“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
SHuningdek, mazkur Strategiyaga asosan telekommunikatsiya sohasi, davlat xizmatlarini
ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa
sohalarda
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bu borada «Raqamli O‘zbekiston —
2030» dasturini tasdiqlash;
elektron hukumatning texnik infratuzilmasini takomillashtirish; inson kapitalini rivojlantirish hamda
kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; davlat xizmatlarini
raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini rivojlantirish; davlat organlari va
tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining elektron ishtiroki
darajasini
oshirish; axborot xavfsizligini, axborot resurslari va tizimlarining himoyasini ta’minlash; raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumat sohasidagi yagona vakolatli organni belgilash hamda Hukumat, vazirlik
va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarning raqamli texnologiyalar va elektron
hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish kabi masalalar nazarda tutilgandi.[3]
Aynan raqamli tеxnologiyalaridan samarali foydalanish davlat idoralari faoliyatining yanada
shaffofligini ta'minlashga, muhim boshqaruv jarayonlarida fuqrolar va fuqarolik jamiyati institutlari,
ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. qolavеrsa, bugun hayotning
o`zi bizga axborot-
kommunikatsiya tеxnologiyalaridan kеng foydalanish biznеs yuritishni yaxshilash,
iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlash bilan birga,
hayot sifatini oshirishga ham xizmat qilishini ko’rsatib turibdi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, pandemiya davrida keng qamrovli «Raqamli O‘zbekiston –
2030» strategiyasini amalga oshirish va yanada takomillashtirish
-
birinchidan, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zaro yaqin hamkorligida
innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va bizn
esni joriy etish uchun mustahkam va mukammal tashkiliy-
huquqiy bazani shakllantirishga yordam beradi;
-
ikkinchidan, yangi raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha mutaxassislar avlodini
shakllantirish bo‘lib, «Bir million o‘zbek dasturchisi»
tashabbusi misolida axborot texnologiyalari
sohasidagi talabalarning innovatsion loyihalarini faol rag‘batlantirishi, va
uchinchidan, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, turli tarmoqlar va sohalarda,
xususan, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish orqali axborotlashtirish va raqamlashtirish
jarayonlarini yangi darajaga olib chiqadi.
Demakki, global pandemiya sharoitida raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi
barcha innovatsion echimlarning katalizatori bo‘lib xizmat qilib, axborot texnologiyalari sohasi millat va
davlat ravnaqi uchun foydalanilishi zarur bo‘lgan ulkan imkoniyatlar maydonini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |