Ключевые слова: отрицательный, качественный, образовательный, форма, репертуар, отбор,
исполнение,
эффективный,
всеобъемлющий,
исследовательский,
очень
чувствительный,
осторожный, независимый, мышление, слушание, процесс.
Some work is being done in all areas of secondary special and higher education to work with talented
students, to revive the tradition of "teacher-student", its development and widespread application in practice.
Science and technology have reached the peak of their development, e-textbooks, distance learning and new
innovative pedagogical technologies are widely used in the educational process, the scope of computer and
Internet systems is expanding day by day. As modern students have access to a wealth of information through
television, radio and video technology, as well as the Internet, their horizons are vast.
Key words: negative, quality, educational, form, repertoire, selection, performance, effective,
comprehensive, exploratory, very sensitive, careful, independent, thinking, listening, process.
Kirish.
Hozirgi zamon oʻqituvchisi oʻquvchilarning qiziqishlaridan xabardor boʻlishi, ularning mustaqil
fikrlarini eshita bilishi va inobatga olishi, shu bilan birga, ularning xato kamchiliklarini koʻrsatib toʻg’ri yoʻlga
yoʻnaltirishi lozim. Bu borada dars jarayoniga doimo ijodiy yondoshib, dars oʻtish uslublarini va
texnologiyalarini zamonaviy ruhda rivojlantirib borishi kerak. Har bir oʻqituvchining oʻz uslubiyati bor. Lekin
shunga qaramay oʻqitishning dastlabki davrlaridanoq oʻquvchilarda oʻqitilayotgan cholg’uga nisbatan qiziqish
uyg’ota olish muhimdir. Agar oʻqituvchi oʻquvchilar hurmatini qozongan boʻlsa, shu oʻqituvchiga boʻlgan
hurmat orqali oʻquvchida oʻrganayotgan cholg’usiga mehr paydo boʻladi. Cholg’u ijrochiligi boʻyicha oʻqitish
individual (yakka) xarakterga ega boʻlganligi sababli barcha oʻquvchilarga bir xil qarab boʻlmasligi hammaga
ma’lum.
Asosiy qism.
Oʻquvchilarning xarakteri, zehni va qobiliyati har xil. Ularning ba’zilari musiqiy
qobiliyatlarini yoshligidanoq namoyon qilishsa, ba’zilariniki birmuncha keyinroq koʻzga tashlanishi mumkin.
Ba’zilari oʻta qobiliyatli, shu bilan birga, juda shoʻx, oʻyinqaroq boʻlishsa, ayrimlari vazmin, oʻrtacha
qobiliyatli, lekin mehnatsevar boʻlishlari mumkin va hokazo. Oʻquvchilarning xarakterlari qanchalik xilma-
xil boʻlmasin, lekin ta’lim-tarbiyaning talablari barchaga barobar boʻlib qolaveradi. Shuning uchun ham aynan
har bir oʻquvchiga alohida e’tibor juda murakkab boʻlib, oʻqituvchidan sabr-toqatni va oʻquvchilar
psixologiyasini chuqur oʻrganishni taqozo etadi.
Cholg’u ijrochiligi oʻqituvchisi boshqa fan oʻqituvchilarga nisbatan talabalarning ta’lim-tarbiyasi bilan
yaqindan shug’ullanadigan shaxs. Chunki individual (yakka) ishlash jarayonida oʻqituvchi talaba-
oʻquvchining barcha tomonlarini chuqur oʻrganib chiqadi. Asosiy maqsad cholg’uda ijro etish va uning
sirlarini oʻrganish boʻlsada, butun oʻquv davri mobaynida (boshlang’ich musiqa maktabi, litsey, kollej yoki
oliy oʻquv yurti oʻquv davrida) talaba-oʻquvchi bilan boʻladigan muloqot oʻquvchining ijobiy-salbiy
tomonlarini, oilaviy sharoitini yaqindan oʻrganib chiqishga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham
Do'stlaringiz bilan baham: |