2022 O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi


Mustaqil ish topshiriqlari



Download 25,29 Mb.
bet8/51
Sana23.03.2022
Hajmi25,29 Mb.
#506199
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Bog'liq
O\'.M.va S 2022 (3)umk YAKUBOVA (yangi)

Mustaqil ish topshiriqlari:
1.Moddiy va ma’naviy madaniyatdagi yutuq va tajribalar.
2.Qurilish, haykaltaroshlik, kulolchilik, badiiy va amaliy san’at.


Adabiyotlar:
1.Karimov I.A.Istiqlol va ma’naviyat. T., 1994 y.
2.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., 1998 y.
3.Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlari, 1-tom, T., 1998 y.
4.Abdullaev N. San’at tarixi T., 2001 y..
28
O‘RTA OSIYoning Axamoniylar va Yunonlar davri madaniyati va san’ati
Asosiy savollar:



  1. O‘rta Osiyoning Axamoniylar davri madaniyati

  2. O‘rta Osiyoning Ellin madaniyati rivojidagi axamiyati

  3. Baktriyaning Yunon-Baktriya podsholigi davri madaniyati va san’ati

  4. Baktriyaning Kushon podsholigi davri madaniyati va san’ati



Tayanch so‘zlar va iboralar: Axamoniylar, ellinlashtirish, yozuv, kushonlar tangalar.


Darsning maqsadi: O‘rta Osiyo hududida Axamoniylar ,Yunon Baqtriya va Kushon podsholigi davrida madaniyat va san’atning yuksak namunalari o‘rganiladi.
O‘rta Osiyo xududi qadimgi zamonlardan boshlab qulay iqlim
va sharoit bo‘lganligi sabab xam eng qadimgi insoniyat
istiqomat qilgan manzilgoxlar va ularning ilk yani ibtidoiy
davr san’ati namunalari ko‘plab mavjudligini turli manbalar
orqali ko‘rishimiz mumkin. Kadimshunos olimlarning
fikrilariga ko‘ra tosh davrining o‘rta bosqichiga doir bo‘lgan
Surxandaryo (Teshik tosh), Samarqand (Omonqo‘ton), Toshkent
(Obiraxmon va Xo‘jakent), Buxoro (Uch tut) qabi manzilgoxlar
ancha chuqur o‘rganib ularning turar joylari va turli mexnat
qurollari umuman ilk sanat yodgorliklari ancha mukammal
o‘rganilgan.
O‘rta Osiyo — xududidagi o‘rta tosh yodgorliklari madaniyati,
ishlash texnikasi bir muncha farq bo‘lishiga qaramasdan, o‘sha
davrga oid bo‘lgan Kavkaz, o‘rta va Yarim Sharq yodgorliklari
madaniyatiga yaqin turadi.
Madaniyatning keyingi bosqichi xamon ixtiro qilinishidan
toki kulolchilik vujudga kelishiga qadar davr mezolit davri
deb aytilgan. Bu davrga mansub bo‘lgan turli xil madaniyat
yodgorliklari O‘rta Osiyoning deyarli barcha yerlaridan
aniqlangan bo‘lib endi ancha murakab mexnat qurollari eng
muxim qoyatoshlarga tushirilgan xar xil suratlarini
ko‘rishimiz mumkin .Mezolit davrida ibtidoiy rassomlar tabiatning u yoki bu
kuchlariga bo‘lgan munosabatlarni, dunyoqarashlarini u
diniymi yoki dunyoviymi, bundan qatiy nazar, qoyalarga chizgan
rangli suratlari orqali ifodalab berganlar. Ana shunday
sanat yodgorliklaridan biri Surxondaryoning Zarautsoy darasi
qoyalariga ishlangan. Suratlar orasida yovvoyi xayvonlarni ov
qilish deb nomlangan manzara diqqatga sazovor bo‘lib ibtidoiy
odamlarning manzaralari moxirlik bilan ifoda etilgan.
29
O‘rta Osiyoda dastlabki madaniyat markazlarining vujudga
keluvchi 6.-7 ming yil oldingi davrlarga to‘g‘ri keladi. Bu
borada mashxur akademik V.M Masson keng ko‘lamda ilmiy
tadqiqotlar olib borgan. 1956—1957 yillarda shimoliy
Turkmanistonda olib borilgan kuzatishlar qadimgi
madaniyatimiz uchun malumotlar berdi.
V.M. Masson tadqiqotlariga ko‘ra bu davrda O‘rta Osiyoning
janubi-g‘arbida dexqonchilik va chorvachilikka asoslangan
jamoa va yangi tildagi madaniyat shakllanadi.
Bu origional ilk dexqonchilik madaniyati Jayxun
madaniyati deb mil.ol VI — V ming yiliklarga mansubdir. Bu
madaniyat guvuladan asoslangan uylar, arxaik shakldagi rangli
dunyoning to‘rt tarafiga qarab turgan xamda ustidagi gumbazi
quyoshni aks ettirgan. Afrasiyobda axamoniy madaniyati taqlidan
yasalgan otliq podsho tasviri tushirilgan o‘choq topildi. Yettisuv
vodiysidan topilgan to‘rt oyoqli va chetlarida qanotli sher
tasvirida tushirilgan to‘rt quloqli katta qozon xamda oyoqli
baland qilib ishlangan kichik qozon, katta Farg‘ona kanali
qurilipsh paytida topilgan uch oyoqli, chetlarida tog‘ tepasi
tushirilgan ulkan bronza qozon xam shu davrga mansubdir.
Axamoniylar davrining muxtasham yodgorligi Naqshi Rustam
darasidan topilgan shox Doro tobutidagi bezakli tasvirlar
orqali biz unga qaram bo‘lgan turli xalq vakillarining
qiyofasini tasavvur eta olamiz, Bu o‘yma suratlarda ularning
etnik tipi, kiyimlari qurol yaroqlari nixoyatda nafis va
nozik ifodalangan. Xuddi shu manzara Pesopol saroyida xam
takrorlanadi. Bu tasvirlar bizga o‘sha qadimiy
ajdodlarimizning qanday kiyimlar kiyib yurganlari
to‘g‘risida aniq tasavvur beradi. Sug‘diylar va
Baqtriyaliklarning kiyimi bir xil bo‘lgan. Kamarlak uzun
kuylik, xatto o‘sha kamar yoxud qayishning uchi bo‘rtib chiqib
turadi, boshqalarida do‘ppini eslatadigan qalpoqcha.
Sug‘diylarda uzun, lekin tor ishton, baqtriyaliklarcha chalgov,
oyoqlarida uzun junli etik, uning uchi qayrilib turadi.
Shuningdek, Xorazmliklar va barcha sak xalqlarining
kiyimlari unchalik farq qilmaydi, yoqasiz uzun chakmon
etaklarining uchi yoysimon qilib mo‘yna yoxud charmga o‘xshash
bog‘ichli qalpoq. Olti xaykalchadan xar birining belida
«akinak» deb atalgan xos xanjar bor. Barchalari soqolli lekin
sug‘diy baqtriyaliklarning soqoli ancha uzun va ko‘rkam.
30

Ayollar kiyimi xaqida tasavurga ega bo‘lish bir muncha


mushkullik tug‘dirgan. Xorazmdagi Talim barzuy manzilgoxi va
Afrosiyob topilmalarida ayollar etaklari uzun kiygan, buning
ustiga yengi uzun va kashtali xoshiyalar qilingan yopishqoq,
oyoqlariga taqinchoq va zeb berilgan kovush, boshlariga do‘ppiga
o‘xshash bosh kiyimni ko‘rish mumkin.
Mana shu barcha qiyofalar Yunon tarixchisi Geradodning
xarbiy saklar to‘g‘risidagi bayonlariga juda mos keladi, xamda
Tojikistonning Kabodiyon manzilgoxida topilgan yangi
manbalar asosida yanada oydinlashgan.
Ilk quldorlik tizimi madaniyati bizga uncha ko‘p bo‘lmagan
yodgorliklar orqali yetib kelgan bo‘lib bu madaniyatning ikkita
eng muxim yo‘nalishi bo‘lganligi malum. Buning birinchisi
ko‘proq ko‘chmanchi xujum bilan bog‘liq bo‘lib, adabiyotda «xayvon
uslubi» degan nomda yetib kelgan. Turli xayvonlarning
tasvirlashi malum uslubda ishlash orqali xanjarlarning
dastasini, ot anjomlarini xamda ko‘chmanchilik xayotda
foydalanadigan boshqa buyumlarni bezaganlar..
Ikkinchi yo‘nalish ko‘proq o‘rta xayot kechiruvchi axoli bilan
bog‘liq bo‘lib, mashxur Amudaryo xazinasi bu xaqda to‘la malumot
beradi. Xazina 1877 y.ilda Vaxsh daryosini quyilishi joyda
qadimgi shaxar Taxti Kuvot xarobasida topilgan. Xazina asosan
mil.av V — VI asrlarga oid sanat buyumlaridan iborat bo‘lib
bularning bir qismi O‘rta Osiyoda tayyorlangan bo‘lishi mumkin.
Saklarning tasviri tushurilgan oltin jevaklar, koxinlarning
oltin xamda kumushdan ishlangan xaykalchalari, ikki g‘ildirakli
aravaning oltindan yasalgan modeli, xayvonlarning juda ko‘p
xaykali — bularning xammasi qadimgi zargarlik sanati yuksak
darajada bo‘lganligidan dalolat beradi.
O‘sha davr O‘rta Osiyo xalqlarining to‘la xususida fikr
yuritish juda mushkul. Yunoniston tarixchilaridan biri qancha
tarixiy nomlarni keltirishdi, biroq ular o‘sha nomlarni o‘z
tillarida moslashtirib yozishgan. Ular o‘zlari ifoda eta
olmagan shilpildoq, jarangli tovushlarni «s» xarfi bilan
almashtirib ifoda etganlar.
Shu bois To‘maris, Amogra, Sparetra, Zariad va Zarina
nomlari aslida qanday aytilganligini biz bilmaymiz.
Faqatgina «sak» so‘zi shaka shaklida ifoda etilgani malum.
Amudaryo Yunon tilida «Oksok», Xorazm tilida «Okuz», Sirdaryo
tilida «Tonois», maxalliy nomda esa Yaksarat, Zarafshon tilida
«Politilit»., «Avesto» asarida esa «Daitya» va xakozo.
31

Yunon yozuvchisi Elian saklarning farq qiluvchi o‘z tili va


tilini Shimoliy Kavkaz va Abxaziya tillari bilan juda yaqin
turadigan yafetik tizimga kiritilgai edi.
Toxarlar — qadimgi daxlarning avlodi bo‘lib ularning tilida
Yunon, armani va slavyan tillariga o‘xshab ketadigan tomonlar
bo‘lgan. S.P Toletov ularning tili Qora dengizning shimoliy
qismida yashagan komeriylar tiliga yaqin deb xisoblaydi.
Komeriy aslida Xorazmlik xazarlarning nomlaridir, degan
talqinlar xam mavjud. Xususan bu davrlarda maxalliy til
qo‘llanilishi bilan birga dariy tili mamuriy til sifatida
yuzaga chiqadi. Rasmiy malumotlar uchun esa. Erondagi mixxat
yozuvidan foydalanilgan bo‘lib extimol oromiy mixxat yozuvi o‘z
navbatida finikiy alifbosi asosida yaratalgan bo‘lib, u 22 ta
xarfdan iborat edi. Bu yozuv keyinchalik sug‘diy va xarazmiy
yozuvlari uchun xos bo‘lib xizmat qildi. O‘sha davrlarda yana bir
til yunon va sug‘d tilarining omuxtasi mavjud bo‘lib podsho
Kserks tomonidan Miletdan ko‘chirib kelingan axoli ana shu
tilda so‘zlashgan.
Ularning avlodlarini esa Aliksandr Makidonskiy qirib
yuborgan.
Ammo shu davrda og‘zaki ijod kamol topadi va muqaddas
«Avesto» yaratiladi. «Avesto» qaxramonlari Baxdil, Sug‘diyona,
Marg‘iyona va Ayrian Vaeja xududlarida zafarlar qozoniladi.
Saklarning boxodirlari xaqida ayrim lavxalari 3 asrda
yashab o‘ttan Yunon shoiri Polien o‘z asarlariga kiritadi, u eri
Amorgni qutqargan malika Sparetra, eronliklarni cho‘lga
daydiratgan Shiroq voqeasi shular jumlasidandir. Yunonlar
sak malikasi Zarina va Midiya shahzodasi Striangi sevgisi
xususida shuningdek bir— birlarini tushda ko‘rib sevib qolgan
skiorlar shoxi Odatidning qizi xamda Zariadra xaqida ajoyib
asarlar yozishgan.
Bu davrda O‘rta Osiyo xududidagi xalqlar bir necha din va
atshdalarga rioya etganlar Zardushtiylik, Mitra oqimiga
qo‘shilib ketgan Tabit Anaxit ervoniylik, ajdodlar ruxiga
sajda qilish, shamanlik, Siyovushga sajda qilish va xakazo.
Olimlar orasida zardushtiylik dini Midiyadan tarqala
boshlagan, degan «g‘arbiy nazariya mavjud». Biroq, buning aksi
o‘laroq yuzaga keltan «sharqiy nazariyaga» binoan esa Xorazm,
Baqtriya, Sug‘diyona va Parkana mazkur dinning vatani
xisoblangan. Bu nazariya tarafdorlari ko‘pincha zardushtiylikni
Xorazm bilan bog‘laydigan va taxminga ko‘ra «Avestoda» xikoya
qilingan «adarxura» muqaddas olovini shu yerda yoqilganligini
isbotlashga urinadi. Avestoda yozilishicha bu voqea Zardushtda
oldiga tashrif buyurgan ayrian —vajea madaniyati sodir bo‘lgan.
Ayriay — Vaejaning manzaralari esa jug‘rofiy jixatdan
aynan Xorazm yurti manzilariga nixoyatda mos keladi. 32

Avestoda qora kuchlar xomiysi Axriman zulum o‘tkazgan


yurtlar sanab o‘tiladi. Bular ichida Arian —Vaeja, so‘ngra
odamlar va chorvalarga boy badavlat sug‘diyona, buyuk va muqaddas
Mauru (marv) tog‘larini baland ko‘targan Baxdi (baqtriya)
mamlakatlari sanab o‘tiladi. Mazkur muqaddas kitobga
zardushtga yani, nur olov tarqatuvchi xudoning tug‘ilgan yurti
baland tog‘lar, yashil yaylovlar, moviy ko‘llar, keng daryolar o‘lkasi
sifatida tasvirlanadi, yani bu Iskata (skifiya), pourata
(porfiya), mourata (marv), sug‘diyona, Xvayrezm (xorazm) ni o‘z
ichiga olgan buyuk mamlakatdir. Avesto asari aka-ukalar, yani
ezgulik xudosi Axuramazda bilan yovuzlik xudosi Axrimanning
o‘zaro muttasil kurashiga asoslanadi, Avestoda gox yaxshi, gox
yomon kuchlar g‘olib kelib o‘z xukumronliklarini o‘rnatadilar.
Zardushtiylik talimoti Eronda birmuncha boshqaroq tarzda
o‘zgara bordi. Chunki axamoniylar podshosi Axuramazda siymosini uning yerdagi kanbi — shox bilan bog‘laydilar va o‘z
nomlariga «Saoshiant» nomini ko‘rib oladilar. Bu so‘zning
manosi esa insoniyatning qutqaruvchisi, xomiysi demakdir.
Yunon tarixchi olimi Strabon massagetlar xaqida « ularning
xudosi quyosh bo‘lib otlarni so‘yib qurbonlik kilar edilar» deb
yozadi.
Sak qabilalari va massagetlar orasida quyosh va suv yoxud o‘t
va suv unsurlari bilan bog‘langan diniy talimot xukum suradi.
Massagetlar mamlakati tarkibiga kirgan xorazmliklar yurti
nomi aslida «xvar» quyosh «zm» —zamin yer manolarini ifoda
etgan. O‘sha davr o‘rta Osiyoliklari, forslar va armanlar tilida
yer, suv, xosildorlik va muxabbat xudosi Anaxit nomi bilan
atagan, undan ilgariroq esa tadib deb yuritilgan (tab —
nur, Kiyosh — yorug‘lik demakdir). Mitra va Anaxit siymolari
orqali mazkur aqida to arablarga qadar davom etib kelgan.
Ayrim malumotlarga qaraganda o‘rta osiyoning bazi
xalqlari juda ibtidoiy qullarning bu davrga kelib shamonizm
formasiga kirib qolgan qoldiqlari mavjud edi. Geradot
massagetlar xaqida xikoya qilib shunday yozadi: «Ular muayyan
daraxtlarning mevalariny bir joyda to‘p —to‘p qilib yig‘adilar,
so‘ng gulxan yoqib, uning atrofiga davra qurib o‘tirishadi va
mevalarni olovga tashlashadi, so‘ngra olovga tashlangan kuyayotgan
mevalarni xidlab, ularning xididan elinlar xuddi vinodan
mast bo‘lganday kayf qilganlar, olovga qancha ko‘p meva tashlansa
ularning kayfi shuncha tarang bo‘lgan .
33

O‘muman o‘rta Osiyo xalqlarining ilk quldorlpk tizimi o‘ziga


xos xususyyatXari bilai uning madaniyat taraqiyoti xam juda boy
tarixga eta, Mavjud tarixiy mambalarga qaraganda jaxon
madaiiyatiniig yirik o‘choqlaridan biri o‘sha davrlarda aynan
o‘rta Osiyo bo‘lgailygy qayt etiladi.
Guldor sopol buyumlari, turli xil mexnat qurollari orqali
chuqur o‘rganilgan, Joyxun madaniyati yodgorliklaridan
stratigrafik o‘rganish tufayli mil.av VI —V ming yilliklar
doirasida mazkur madaniyatning taraqiyot bosqichlari aniqlandi
va uning kelib chiqish ildizlari shimoliy Iroqning Jarmo
madaniyati bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Turmush tarzi
ovchilik va baliqchilikka asoslangan ibtidoiy jamoa
xo‘jaliklari O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning ayrim
mintaqalarida topilgan.
Taniqli etnograf va arxeolog olim Ye.P Toletov Xorazmda
ilmiy tekshirish jarayonida Jayxun madaniyatiga o‘xshash
bo‘lgan, yana bir madaniyat markazi aniqlab yaqin qishloq nomi
bylan Kaltaminor madaniyati. deb nomladi. Bu madaniyatda uch
bosqich borligi kuzutiladi. 1. ilk bosqich m.ol VI —V ming.y. 2.
o‘rta. bosqich m.ol. IV—III ming y. bu bosqichlarning madaniy
kiyofasi ularga xos ishlab chiqarish, mexnat kurollari xamda
sopol buyumlari o‘z aksini topgan, Ularniig turar joylari
yirik chaylalardan iborat ekanligi ta’kidlanadi.
Kaltaminor m.adaniyati jamoalari sopol ishlab chiqarishda
juda moxir bo‘lishgan, Sopol yasashda ular xam kulolchilik
charxidai foydalanishni bilmas edilar. Kulollar dastlab
sopol idish tayyorlash uchun chipta qopga o‘xshash materialdan
xaltachalar yasagan. Xaltacha qumga to‘ldirilib, ularning ustidan
obdon tayyorlagan maxsus loy bilan suvash qilingan. So‘ngra
idishlarning bir nechasi yer tandirga o‘xshash xumdon ichidagi
olov ustida terib chiqilgan va xumdonning og‘zi maxkam qilib
berkitilgan va shu tariqa o‘ta Pishiq idishlar tayyorlangan.
Qaltaminorliklar yasagan sopollarning sirtida odatda naqsh
berilgan. Naqshlar chizma uslubda ishlangan. Ular turli
geometrik shakllarda o‘z aksini topgan. Asosan naqshlar uchi
uchli yog‘och yoki suyak pichoqcha yordamida ilon izi, romb, uchburchak,
egri chiziq va boshqa naqshlarda chizilgan. Sopol naqshlari
ularni olovga pishirganga qadar berilgan.
Kaltaminor madaniyati idishlarni xammasi xam naqsh bilan
bezatilmagan. Kaltaminor madaniyatining so‘ngi bosqichi
kelganda baza sopollarning rangli naqshi xam paydo bo‘lgan. Bu
shimol baliqchilari bilan janub dexqonlari o‘rtasida yaqin
madaniy aloqalar borligidan dalolat beradi. Kaltaminor
madaniyatining so‘ngi bosqichi sopol idishlarning shaklanishida o‘zgarishlar yuz beradi. Naqshli idishlar keskin
kamayady. 34
Naqshlardagi murrakablik o‘rnini oddiy naqshlar
egallaydi. Tuxumsimon, tagi dumaloq idishlar yo‘qolib, ular
o‘rniga tuvaksimon, osti tekis idishlar paydo bo‘ladi.
Umuman Kaltaminor madaniyati faqatgina Amudaryo va
Sirdaryoning quyi oqimi xavzalariga, qadimgi Xorazm yerlariga
xos bo‘lmay balki bu madaniyatga daxldor urug‘ jamoalari o‘rta
Osiyo ikki daryolari oralig‘idagi barcha pas tekisliklarga xos
madaniyatdir.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati mi.ol III ming
yilliklarda neolit (mistosh) davri deb yuritiladi. Bu davr
madaniyatiga oid malumotlar juda kam bo‘lib muttaxasislar
tomonidan keng ko‘lamda o‘rganilgan. Biroq bronza va temir
davriga oid tarixiy madaniy manzilgoxlar xar tomonlama
atroflicha o‘rganilgan. Jumladan bronza davriga oid yodgorliklar
Turkmanistondagi Nomozgox, Xorazmdagi Tozabog‘yob, Zarafshon
voxasida Zamonbobo, Surxondaryodagi Sopollitepa va
Namangandagi Chust madaniyati misolida kuzatiladi. Ayniqsa
Sopolitepa va Chust madaniyati katta tarixiy axamiyatga ega
ekanligi aloxida qayt etib o‘tiladi.
Bronza davridagi ilk dexqonchilik jamoalarining
madaniyatini o‘rganish uchun O‘zbekistonning janubidan topilgan
yodgorliklarning muayyan qismi tadqiq etildi.Ana shu dexqonchilik madaniyati shartli ravishda birinchi tekshirilgan
manzilgox nomi bilan Spollitepa madaniyati deb yuritiladi.
Bu buyuk ustalar, nozik zargar va moxir quruvchilarning bundan
3500 yil avval o‘z ijoddarining samarasi o‘laroq bizga
qoldirib ketgan mutloqo o‘chmas yodgorliklari bo‘lib, buyuk bir
madaniyat izlari edi, 1960 yilning oxirlarida. arxeologlar
tomonidan olib borilgan ishlar natijasida O‘zbekistonning
Janubida bronza. asrining yuksak taraqiy etgan ibtidoiy (ilk)
shaxar madaniyati dunyoga malum va mashxur bo‘ldi. Xozirgi
paytdi bu yerda mazkur madaniyatning 20 dan ortiq yodgorligi,
yani turar joylari va qabristonlari o‘rganildi. Ular orasida
ayniqsa. Sopolitepa. va Jarqo‘ton yodgorliklari atrofida
uchraydi. Bu arxiologik yodgorliklarning tadqiq etilishi
iatijasida mazkur madaniyatning tarkib topishi va
rivojlanishini kuzatish xamda uni qadimgi sharq tillaridagi
ibtidoiy shaxar sivilizatsiyasining yangi markazi sifatida
baxolash, ayni vaqtda xronoligiyani aniqlashtirish imkoni
vujudga keldiyu shuningdek dexqonchilikdagi qadimgi
dexqonchilik madaniyati jamoalarining shimoldagi chorvador
jamoalari bilan etnik madaniy aloqalar oydinlashtiradi.
Ushbu madaniyat uchun turar joy qurulishida xam g‘ishtli
imoratsozlik xos bo‘lib, bu inshoatlar o‘ziga xos mudofa
devorlari bilan o‘rab olingan, xonadonlarda esa to‘rtburchak
shaklda ravon ko‘chalari bilan rejalashtirilgan. 35
Bu yerda kulolchilik, temirchilik, zargarlik, to‘qimachilik,
tosh va yog‘ochdan ishlov berish kabi xunarlar nixoyatda
rivojlangan edi.
Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysida olib borilgan
tadqiqotlar natijasida xar broiza davriga oid bir qator
manzilgoxlar o‘rganilgan. Bu madaniyat dastlab va eng ko‘p
o‘rganilgan yodgorliklarning nomi bilan Chust deb atalgan.
Chust madaniyatiga mazkur. yodgorliklar tekshirilib
ko‘rilganda, qo‘ldan yasalgan guldon sopol qozon va tovoqlar ko‘p
uchradi. Ular orasida qaddi bukiltan turli shakldagi sopol
tavoqlar, piyola bor edi. Uy ziynati sopol idishlarga qizil
bo‘yoq berilgan va sayqallangan. Ko‘pincha shoxlar uchburchak
romlar, tasmachalar ko‘rinishida qora chiziqlar va boshqa
to‘rsimon shakllar tushirilgan. Chust madaniyatida metal bilan
bog‘liq xunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Birgina Chust
makonn tekshirish paytida 80 dan ortiq metal buyumlar
aniqlangan.
Umuman O‘rta Osiyoda qadimgi yodgorliklarning juda boy
kompleksi voxalarda ekonomika va madaniyat taraqiy etganidan
va bu yerda qadimgi davrlardayoq sinfiy jamiyat tashkil topa
boshlaganligidan dalolat beradi.
2. O‘rta Osiyo xalqlariiiig ilk quldorlik tuzumi
davrlaridagi madaniyat va sanat yodgorliklarini keng
ta’riflash juda mushkul. O‘q — yoy, pichoq, xanjar, sopol
buyumlar, turmush lavxalarini aks ettiruvchi qadimgi o‘yma
naqshlar, Anaxit mabudasi tasviri, baland poshna etik, chukki
qalpoq va chakmon kiygai erkaklarning xaykallari kabi sanoqli
narsalar bu davr madaniyatini to‘la o‘rganishga imkon bermaydi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan O‘rta Osiyo xalqlarining
Xindiston, Osuriya, Eron mamlakatlarining xarbiy va siyosiy
ishlariga aralashuvi xamda ularning Yunoniston va Misr
xududlariga kirib borishi mazkur xalqlarining madaniyati
bilan mustaxkam aloqada bo‘lganligi xaqida dalolat beradi.
Xorazmdan topilgan otashxona va boshqa ibodatxonalar, Abu
Rayxon Beruniy ta’riflagan otashxonalar to‘g‘risida malumot
beradi. Janbos qala yodgorliklariga qarab esa o‘sha davr
memorchiligining shakllari xususida muloxaza yuritish
mumkin inshoatlar to‘g‘ri qirrali qilib qurilgan.
O‘rta Osiyo xalqlarinig tarixi va madaniyati muxim bir
bosqich sifatida greklar tomonidan o‘lkamizning istelo
qilinishi ko‘rsatiladi. Bu davrlar arxiologik tekshirish
qadimgi shaxar xarobalarini o‘rnatish antik davr avtorlari
tomonidan yozib qoldirilgan yozma malumotlarni o‘rganish
tufayli atroflicha aniqlanmoqda.
36

Keyingi 30 — 40 yil ichida Grek —Baqtriya podsholigi


yerlaridagi o‘nlab o‘sha davrga oid muxim yodgorliklar ochib
o‘rganilgan. Masalan, Baqtriyaliklarning Afg‘oniston qismida
Begram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi olamga mashxur
qadimgi shaxar qoldiqlari, uning Toljikiston qismida
Kabodshox, Kaykobot, O‘zbekiston qismi Dunyotepa, Xayitobodtepa, Jandavlattepa kabi shaxar xarobalari ochib
o‘rganilgan.
Xunarmandchilikning kulolchilik soxasini oladigan bo‘lsak
bu davrda bobokalonlarimiz kulolchilikda antik olamda tengi
yoq ustalar edi. Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona kulollari yuksak
sanat darajasiga ko‘tarilgan sapol idishlar yasay bilganlar.
Uy—joylar, shoxona saroylar, ibodatxonalar va mudofa
inshoatlari qurishda bu o‘lkalar xalqi antik davr olamiga
yuksalishining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan.
Bu o‘lka xalqlari o‘sha davrlarda xam turli eroniy tillar
gruppasiga kiradigan maxalliy laxjalarda gapirishar edi.
Si-Ma-Uyaning aytishicha «Dovondan to Parfiya (An’si) gacha
kishilar bir- birining tilini tushunar edilir».
Strabon xam Baktriya, Sugd, Eron va Xindistonda yashovchi
axolining tillarini bir — biriga o‘xshashligini ta’kidlaydi.
Biroq ana shu oblastlarining xammasida yagona bir til mavjud
bo‘lgan deb aytish qiyin. Manbalar O‘rta Osiyo axolisining
tillari bir-biriga bo‘lganligidangina xabar beradi. Baktriya
podsholari saroy tili sifatida grek tilidan foydalanar
edilar. Grek tili bilan maxalliy tillardan birining
qorishmasidan tashkil topgan bir til xaqida xam ma’lumotlar
bor. Lekin bu ma’lumotlar miloddan avvalgi 4 asrga oiddir. Bu
til oradan bir oz vaqt o‘tib yanada rivojlanganini yoki yo‘qolib
ketganmi — bu noma’lum.
O‘rta Osiyo yozuvining eng qadimiy ma’lumotlari Xorazmda
olib borilgan qazishma ishlari paytida topilgan. Bular oromiy
xati bilan bitilgan yozuvlar bo‘lib, tadqiqotchilar ularni mil.
ol. 3 asrga oid deb xisoblaydalar. Tangalarda ishlatilgan grek
yozuvi xam keng tarqalgan bo‘lsa kerak. Afsuski O‘rta Osiyo grek
yodgorliklari xozirda juda kam topilgan. Mil. ol. 2 asrdan
boshlab grek-Baktriya podsholarining tangalarida grek yozuv
bilan bir qatorda karoshti xati yozuvlari xam paydo bo‘la
boshlaydi. Ular aftidan Kobuliston axolisiga va grek —
baktriya podsholarining Hindistondagi yerlariga mo‘ljallangan
bo‘lsa kerak. Ikki tildagi bunday tangalar O‘rta Osiyo
territoriyasida xam uchraydi, lekin karoshti xati shimolga
Amudaryodan ancha kech 1 asrlarda buddizmning keng yoyilishi
bilan kirib boradi.
37
Grek-baktriya podsholigida yilni sanash chamasi
salavkiylar erasi bo‘yicha, ayni xisoblash esa Makedoniya
kalendari-bo‘yicha olib borilgan.
Maxalliy axoli orasida avvalgidek zardushtiy kalendari
ishlatilib kelingai. Bu davrda maxalliy astronomlar asosiy
sayyoralar va yulduzlar turkumlarining nomlariga qarab fikr
yuritilsa, zodiak sistemasini xam aniqlaganlar. Munajjimlar
shox saroyida katta mavqega ega edilar. Ular goroskoplar tuzar
va yulduzlarga qarab biron qaror qabul qilish uchun qulay
kunlarni belgilab berar edilar. Munnajimlar ayni chog‘da
fizika, matematika va falsafa kabi fanlar bilan xam
shug‘ullanardi.
Ikkita grek — baktriya tarelkasidagi (oltin va kumushdan
ishlangan) grekcha yozuvlarni tekshirish. Sug‘d va Baktriyada unlab
sanash bilan bir qatorda, yigirmalab sanash mavjud bo‘lganini
aniqlashga imkon berdi.
San’at yodgorliklari va yozma manbalarining
ma’lumotlariga qaraganda Sug‘d va Baktriyada muzika, umuman
butun Sharkda bulganidek, saroydagi marosimlarda xam
kundalik turmushda ham katta rol o‘ynagan. Muzika asbobolari
sibizg‘a, ud, nog‘ora, chiltor kamon bilan chalinadigan asbob va
yoyga o‘xshagan karnaylardan iborat bo‘lgan.
San’at yodgorliklari, Ovesto tekstlarini analiz qilish
natijasida olingan ma’lumotlar, shuningdek arxeologik
kazishmalar bu o‘lka xududida diniy sistemalar va kultlar mavjud bo‘lganini aniqlagashga imkon beradi. Bular orasida
Otashparastlar dini yetakchi mavqeni egallagan.
Maxalliy kul’tlar (Ma’buda Noxid, xudo Mitra) ellin
xudolari (Zeve, Afina, Posedon, Apallon) Rigveda gimnlarida
madx etilgan Xind Xudolari bularning barchasi tasviriy
san’at yodgorliklari tekstlarida namoyon bo‘lgan. Kadimgi
maxalliy kultlarnint Sharqdagi qo‘shni mamlakatlarda mavjud
bo‘lgan diniy tasavvurlar va antik mifologik obrazlari bilan
qo‘shilib ketishi, shuningdek, turli tasavvurlar xayot
kechirishining o‘zi yangi-yangi diniy obrazlar va ta’limotlar
ning vujudga keltirishi kerak edi.
Baqtriya va sug‘d badiiy madaniyatining rivojlanishidagi
muxim o‘zgarishlar shu davrga oid tangalarda o‘z ifodasini
topdi. Grek-baqtriya tangalarining o‘ng tomonida ko‘pincha
podshoning rasmi, chap tomonida esa xudoning, podshox xomiysi
siymosining surati zarb etilgan. Uning tashqi qiyofasi
ellinistik dunyoda juda mashxur bo‘lgan Lisipp (mil.ol 4 asr)
ishining xaykal namunasi bo‘yicha tiklagan. Elinistik portret
ishlash sanati va umuman zarb qilish sanati eng yaxshi
yutuqlarining keng yoyilishidir. O‘rta Osiyo xalqlari
38
madaniyatining rivojlanishi jiddiy tasir ko‘rsatgan bo‘lsa
kerak. Bizgacha yetib kelgan grek — baqtriya davlati va undan
keyingi davrlarga xos yodgorliklar ichida oltin va kumushdan
ishlangan buyumlar "katta axamiyatga egadir. Bu buyumlar keskich
va punson yordamida zarb qilingan va diniy xamda xayotiy
manzaralar va xudolar burj rasmlari muzeyda saqlanadi
idishlar va flarlarning ko‘pchiligi O‘rta Osiyo teretoriyasini
qo‘shni va uzoq mamlakatlar bilan bog‘lagan karvon yo‘llarining
qadimgi trassalarida topilgan.
Bu davrning madaniyati va sanati uchun maxalliy va grek
madaniyatlarining qo‘shni mamlakatlar (Eron va. Xindiston)
madaniyati elementlari bilan qo‘shilib ketganligi xarakterlidir.
Grek — baqtriya podsholigi madaniyati o‘sha davrlardagi sanat
va, moddiy madaniyat yodgorliklaridagina ifodalinib qolmay,
uning o‘zlari O‘rta Osiyo tarxining to arab istelosiga qadar
xatto undan keyingi paytlarga oid baddiy asarlardan xam
yaqqol ko‘rinadi, lekin bu asarlarda ularni maxaliy madaniyat
turlaridan ajratib bo‘lmaydi, chunki ular bu ananalar bilan
uzviy bog‘langan xolda mavjud bo‘lgan.
Xullas, Grek-baqtriya davrida moddiy va manaviy
madaniyat o‘zining yuksak darajasiga ko‘tarilgan. Bu yuksaklik
xayotning barcha jabxalarida namoyon etiladi. Maxalliy
axolining ananaviy madaniyati va sanati o‘ziga xos
rivojlanishda davom etib, shu bilan birga grek dunyosini
(elljnizm) ko‘zga tashlangan yuksak memorchilik sanatining
ibratli tomonlarini o‘ziga singdirdi. Bu yuksalish kushonlar
davlati zamonasiga kelib yuksak rivojlanishda davom etdi,
O‘rta Osiyo xalqlari va madaniyati 1 — 4 asrlarda mavjud
bo‘lgan kushon podsholigi chuqur iz qoldirgan. Mazkur
podsholikning o‘sha davrlarga oid bo‘lgan yirik shaxarlari
xarobalari 70 — 80 yillirga ancha mukammal o‘rganilgan. Yozma
malumotlarda xam mamlakatimiz tarixi va o‘tmish madaniyati
kushonlar tomonidan yaratib qoldirilgan moddiy va manaviy
boyliklar batafsil kiritiladi.
Geografik jixatdan bir — biridan uzoqda joylashgan va xar
xil ananalar va tasavurlarga ega bo‘lgan oblastlarning turli
tillarda so‘zlovchi axolisini o‘z ichiga olgan. Kushon
podsholigida, garchi bunday birlashuv madaniy nematlarini
keng ko‘lamda almashishga yordam bergan bo‘lsada, podshoxlikning
turli qisimlari uchun yagona bo‘lgan diniy madaniyat yaratilmadi.
Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan diniy sistemalar va kultlar
yonma-yon yashagan. Buni kushon shoxlarining tangalari
ko‘rsatiladi. Bu tangalariing orqa tomonida turli xudolar
tasvirlangan.

39


Misr—Mitra (Quyosh xudosi), Mox (Oy xudosi),
Otash (Olov xudosi), Farr (Omad va mamurchilik xudosi) va
uning jufti xosildrrlik mabudasi Ardoxsh mabudasi,
shuningdek ikkinchi darajali xudolar—frufasi—otlar
xomiysi, Vaxsh—Amudaryo erkak xudosi kabi xudolar
xkukmdorlardan Kanishka va Xuvisika zamonidagi tangalarda
uchraydi. Xindiston pantioni tangalarda turli qiyofalardan
Shiva xudosi, shuningdek, Shiva doirasidagi jangli xudolar
(Skanda, Kumara, Maxasena va xokazo) iborat bo‘lgan. Kushon
ponteonida Shivaning xotini Parvata mabudasi obrazi bilan
qo‘shilib ketgan Old Osiyo Nanayya —nana mabudasi murakab
tarzda o‘rganib boradi, Kanishka zamonida Budda tasviri
berilgan tangalar zarrb qilingan. Asli g‘arbdan kelib chiqqan,
butun ellinistik dunyoga keng tarqalgan xudolar— Seranis,
Gerakl axolisida gruppani tashkil etadi. Xudolarning maxalliy
nomlarini grek tilida tarjima sifatida tangalarda Gelios,
Selena va Gefeetning nomlari berilgan.
Kushon davrining kulotlarga oid binolari arxiologik
jixatdan tadqiq etilgan. Shimoliy Afg‘onistonda ko‘p yillar
mobaynida o‘tkazalgan qazish ishlari natiya-sasida Surx — Kutolda
ibodatxona inshoatlarining butun bir kompleksi, shuningdek
Budda ibodatxonalari va ularda suppalar juda ko‘plab
topilgan. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga, Ayrtom, Termiz
atroflarida ibodatxona. ochib o‘rgaiilgan, bu yerda muzikachilar
va gulchambar ko‘garib kelayotganlarning rasimi ishlangai tosh
imoratlar topilgan. Qadimgi Termiz shaxri xarobalari g‘or
ichida joylaptgan qoratepa Budda ibodatxonasini qazish
ishlari katta qiziqish tug‘dirdi. Sopol buyumlari kushon —
baqtriya alifbesi xamda Braxma va karoshti xind alifbesi
bilan. bitilgan yozuvlarning kolleksiyasi anashu yerdan kelib
chiqadi. Koratepa g‘orining devorlarida yozuvlar saqlanib
qolingaiki, ular kushon — baqtriya xilining ancha keyingi
davrlarga xos xili —kushon kursiv xata bilan yozilgan.
Surxandaryo viloyati va Tojikiston xududlarida olib
borilgan arxiologik izlanishlarning guvoxlik berishicha, bu
tizimda buddizimga xos memorchilik va xaykaltaroshlik
san’ati, zargarlik sanati o‘zining klassik darajasiga
ko‘tarjlgan. Ayniqsa qadimgi Dalvarzintepa xarobalaridan
topilagan juda noyob yodgorliklar nafaqat- o‘rta osiyo balki
jaxon mutaxasislari tomonidan yuqori baxolanmoqda.
40

Kushonlar zamonida O‘rta Osiyo xalqlarining baddiy


madaniyati yuksak darajada rivojlandi, uning asosiy xususiyati
xudolar galeriyasi uchun barqaror, antropomoror ikonografiya
mavjudligi bo‘lib, bu loydan mayda xaykllar ishlatishning
rivrjlanishida bo‘lgan sopolddn ishlangan xudolarning
xaykallari bu davrning faqat kultga xos ikonografiyasi emas,
balki kiyim — kechaklar, Musiqa asboblari, qurol —yaroq va
boshqa buyumlari xaqida xam tasavur beradi. Kushon davri
sanatida grek — rim obrazlarining intensiv tarzda qilib
kelganligi ellinistik dunyoning g‘arbiy oblastlari bilan keng
ko‘lamda aloqa qilib turganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, Kushon madaniyati Grek —Baqtriya vositasi.
bo‘lib, uiing ajoyib manbalarini davom etirdi va yangi
taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.
Umumiy xulosa qiushb shuni takidlash lozimki tasviriy,
memorchilik va xaykaltaroshlik sanati O‘rta Osiyoda Gresiya
Rimdan olishgan. Bu borada Gresiya va O‘rta osiyo madaniyati
uyg‘unlashib o‘ziga xos yuksak sanat asarlarini yaratadi. Bu
manzara ayniqsa Parfiya va Baqtriyada Sug‘diyona va Marg‘iyona
o‘z aksini topdi. Bu asarlar tosh va terakotadan yasalgan bo‘lsada
bizgacha yetib kelgan. Masalan antik dunyoning yuksak
madaniyatiga xos tasviriy sanat namunalari 2 — 3 asrga oid
Fayoztepa Budda majmuida toshdan yasalganligi uchun yaxshi
saqlangan. Biroq antik davr yodgorliklariga xos sanat
asrlarining aksariyati o‘rta Osiyoga xos xom ashyo loydan
qilinganligi uchun zamonlar o‘tishi bilan yer qariga singib
ketdi.



Download 25,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish