Nazorat topshiriqlari
1.Ibtidoiy davrning taraqqiyot bosqichlari.
2.Odamzodning ilk makonlari.
Mustaqil ish topshiriqlari
1.Ibtidoiy davrdagi madaniyat va san’at taraqqiyoti.
2.O‘rta Osiyodagi ilk tasviriy san’at namunalari.
ADABIYoTLAR:
1.Axmedov B.A "O‘zbekiston xalklar tarixi manbalari".Toshkent 1983
2.Arsixovskiy A.V "Arxiologiya asoslari" Toshkent 1970
3.Avesto Dushanbe 1990 •
4.Goffurov B.G "Tadjiki" Dushanbe—1989
5.Kosven M.O "Ibtidoiy . madaniyat tarixidan ocherklar"
" Toshkent— 1960
6.Istoriya drevnego mira Moskva— 1989
7.Karimov Sh.Shamsiddinov R. Vatan tarixi Toshkent— 1997
8.O‘zbekiston xalklari tarixi 1 jild Toshkent— 1992
23
O‘rta Osiyoning kadimgi madaniyati va san’atining o‘ziga xos xususiyatlari
Asosiy savollar:
o‘rta Osiyoda ilk diniy falsafiy karashlarining shakllanishi.
o‘rta Osiyoda kadimgi davlatlarining shakllanishi
o‘rta Osiyoda yaxlit madaniyatni tashkil kiluvchi submadaniyatlar
Madaniyat va san’at rivojida yozuvning urni. Zardushtiylik va «Avesto»
Tayan so‘zlar va iboralar: din, madaniyat, Zardusht Avesto
Darsning maqsadi: Urta Osiyo hududida diniy dunyo qarashlarning madaniyat va san’at taraqqiyotiga ta’siri, hamda moddiy va ma’naviy, badiiy va amaliy san’at taraqqiyotining muhim xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Diniy madaniyat- xaqida fikr yuritilganda jamiyat taraqqiyotida
din xukumronlik mavqeini egallab, fan adabiyot, falsafa, sanat
va me’morchilik taraqqiyotida xam o‘z aksini topgan o‘rta asrlar
Yevropa va Musulmon Sharq dunyosining madaniyatini etirof
etmog‘imiz lozim.
Davlatchilik tushunchasi. Katta Xorazm, Baqtriya podsholigi, So‘g‘diyona - vatanimiz hududidagi eng qadimgi davlatlar.
Davlat nima? Davlat - bu siyosiy tashkilot, muayyan hu-dudda joylashgan va yagona hokimiyatga uyushgan xalq hokimiyatidir. Davlat insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida ishlab chiqarish qurollari va vositalariga egaligi, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va jamiyat tabaqalasha boshlashi bilan ro‘y bergan mehnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan tashkilot.
Davlat, uning mohiyati, mazmuni har bir tarixiy davrda jamiyat manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi.
Davlatning kelib chiqishi xaqida turli nazariyalar mavjud: teologik nazariya, patriarxal nazariya, shartnomaviy nazariya, zo‘rovonlik nazariyasi, psixologik nazariya, marksistik nazariya, irrigatsiya nazariyasi. Bu nazariyalar haqida huquqshunoslik fanida batafsil o‘rganamiz. Davlatning belgilari: yozuv, xududiy birlik va rasmiy davlat (boshqaruv) hokimiyati. Davlatning mohiyati uning funksiyalarida, ya’ni davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishida, uning ichki va tashqi siyosatining mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi: masalan, quldorlik davlati, feodal davlat va hokazo.
Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o‘rta) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va qashqadaryo vohalarida shakllangan va rivojlangan. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar - Misr (Nil daryosi) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
24
Metall qurollarning yaratilishi mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi, bu jarayon davlatchilikning ilk ko‘rinishlarining paydo bo‘lishiga zamin hozirladi. So‘nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxi ixtiro qilindi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopollitepa, Oltintepa, Jarqo‘ton, Afrosiyob kabi kulolchilik mahallalari paydo bo‘ldi. Hunarmandchilikning toshga, metallga, yog‘ochga, suyakka ishlov berish turlari keng tarqaldi. Hunarmandchilik ixtisoslasha bordi, xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. Bu esa mehnat unumdorligini oshirdi, ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishiga olib keldiki, natijada bu jarayon ilk davlatlarning paydo bo‘lishiga omil bo‘ldi.
Markaziy Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarni rivojlantirib kelgan. qo‘shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Afg‘oniston bilan turli aloqalar rivojlana bordi.
Jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlariga kelib, Markaziy Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Mil. avv. II ming yillikka oid Markaziy Osiyodagi Jarqo‘rg‘on, Sopolli, Dashtli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabi ilk shaharlar va shaharsozlik madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanishi uchun quyidagi omillar asos bo‘ldi:
aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;
hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalar bo‘yicha ixtisoslashishi;
qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdosotiqning taraqqiy etishi;
tabiiygeografik hamda harbiystrategik shartsha-roitlar.
Mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘ldi. Mil. avv. IX-VII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O‘sha davrda Marg‘iyona va So‘g‘diyona qadimgi Baqtriyaning tarkibiy qismi bo‘lganligi haqida turli ma’lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo‘lib, qudratli shaharlar va qal’alarning ko‘pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilik ravnaq etayotgani bilan alohida ajralib turgan.
Ilk davlatning paydo bo‘lishida o‘zaro mahsulot ayriboshlash, savdosotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati katta bo‘lgan. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga kelib Markaziy Osiyo jamiyatida sodir bo‘lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
25
Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga qaraganda shahar madaniyati dastavval Shimoliy Baqtriyada (Surxon vohasi), keyin esa So‘g‘diyona, Xorazm va Farg‘ona xududlarida tarqaladi. Afrosiyob, Ko‘ktepa, qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va boshqa shaharlarning yoshi taxminan 2700-3000 yildan kam emas. Ilk shaharlarning paydo bo‘lishi dastlabki davlatchilikning shakllanishida eng muhim va eng asosiy omil bo‘lib, bu ikkala jarayon uzviy bog‘liq holda kechgan.
Markaziy Osiyoda Eron Axmoniylari bosqiniga qadar davlat bo‘lganmi? U davlatga kimlar asos solishgan? Aholi qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullangan?
Markaziy Osiyo xududidagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar-zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto», Ahmoniylar davri mixxat yozuvlarida, xususan, Behistun va Naqshi Rustam qoyalaridagi yozuvlar, yunonrim tarixchilarining asarlaridir. «Avesto» ma’lumotlariga ko‘ra jamiyat to‘rt asosiy qismga-uy, oila jamoasi –’’nmana’’, urug‘ jamoasi—’’vis’’, qabila-’’zantu’’, qabilalar ittifoqi – ’’daxyu’’ga bo‘linadi. ’’Avesto’’dagi boshqaruv tizimi ma’lumotlariga qaraganda viloyat ’’daxyu’’ deb atalib, uning boshqaruvchisi ’’daxyupati’’ deb atalgan. Mamlakatni boshqargan odam ’’kavi’’ yoki ’’sastar’’ deb atalgan.
’’Avesto’’qadimgi jamiyatning to‘rt toifasini ajratib beradi. Bular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va dehqonlar, hunarmandlar. qadimgi qishloqlarda zargarlik, kulolchilik, to‘quvchilik va temirchilik rivojlangani haqida ham ma’lumotlar berilgan. Behistun yozuvlarida esa Doro I bosib olgan o‘lkalar va qabilalar sanab o‘tiladi. Shuningdek, bosib olingan hududlarda forslarga qarshi qo‘zg‘alonlar haqida ma’lumotlar berilgan. ’’Tarixning otasi’’ Geradot mashhur ’’Tarix’’ kitobini mil. avv. 455-445 yillarda yozgan. U Markaziy Osiyo viloyatlarining birortasida ham bo‘lmagan. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo viloyatlari haqida o‘zi eshitgan hikoyalari, surishtirib bilganlari asosida yozgan. U skiflar nomi bilan yuritgan massaget, sak, dah, debrik kabi qabilalarni tilga oladi.
Geradotning Markaziy Osiyo to‘g‘risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‘maris o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahmoniylar qo‘shinlari tarkibida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, ularning qurolaslahalari, yo‘lboshchilari, ularning jasoratlari, sakmassagetlarning turmush tarzi va diniy e’tiqodi va boshqa ma’lumotlardan iborat:
’’Bug‘doyni massagetlar ekmaydilar, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadilar hamda sut ichadilar. Massagetlar ichida ulug‘langan yagona xudo bu - Allohdir. quyoshga ular otlarni qurbon qiladilar, chunki xudoga dunyodagi eng chaqqon, - tez chopar jonli qurbon qilish lozim deb o‘ylaydilar’’.
26
’’Katta Xorazm’’ davlati to‘g‘risida xorazmshunos olim S.P.Tolstov, yevropalik olim V.Xenn, I.Gershkovich, birinchi o‘zbek arxelog olimi
Ya.G‘. G‘ulomov ham qimmatli ma’lumotlar beradilar. Ular «Avesto»dagi ma’lumotlarga asoslanib, markaziy Osiyoning katta qismi «Katta Xorazm» xududiga qarashli ekanligini isbotlashdi («Avesto» da tilga olingan 16 viloyatning 9 tasi Katta Xorazm hududida joylashgan). Geradot asarida ham bu fikr o‘z tasdig‘ini topgan. U ekin maydonlarini sug‘orish uchun Oks daryosiga to‘g‘on qurilgani haqida ma’lumot beradi. U Oks va Tajan daryolarini o‘zaro taqqoslab, hozirgi Hirot va Mari viloyatlari Katta Xorazm yerlari bo‘lgan deydi. Geradotning asosli ma’lumotlariga qaraganda, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda OksTajan vohasi, ya’ni hozirgi Turkmaniston hududlari ’’Katta Xorazm’’ yerlari bo‘lgan. Biroq ilk davlatchilik masalasida juda ko‘plab ilmiy munozaralar, bahslar bo‘lib o‘tganiga qaramay, bu masala hanuz o‘z yechimini topgan deb hisoblanmaydi. Xususan, ’’Katta Xorazm’’ (’’Avesto’’ da Xvarizam, qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi yunon tilida Xorasmiya) davlatining hududiy joylashuvi va paydo bo‘lgan davri masalalari ham ancha munozarali mavzu. Rivoyat va afsonalarga qaraganda Xorazmning eng qadimiy siyosiy sulolalari sifatida, Siyovushiylar tilga olinadi. ’’Avesto’’ bo‘yicha Siyovarshon Kaykovusning o‘g‘li bo‘lgan. Siyovarshon o‘limidan so‘ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o‘ch olib, Xorazmda birinchi sulolaga asos soladi. Abu Rayhon Beruniy ’’Osorul boqiya’’ (qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar) kitobida Xorazmga aholi miloddan avvalgi 1292 yilda kela boshlagan deb ko‘rsatiladi. Afsonaviy Siyovushning Turon zaminiga kirib kelgan sanasini esa mil. avv. 1200 yil deb belgilaydi.
Ammo Katta Xorazm davlatining yaxlit tarixi, uning qachon inqirozga uchraganligi haqida yozma ma’lumotlar uchramaydi. Biroq shu narsa ma’lumki, mil. avv. IV asrda Farasman degan podshoh, qadimgi Xorazm davlatida hukmdorlik qilgan. Uning davlatining hudu ishda o‘z qo‘shinlari bilan yordam berishni taklif qiladi. Bu bilan Farasman di Amudaryoning quyi havzasida edi. U Iskandar Zulqarnayn yurtimizga bostirib kirganda uning huzuriga o‘z qo‘shinlari bilan keladi va shimolga yur Iskandar Zulqarnaynning Xorazm ustiga qo‘shin tortib borishining oldini olgan edi.
Markaziy Osiyodagi ikkinchi qadimgi davlat bu-Baqtriya podsholigidir. Bu davlat haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunonistonlik tabib Ktesiy asarlarida uchraydi. Boshqa yunon solnomchasi Diodot esa Ktesiy ma’lumotlariga asoslangan holda Ossuriya podshosi Ninning Baktriyaga qilgan harbiy yurishlari haqida xabar beradi. Nin baqtriyaliklarga qarshi 170 ming piyoda, 210 ming otliq askar to‘plab hujum boshlagan. Poytaxt Baqtra (hozirgi Balx) mustahkam mudofaa inshoatlariga ega bo‘lgan. Baqtriya hukmdori Oksiart esa vatan himoyasiga 400 ming kishilik qo‘shin to‘playdi. Dastlab Baqtriya qo‘shinlari Ossuriyaliklarga katta talafot keltiradi, lekin keyinchalik chekinishga majbur bo‘ladi va qo‘shinlarni bo‘lib, shaharlar mudofaasiga yuboradi.
27
Bundan ustalik bilan foydalangan Nin shaharlarni birinketin bosib oladi, ularning boyligi talanadi. Ma’lum vaqt o‘tgach Midiya bilan Ossuriya o‘rtasida urush kelib chiqqan, Midiya aslzodalari baqtriya qo‘shinlarini o‘z tomonlariga og‘dirib olib, Ossuriya qo‘shinlariga katta talofat keltirganlar. Ktesiy Ahmoniylar podshosi Kir II ning Sharqqa yurishi munosabati bilan yana Baqtriya haqida ma’lumotlar beradi. Unga ko‘ra Astiagning Kirni o‘zining qonuniy merosxo‘ri sifatida tan olganligini eshitgach, unga qarshiliksiz bo‘ysunadilar.
Keyingi yillarda qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxelogik tadqiqot ishlari natijasida Janubiy Baqtriyada Oltin-1 va Oltin-10 hamda Baqtra shahri vayronalarini, Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, qiziltepa, Talashkantepa, Bandixon-2 kabi yodgorliklar qo‘hna Baqtriya podshohligi haqida qadimgi mualliflarning bergan ma’lumotlari to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi. Topilmalar bu davlatda yashagan aholi mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan shahar tipidagi makonlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik, quruvchilik va savdosotiq bilan shug‘ullanishgan.
Baqtriya davlatining xududi hozirgi Afg‘onistonning shimoliy qismi, O‘zbekistonning janubiy qismi va Tojikistonning Amudaryoga yaqin bo‘lgan yerlarda joylashgan edi. Bu hudud esa Buyuk Ipak yo‘lining markazi hisoblanardi. Shu sababli qadimgi shahar madaniyati aynan shu hududda shakllangan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi davlatlar ro‘yxatiga Sug‘diyona davlatini ham kiritish imkoniyati tug‘ildi. Mil. avv. IX-VII asrlarga oid tarixiyma-daniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Turli manbalarda Sug‘da, So‘g‘uda, Sug‘diyona nomlari bilan mashhur bo‘lgan qadimgi tarixiy madaniy o‘lka hozirgi Zarafshon va qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga oladi. Ko‘hna shahar xarobalari So‘g‘diyonaning to‘rtta joyi (Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko‘ktepa)da topib o‘rganilgan bo‘lib, ular hozircha O‘zbekiston-dagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o‘zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |