2022 O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fakulteti termiz davlat universiteti termiz – 2022


-Mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li



Download 69,42 Mb.
bet14/90
Sana23.11.2022
Hajmi69,42 Mb.
#870954
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи 2021 ЎУМ

4-Mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li
Reja:

  1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi.

  2. Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li.

  3. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.

  4. Davlat ramzlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.



Tayanch iboralar
O’zbek modeli Davlat ramzlari, strategiya, konstitusiyan, ma’naviy, tarixiy xotiraning, globallashuv, huquqiy asoslar, ilg‘or innovatsiyalar, yangi tarix, sovet.
Birinchi Prezident Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992- yil 4- yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992- yil avgust oyida nashr etilgan „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi.
Taraqqiyotning «o‘zbek modeli». Bu model-jamiyatni yangilash va isloh etishning besh tamoyiliga asoslanganligi.Uning O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlashda muhim yo‘nalish ekanligi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.O‘zgarishlar va yangilanishlarni izchil amalga oshirishda davlatning islohotchilik faoliyati. Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotning beqiyos katta imkoniyatlari ochildi. Milliy mustaqillik tufayli xalqimiz siyosiy mutelik, qaramlik asoratidan qutildi. Davlat suvereniteti natijasida jamiyatimizni isloh etish va zamonaviy siyosiy taraqqiyot jarayonlarini amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda huquqiy asoslarni bosqichma-bosqich barpo qilish uchun keng imkoniyatlar paydo bo’ldi. O’zbekiston istiqlol tufayli o’z taraqqiyotining tamomila yangi bo’lgan tarixiy davriga qadam qo’ydi. Mana shu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, endilikda xalqimiz o’zining tub manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chikib, rivojlanish strategiyasini belgilab olish va uni mustaqil amalga oshirishdek tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan shart-sharoitlarga erishdi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik”3.
Ma’lumki, o’z istiqloliga erishgan har qanday jamiyat oldida taraqqiyotning konseptual zaminlarini yaratib olishdek muhim va shu mamlakat istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar kundalang bo’lib turadi. Milliy rivojlanish ehtiyojlarini o’zida to’liq aks ettirgan siyosiy taraqqiyot modelini shakllantira olgan mamlakatgina izchil va samarali rivojlanish yo’lidan bora olishini jahon tajribasi bot-bot isbotlab turibdi. Shu jihatdan kelib chiqib, xulosa qilinganda, ta’kidlash joizki, mustaqil mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq Birinchi prezident I.A.Karimov tomonidan jamiyatimiz taraqqiyotining strategik zaminlari ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur asoslab berildi. Yurtimiz siyosiy taraqqiyoti, uning konseptual ta’minoti mustahkam bo’lganligi tufayli izchil ravishda ro’y bermoqda. Xalqaro globallashuvning turli salbiy ta’sirlariga nisbatan jamiyatimizning barqaror immuniteti kafolatli ravishda ta’minlanib bormoqda.
Mamlakatimiz istiqloli tufayli Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan zamonaviy mustaqil demokratik taraqqiyot bilan bog’liq yangicha ilmiy qarashlar, konseptual xulosalar mohiyatini anglash, o’rganish muhim dolzarb ahamiyatga egadir.
Davlat suverenitetiga erishish natijasida mamlakatimiz o’z sosio-madaniy zaminlariga tayangan holda, rivojlanish imkoniyatlariga bevosita ega bo’ldi. Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab o’tish joizki, harqanday yosh mustaqil davlat oldida o’z istiqlolini ro’yobga chiqarish uchun mamlakatning aniq shart-sharoitlari, ehtiyojlari, maqsadlarini qamrab oluvchi samarali siyosiy taraqqiyot modelini belgilab olish vazifasi turadi. Ushbu masalaning yuqori darajada hal etilishi mamlakatning izchil taraqqiyoti uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir mamlakat konkret amaliyotidan kelib chiqqan holda, rivojlanish g’oyasini qabul qilinishi ya’ni, taraqqiyotning konseptual asoslarini aniq belgilanishi bu urinda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida jahonning ilg’or tajribalarini inobatga olgan holda, ayni paytda, jamiyatimizning milliy negizlariga tayanib siyosiy taraqqiyotning evolyusion yo’li tanlab olindi va bunday siyosiy taraqqiyot zaminini zamonaviy demokratiya g’oyalari tashkil etdi. Mazkur g’oya asosida O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning o’ziga xos ilmiy va amaliy asoslari shakllantirildi. Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o’zida to’liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini obyektiv zarurat qilib qo’ydi. Shu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o’ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo’ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o’z ichiga qamrab oldi:
Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o’tish, fuqarolik jamiyatiga o’tishning poydevorini ko’rish.

Download 69,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish