Bog'liq 362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A
2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 13
Shuningdek, talabalarning qiziqishlariga mos keladigan repertuarni tanlash va oxir-oqibat, ma’lum bir ansambl
mashg’ulotida ta’lim va tarbiyaviy muammolarni hal qilish ham nazarda tutilishi lozim.
Oxirgi,
uchinchi bosqich - bu badiiy obrazni musiqiy tovushlar bilan toʻg’ri ifoda etish darajasini
anglatadi. Bu jarayonda tashqi his-tuyg’ularga tayanmasdan, hissiy etalon (standart)lar shakllanadi. Ushbu
bosqichda ansamblchilar musiqa asari shaklini yaratish jarayonida uning ma’nosini va boshqa asarlar bilan
oʻzaro bog’liqligini ichki eshitish qobiliyati hamda shakllangan ijroviy malakasi orqali tushunadi. Bundan
tashqari, uchinchi bosqichda talabalarning musiqa asari mazmun-mohiyatini idrok etishi va ularning
intellektual harakatlari bir bosqichli harakatga aylanib, badiiy obrazni musiqiy tovushlar bilan toʻg’ri ifoda
etishning mazmunli avtomatlashtirilgan koʻnikmalariga asos boʻlib xizmat qiladi. Keyin talabalarning kutgan
g’oyasi barcha musiqiy asarlarni yoki uning alohida qismlarini butunligicha qamrab oladi.
Badiiy obrazni musiqiy tovushlar bilan toʻg’ri ifoda etish ansamblchilarga oʻz niyatlarini bastakor bilan
“birlashtirish”, musiqa asarining individual va ishonchli talqin qilishiga yordam beradi. Shuning uchun
uchinchi bosqich nafaqat badiiy obrazni musiqiy tovushlar bilan toʻg’ri ifoda etish vositalarini amaliy jihatdan
amalga oshirishga, balki pedagogik ijodiy ish uchun algoritmlarni topishga ham yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Binobarin, uchinchi bosqich murakkablik jihatdan uchinchi darajadagi muammoli vaziyatlarni oʻz
ichiga olishi darkor. Ularning didaktik vositalari talabalarning musiqiy ifoda vositalarini farqlash boʻyicha
koʻnikmalarini shakllantirishga oid pedagogik harakatlarni amalga oshirish qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan vazifalardir. Shuningdek, “talaba - musiqiy asar” koʻrinishdagi dialogik teng munosabatlarni
oʻrnatish uchun topshiriqdir.
Ansambl ta’limida muhim masalalardan biri – boʻlajak sozanda-oʻqituvchining oʻqishni tugatganidan
soʻng mutaxassis sifatida bolalar musiqa va san’at maktabi, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, badiiy
havaskorlik toʻgaraklari oʻquvchilariga ansambl sohasida ta’lim-tarbiya berishiga oid ta’lim texnologiyalari
va metodlarini oʻrganishdir. Boʻlajak mutaxassis ansambl ijrochilarida obrazli musiqiy tafakkurni
shakllantirish, oʻquvchilarga bilim berishning quyidagi innovatsion texnologiyalari va metodlarini oʻrganib
olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
a) obrazli koʻrish (vizuallashtirish) usuli - bu predmetni, jumladan, musiqa asbobiga oid ijro usullarini
koʻrib (vizual) tekshirish usuli hisoblanadi. Bu usul natjasida xotirada musiqa asaridagi sezgirli, idrokli obraz
namayon boladi, uning mazmun-mohiyatini oʻquvchilar puxta tushunib olishlari uchun ularga og’zaki nutq
soʻzlashi, rasm chizishi, namoyish etishi va hokazolarni bajarishga oid ishlar oʻrgatilishi mumkin. Masalan,
musiqa asbobining jonli ovozi xotirada vizual tasvirni, obrazni keltirib chiqaradi, natijada oʻquvchining
cholg’u ijro san’atiga boʻlgan qiziqishi rivojlanib boradi.
b) yetakchi savollar usuli . Savolning maqsadi oʻquvchiga javob berish uchun zarur boʻlgan fikrni
berishdir. Savollar topshiriqqa qarab juda xilma-xil boʻlishi mumkin. Savollarni “maslahatlashuvchi” shaklda
qoʻyish yaxshidir: “Ansamblda bu ohangni yumshoq ovoz bilan ijro etish yaxshiroq emasmi?”, “Siz shunday
deb oʻylamaysizmi ...?” va boshqalar. Oʻqituvchi oʻquvchini birgalikda yechim izlashga chorlaganda yaxshi
boʻladi, oʻqituvchi, shuningdek, oʻquvchilar qoʻyilgan savolga bir qator taklif qilingan javoblar orasidan eng
yaxshisini tanlashi kerak boʻlgan vaziyatlarni yaratadi. Oʻqituvchining koʻrsatma savollari va oʻquvchining
javoblari ansambl faoliyati boʻyicha mustaqil ishlashi oʻqitish usullaridan biridir. Savollarni olib borish
uslubining bir varianti fransuz musiqa oʻqituvchisi va ixtirochisi Moris Marteno tomonidan ishlab chiqilgan
“Men oʻzimga - oʻzim oʻrgataman” usuli hisoblanadi. Ushbu usulning oʻzi uning diqqat markazini belgilaydi.
Oʻquvchi ansambl mashg’ulotlari jarayonida oʻz fikridan foydalanishni, harakatlarini baholashni va
vazifalarini rejalashtirishni oʻrganadi. Oʻquvchining mashg’ulot jarayonida oʻqituvchi bilan mustaqil ishlashi
“Men oʻzimni oʻrgataman” shaklida ham boʻlishi mumkin. Misol tariqasida, ijro texnikasi ustida ishlash
jarayonida oʻquvchi oʻziga berishi kerak boʻlgan bir nechta savollar: “Barmoqlarimni epchil qilish uchun nima
qilishim kerak? Barmoqlarimni yig’ish kerakmi yoki ular yoyilishi kerakmi? Barmoqlarim cholg’u pardasiga
qattiq tegishi kerakmi yoki yumshoq?” Savollarning matnida koʻp variantlari boʻlishi mumkin. Asosiy maqsad
oʻquvchining e’tiborini oʻz harakatlarini anglashga yoʻnaltirishdir.
Oʻz-oʻzini boshqarish va oʻz-oʻzini anglash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun nemis oʻqituvchisi K.
Xoltsvyeyssig oʻzini tekshirish uchun savollar usulidan foydalanishni tavsiya qiladi. Savollar ansambl
mashg’ulotining nazariy va amaliy tomonlariga yoʻnaltirilishi mumkin.
d) taqqoslash va umumlashtirish usuli . Ushbu usul og’zaki ta’riflar yoʻlini davom ettiradi. Bu
tushunchalar ansambl faoliyatidagi nafaqat nazariy ma’lumotlarni, balki umumlashtirish uchun yanada
murakkab eshitish taassurotlarini ham tushunishga yordam beradi.
“Analitik oʻyin” deb nomlangan musiqa asari ustida ishlashning qiziqarli uslubi nemis oʻqituvchisi G.
Filipp tomonidan taklif qilingan. Matnning individual tafsilotlari (ovozlar, akkordlar, ritmik tuzilmalar) ijro
etiladi, bu asarning oʻziga xos xususiyatlarini tushunishga yordam beradi.