“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
14
e)
taqrizlar usuli
- bu oʻquvchining ansamblada birgalikda chalayotgan sherigi yoki boshqa ijrochilar
ijodiy mahsuloti mazmunini tahlil qilishi, turli xil idrok farazlari toʻqnashuvi va ularni tushunish va qabul
qilish imkoniyatidir. Bundan tashqari, taqrizning oʻzi oʻqituvchining oʻzini baholashi mumkin boʻlgan ijodiy
mahsuloti hamdir.
f)
qayta tuzish usuli
- bu vaziyat nuqtayi nazarining oʻzgarishi, unga boshqa ma’no berishdan iborat.
Qayta tuzishning mohiyati shundaki, ansambldagi cholg’ular ijrosidagi musiqa asarinining mazmun-mohiyati,
badiiy g’oyani turli nuqtayi nazardan va har xil sharoitlarda koʻrish hisoblanadi. Qayta tuzish ijodiy
fikrlashning ajralmas qismidir. Shunga koʻra qayta tuzish texnikasi ma’lum bir janrda rasmiylashtirilishi kerak.
Masalan, asardagi musiqiy-badiiy obyekti yoki mavzuning har qanday sifatini maksimal darajada aks
ettiradigan shaklda, ya’ni tabiat manzalarida (“Bahor fasli”, “Navroʻzi ajam”, “Choʻli iroq”, “Bahorim”,
“Oʻrik gullaganda” asarlari), ona-Vatan haqida (“Vatan”-T.Sodiqov m., “Jon Oʻzbekiston” - S.Yudakov m.,
“Ona yurtim” - S.Jalil m.), maqom san’ati haqida (Buzruk maqomidan “Muxammasi Nasrulloiy”, “Tasnif”,
Segoh maqomidan “Gardun”, Navo maqomidan “Tarji navo”, Dugoh maqomdan “Samoi”) qoʻshiq, sahna
koʻrinishi, rasm shaklida qayta koʻrib chiqish orqali tasavvurni boyitish. Qayta tuzish shakli oʻzgaruvchisi
qanchalik ishonchli boʻlsa, vazifa natijasi shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi;
g)
adidaktik vaziyatlar usuli
. Oʻqituvchi sifatida fransuz didakti Jan-Gi Brusso oʻz darslarida “hayotiy
vaziyatlardan” kelib chiqib, oʻquvchilarning bilim olishga qiziqishini uyg’otdi. Adidaktik vaziyat deganda
darslik materialiga asoslanib emas, balki oʻquvchining kundalik hayotidan kelib chiqadigan vaziyat
tushuniladi. Ansamblad oʻrganiladigan yangi musiqa asarining mazmun-mohiyati, oʻziga xos musiqiy-badiiy
g’oyasi, ijro texnikasini tushuntirish oʻquvchining shu masalalarga bog’lik kundalik muammolarini hal qilish
orqali sodir boʻladi.
h)
“oʻqitish orqali oʻrganish” usuli
- bu uchta tarkibiy qismga asoslangan: pedagogik-antropologik,
oʻquv-nazariy va mazmun. Uning mohiyati oʻquvchilarni oʻz bilimlarini tengdoshlariga oʻtkazishga
oʻrgatishdir. Masalan, ansamblda yonma-yon oʻtirib chalayotgan oʻquvchilarning biri cholg’uni texnik
jihatdan mohirona chaladi, varaqdan nota oʻquvi rivojlangan, oʻrni kelganda ijroda turli melizmlarni qoʻllay
oladi va h.k., ikkkinchisida esa bu xildagi mahorat yetarlicha shakllanmagan, musiqiy savodxonligi nisbanan
past. Tabiiyki, bular ijrosida nomunofiqlik vujudga keladi. Bunday holatlarda birinchi oʻquvchi ikkinchisiga
yordam berishi, oʻz malakasini oʻrtog’iga mumkin qadar oʻrgatishi kerak.
j)
muammoli-ijodiy metod
. Bu metod muammoli va ijodiy oʻqitishni sintez qiladi (birlashtiradi),
oʻquvchilar tomonidan shaxsiy “ijodiy mahsulot” yaratilishini ta’minlaydi va ularningning musiqiy hamda
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. Masalan, oʻquvchi asar ijrosiga ijodiy yondashishi va ijro bilan
bog’liq muammolarni hal qilishga harakat qilishi kerak boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |