli bo'lgan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Musobaqa xakami B.Matkarimov. tel: (97) 717-09-88 Musobaqa talabnomalarini shu
raqamga 2 kun oldin jonatinglar.
Ushbu nizom musobaqaga xaqiqiy chaqiruv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |