2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
9
muammoli savol tashlanadi va sinfdagi talabalar unga oʻzlarining javoblarini bildiradilar va amaliy koʻrsatib
berishlari soʻraladi. Xor asarlarini tahlil qilish ham talabalarni asarlarga dirijorlik qilishda asarni toʻlaligicha
idrok qilish, eng muhim jihatlarini tushunish, bilish va dirijorlik jarayonida e’tiborda tutish, qolaversa, asarni
dirijorlik yoʻnalishida oson oʻzlashtirishlarida qoʻl keladi. Chunki, asarni nazariy tomondan yaxshi
oʻrganmasdan turib unga amaliy yondashish, ya’ni dirijorlik qilish bilan koʻzlangan maqsadga erishish
toʻg’risida fikrlash mantiqan notoʻg’ri.
Xor asarlariga dirijorlik qilishni rejalashtirishda asarni butunligicha tahlil qilish talabalarda asarlarni
tahlil qilish malakalarini shakllantirish oʻziga xos pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. Bu oʻrinda dirijor-
pedagog V.L.Jivov tomonidan tavsiya etilgan muammoli-izlanish topshiriqlarini qoʻllash ham samarali
uslublardan biri sanaladi. Masalan, xor partiturasining nazariy-ijrochilik tahlilida shunday savol muammoli
boʻlishi mumkin:
“Siz oʻz ijrochilik fikrlaringizni qanday dirijorlik usullari yordamida gavdalantirasiz yoki ifodalaysiz?”
bu orinda talabani musiqiy tafakkuri, bilim va koʻnikmalari darajasi, ijodiy fantaziyasi, asarning xarakteri,
g’oyaviy-badiiy mazmunini qanchalik tushunishi, his qilishi va uni badiiy ifodalash mahorati katta rol
oʻynaydi. Nota matnini toʻg’ri oʻqish asosida talaba oqituvchining bevosita yordamida asarga dirijorlik
qilishning oʻziga xos “toʻqimasi”ni oʻzi hayolida ishlab chiqqan tarzda interpritatsiya elementlari bilan moslab
boradi. Talabaning mustaqil dirijorlik interpritatsiyasiga asoslangan dirijorlik usullari qanchalik oʻziga xos va
asar mazmun- mohiyati, dirijorlik qoidalariga toʻg’ri kelishiga koʻra ajoyib boʻlsa, musiqaning badiiy
xususiyatlarini dirjorlik sxemalari asarlarda aks ettirish shunchalik muvaffaqiyatli, yorqin, ijro esa koʻtarinki
ruhda boʻladi. Partituralar ustidagi taxminiy ishlar jarayonida “Oqlangan matn” usulidan foydalanish mumkin.
Bu usulning qoʻllanish mazmuni quyidagicha boʻlishi mumkin. Masalan, oʻqituvchi tomonidan bir asar
tanlanadi. U asar joʻrli yoki joʻrsiz boʻlishi mumkin. Deylik, Sh.Yormatov tomonidan joʻrsiz xor uchun
moslashtirilgan “Boychechak” (bolalar xalq qoʻshig’i) qoʻshig’ini oʻqituvchi uni oldindan yozib tayyorlab
qoʻyadi, lekin asar muallifi ham, asar nomi ham, she’riy matni ham yozilmaydi (nota matni boʻladi). Asarning
oʻlchovi, tempi, lad tonalligi, har xil nyunslari (dinamik belgilar ham) koʻrsatilmaydi. Talaba esa ana shu
partituraning frazirovkasini, ovoz xarakteri va asar ijro uslubini, ohang tuzilmasini (melodiya) anglashi, tezlik,
nyuanslarini, mazmunini, nafasni joylashtirish, musiqiy ovozni oʻylab topishi, imkoniyat darajasida matn
tuzishi kerak boʻladi. Uning vazifasi musiqani ichki eshituv bilan his etib, musiqiy ma’nodorlikni idrok
etishdan iboratdir. Soʻnggi bosqichda esa musiqani eshitib unga dirijorlik “toʻr”i (setka)ni toʻg’ri topishi talab
etiladi. Bunday topshiriqlarni koʻpincha talabalar qiziqish bilan bajaradilar.
Bunday uslublar talabalarning musiqiy tafakkurini faollashtiradi, kuzatuvchanligini oshirib, mustaqil
faoliyat yuritishga oʻrgatadi. Dirijorlikka tayyorlashda talabalarni ta’limning ilk bosqichlaridan boshlab
mustaqil ishlash, topshiriqlarni mustaqil bajarishga oʻrgatish maqsadga muvofiqdir.
Oʻquv mashg’ulotlari jarayonida dirijorlik texnikasi va mahoratini egallash uchun musiqiy obraz,
dirijorlik qilish uslublari, egallangan bilim, koʻnikma va malakalar pedagogning shaxsiy namunasiga
tayanishni taqozo qiladi. Bu yoʻl-yoʻriqlar uchun oʻqitishning uch shakli muhim rol oʻynaydi.
-
birinchi holdagi oʻqitish shaklida eng muhim element – bu oʻqituvchi namunasi, ya’ni bosh oriyentr
oʻqituvchi namunasidir;
-
ikkinchi holda eng muhim asos u pedagog tomonidan berilgan vazifa, tushuntirish, koʻrsatib berish;
-
uchinchi holat – oʻquvchi-talabalar mustaqil ravishda oʻziga xos yoʻl-yoʻriqlar tartibini topadilar.
Musiqiy obraz va bilimlar tizimi, dirijorlik harakatlarini bajarish usullari haqidagi tasavvurlarga suyangan
holda asarlarga dirijorlik qilish ustida ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |