2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

Asosiy qism.
Bugungi kunda jamiyatdagi yuz berayotgan katta oʻzgarishlar maktab oldiga oʻquv 
faoliyatining ijodkor shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar yechimini hal etish vazifasini 
qoʻymoqda. Bu muammolarning yechimini topishda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish asosiy omillardan biri 
boʻlib xizmat qiladi.
 
Tasviriy-ijodiy faoliyatda vazifalarni turli materiallar va texnikada ishlash, bolalarning 
ijodiy tashabbusini uyg‘otishi, fantaziyasi va tasavvurlarini oʻstirishning muhim sharti hisoblanadi. Ushbu 
faoliyatda boʻlajak oʻqituvchilarni tasviriy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, yaratuvchanlik, ijodga 
noan’anaviy yondashish va oʻz fikrida turish koʻnikmalarini oshirishi, maqsadli, oʻz ustida tinimsiz ishlashi 
uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Mazkur masala moliyalashtirish, tashkiliy-huquqiy va kadrlar bilan 
bog‘liq alohida tadqiqotlar oʻtkazish zarurligini koʻrsatmoqda. 
XX asr oxiri XXI asrning dastlabki yillari davomida xorijda, MDHda, xususan, mamlakatimizda 
boʻlajak mutaxassislarning axloqiy, estetik, badiiy-estetik, ma’naviy, ekologik, iqtisodiy tarbiyasi, kasbiy, 
umumpedagogik, didaktik, kasbiy-madaniy tayyorgarligi yoʻnalishlarida falsafiy, pedagogik, psixologik 
tadqiqotlar olib borildi, qoʻllanmalar, risolalar chop etildi. 
Muammoning ilmiy-nazariy asoslari mamlakatimizning metodist-olimlari R.Choriyev, R.Axmedov, 
M.Nabiyev, N.Qoʻziboyev, B.Boboyev kabilar bilan birga B.Jalolov, J.Umarbekov, I.Turg‘unnazarov, 
Y.Taldikin, V.Burmakin, S.Alibekov, Akmal Nur, L.Ibragimov, T.Kuryazov, A.Ikromjonov, V.Oxunov va 
boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida ma’lum darajada oʻz ifodasini topgan.


2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
133 
Masalaning axloqiy-estetik tarbiya va madaniyat, ma’naviy madaniyat, oʻquvchi-yoshlar ma’naviyatini 
shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish U.I.Mahkamov, R.Hasanov, N.Ortiqov, S.Bulatov, 
M.Inomova, S.Nishonova, T.Qurbonov, M.Ochilov, S.Annamuratova, S.Fayzulina, O.Musurmonova, 
Z.K.Ismoilova, M.K.Hoshimova, B.Oʻ.Qoʻchqorov, G.Ibragimova, G.Mahmutova, N.Egamberdiyeva, 
Sh.Olimov, tarbiya asoslari va milliy tarbiya masalalari S.Ochilov, M.Quronov, Q.Qurbonboyeva, 
F.Norboyevalarning ishlarida tadqiq qilingan.
Muammoning psixologik jihatlari M.G.Davletshin, E.G‘oziyev, G‘.Shodmonov, V.Karimova, 
A.V.Petrovskiy, V.A.Krutetskiy, N.V.Kuzmina, E.A.Klimov, R.Sunnatova, Sh.Barotov va boshqalarning 
ishlarida oʻrganilgan. Boʻlajak oʻqituvchini kasbiy tayyorlashning umumpedagogik va didaktik jihatlari 
O.A.Abdulina, V.A.Selastenin, Oʻ.Q.Tolipov, U.Nishonaliyev, R.H.Djoʻrayev, F.R.Yuzlikaev, A.I.Vorobyov, 
A.R.Xodjabayev, 
E.T.Choriyev, 
M.M.Axmedjanov, 
N.A.Muslimov, 
U.I.Inoyatov, 
Sh.Sharipov, 
X.F.Rashidov, O.A.Abduquddusovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Oliy ta’lim tizimida oʻqituvchi shaxsini shakllantirish, boʻlajak mutaxassislarda milliy iftixor, Vatan 
ravnaqi, ogohlik va fidoyilik, fuqarolik madaniyatini shakllantirish masalalari D.Roʻziyeva, M.Aripova, 
Sh.Rahimovlarning ilmiy tadqiqot ishlarida ma’lum darajada oʻz ifodasini topgan. 
Pedagogika nazariyasida va amaliyotida yoritilishi, tadqiq qilinishini oʻrganish shundan dalolat 
bermoqdaki, boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-shaxsiy, kasbiy-madaniy munosabatlari, kasbiy madaniyati, 
kasbiy shakllanishi va pedagogik mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’limdagi innovatsion jarayonlarning tadqiq etishda innovatsiyalar va oʻqituvchining ijodiy faoliyatiga 
tegishli nazariy-metodologik xarakterdagi bir qator muammolar ilgari surilmoqda.
Boʻlajak 
oʻqituvchilarni tasviriy-ijodiy faoliyatga tayyorlashda, pedagogik innavatsion 
texnalogiyalarini ishlab chiqish, tasviriy san’at asarlarining ijodiy koʻrgazmalarini tashkil qilish, tasviriy-
ijodiy tadbirlarning nazariy va amaliy bilim, koʻnikma, malakalarga ega boʻlgan mutaxassisliklarni 
tayyorlashga yoʻnaltirish zarur. Shuningdek, mazkur jarayonning samaradorligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan 
madaniy xulq, odob-axloqni ta’minlaydigan, kasbiy malaka, ijtimoiy-pedagogik bilimlarni singdiriladigan, 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi, ilmiy-pedagogik va metodik ta’minotni amalga oshiruvchi mexanizmlarni 
qoʻllash boʻlajak oʻqituvchilar uchun muhim zamin boʻla oladi.
Erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ma’naviy-axloqiy jihatdan mukamall rivojlangan 
insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifatni yuksaltirish, jahon andozalariga javob beradigan, yangi avlodni 
voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 
Madaniy me’ros va yuksak badiiylik milliy an’analarni rivojlantirish, undan foydalanish, undagi ijodiy 
faoliyat uslublarini joriy etish, tabiiy materiallar bilan ishlash, oliy ta’lim talabalarida qunt, chidam, qat’iyat, 
tasviriy san’atning falsafiy, psixologik qirralarini oʻrgatish maqsadga muvofiqdir. 
Respublikamizda roʼy berayotgan oʼzgarishlar barcha sohalardagi kabi boʼlajak tasviriy sanʼat 
pedagoglarining zimmasiga ham oʼta maʼsuliyatli vazifalarni yuklaydi. Darhaqiqat xalqimiz oʼz mustaqilligini 
qoʼlga kiritib xalqaro miqyosida toʼla oʼzligini namoyish qildi. 
Tasviriy sanʼat, yaʼni maʼnaviyat oʼqituvchisi boshqa fanlar oʼqtuvchilari kabi birinchi galda eng yuksak 
fazilatli, axloqiy pok, iymon va eʼtiqodli, halol va sofdil, talabalarga, oʼsmir va yoshlarga nisbatan oʼta 
mehribon, oʼta talabchan va oʼzbek xalqining urf-odatlarini, anʼanalarini mukammal biladigan va hurmatini 
joyiga qoʼyadigan boʼlishi kerak. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish