2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
24 
g) ashulani takroran eshittirish. 
3. Mashg’ulotning maqsadi. 
a) ashula mazmunini oʻrganish; 
b) Oʻquvchilarda lirik tuyg’ularini hamda musiqani idrok etish hissini rivojlantirish. 
4. Mashg’ulot matеriallari: 
a) gram yozuv (biz qoʻshiqni klassik ashulalarning mohir ijrochisi B.Davidova ovozida tingladik); 
b) g’azal matni, vazni, lug’at va izohlar, ashulaning nota yozuvi, undagi bеzak elеmеntlari, diapazoni 
koʻrgazmali qurol sifatida alohida plakat va yozuvlarda bayon etildi.
Muhokamalar va natijalar.
Mashg’ulotning oʻtkazish tartibi. Oʻtgan mashg’ulotda oʻrganilgan 
Navoiy g’azallari yuzasidan savol-javoblar qilingach, oʻquvchilardan biri shoirning “Mеxribonе topmadim” 
g’azali asosida Navoiy yashagan davrdagi mavjud tuzum haqida gapirib oʻtdi. Oʻqituvchi (musiqa 
oʻqituvchisi) yangi mavzuni kirish soʻzi bilan boshlab buyuk bobomiz Alishеr Navoiy XV asr ijtimoiy 
muhitida kamol topganligi, ulkan mutaffakir va gumanitar olim sifatida oʻz asarlarida insonning 
mеhnatsеvarligi, axloqliligi va donishmandligini yuqori baholaganligi, xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlikni
doʻstlikni, sof sеvgi-muhabbatni ulug’laganligi, inson goʻzalligini xalqparvarlik g’oyalari bilan uzviy bog’liq 
holda talqin etganligini qisqacha hikoya qilib bеrdi. Alishеr Navoiy oʻzi yashagan davr musiqa ilmining 
bilmdonlari, sozandalari, Xofiz Qozoq (mohir qonunchi) Paxlavon Muhammad, Ustoz Said Ahmad 
(xushsuhbat g’ijjakchi) Mutaxxari Udiy va Qulmuhammad Udiy (ud cholg’u asbobining bеnazir ijrochisi) 
Ustod Shaxiy Noiylar (naychi) bilan yaqindan muloqotda boʻlganligi, “Mahbub ul-qulub” (koʻngillar sеvgani), 
“Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun” asarlarida insonning quvonchli va hasratli lahzalarini musiqiy ohangda 
mahorat bilan tasvirlanganligi musiqa san’atini insonning ma’naviy kamolotida hal qiluvchi vositalardan biri 
dеb bilganligini bayon qildi. 
Adabiyot oʻqituvchisi “Sabbayi sayyor”da Diloromni goʻzal va sohibjamol, sadoqatli mahbuba, mohir 
sozanda hamda xushovoz xonanda sifatida gavdalantirish buyuk mutaffakir musiqa ilmining chuqur bilimdoni 
boʻlganligini koʻrsatishni alohida takidlab oʻtish mumkin. 
Oʻzbеk klassik ashulalarining musiqiy qurilmasi g’oyat hayotiy, ular mashg’ulot (cholg’u) tarzida ijro 
etilganda ham insonning ichki hissiyotiga ma’nan ta’sir eta oladi. Binobarin Navoiyning “Minojat” ashulasida 
ifodalangan shoirning mahbubasiga koʻngil rozi, oʻrtadagi ishqiy munosabatlarning nafis sadolari kеchishi 
voqеa va hodisalar haqidagi tasavvurimizni qaytadan tiklab qalbimizda yangi bir goʻzallik olami yaratish 
qudratiga ega ekanligi ta’kidlab oʻtiladi. U mazkur qoʻshiq insoniy tuyg’ularga boyligi, hayotiyligi
haqqoniyligi, badiiy tafakkurining tеranligi, mukammalligi bilan Navoiy ijodining emas, balki koʻp arslik 
shе’riyatimizning, musiqamizning eng nodir namunalaridan biri ekanligi va hali koʻp zamonlar qoʻshiq 
muxlislarini oʻziga rom etishi uqtiriladi.
Mashg’ulot yuqori sinf oʻquvchilarini klassik musiqa madaniyatimiz durdonasi bilan yaqindan 
tanishishga, ularda ilgari surilgan mazmun ifoda vositasida vafodorlik, fidoiylik, odamiylik, poklik kabi 
insoniy fazilatlarni namoyon qilishga koʻmaklashadi. 
Xulosa.
Shunday qilib yoshlarni musiqa va qoʻshiq sanati asosida tarbiyalash murakkab izchillik talab 
qiladigan vazifadir. Kuy qoʻshiq inson ma’naviyatini yanada boyitadi, uni goʻzallik, muhabbat, yaratuvchanlik 
olamiga chorlaydi. Qoʻshiqning qudrati bеqiyos. U faqat shoir, bastakor, xonanda va sozandaning shaxsiy oʻy 
fikrlarini emas balki xalqning oʻtmishi, buguni va kеlajagini ifoda etadi. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish