“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
THE IMPORTANCE OF DEVELOPING DIGITAL TECHNOLOGIES IN
THE ERA OF GLOBAL PANDEMICS
M.B.Matchanova
1
Annotation:
This article discusses the role and importance of the development and
implementation of digital technologies in all areas of the country during a pandemic, especially in the
field of information technology, which opens up huge opportunities for national and state development.
Keywords:
digital technology, e-commerce, information technologies and communications,
"digital Uzbekistan-2030" program, innovative ideas.
1
Jizzax politexnika institutш
katta o‘qituvchi
si
O‘zbekiston Respublikasi,. Jizzax shahri.
Tel:+998915917660
;
E-mail: (
matchanova195806@mail.ru
)
114
“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Bugun axborot tеxnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. qaysi
bir jabhani olmaylik
qulaylik, oshkoralik va tеzkorlik bobida zamonaviy axborot tеxnologiyalari yangilanishlarning muhim
omiliga aylanib borayotir. Shu bois yurtimizda iqtisodiy -barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni ta'minlash,
aholi turmush darajasini yana
da oshirish uchun barcha jabhaga raqamli tеxnologiyalarini kеng joriy
etishga alohida ahamiyat bеrilmoqda.
Ta’kidlash joizki, ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni olib kirish hamda ulardan oqilona
foydalanish, albatta, zamon talabalaridan biridir. Bug
ungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim
vazirligi ham boshqa aloqador muassasalar bilan hamkorlikda mazkur kun talabini bosqichma-bosqich
amaliy jihatdan o‘quv jarayoniga tatbiq etmoqda.
Pandemiya biz yashab turgan dunyoni tubdan
o‘zgartirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun pandemiya sabab ta’lim muassasalari ish faoliyatini to‘xtatgan
mamlakatlarning 60 foizi to‘liq raqamli ta’limga o‘tgan.
Mazkur vaqt mobaynida AKT yuzaga kelgan
ijtimoiy muammolarga echim topish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu bizga yuksalishning
eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi va shuning uchun ham raqamli bilimlar va zamonaviy
axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligini isbotlamoqda. Bashariyat iqtisodiyot
tarmoqlari o‘zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy
etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb
chorak qismi raqamli sektorga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtiso
diyotni
rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari va mintaqalariga tarqalgan
COVID-
19 pandemiyasi global iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi: ayrim yirik sanoat korxonalari va
kichik biznes tashkilotlari faoliyatlarini
vaqtincha to‘xtatishga, ko‘plab xodimlar masofadan ishlashga,
maktablar va universitetlar onlayn ta’limga o‘tishga majbur bo‘ldi. Raqamlashtirish jarayonini ancha
avval boshlangan mamlakatlarda pandemiya raqamli iqtisodiyotni, raqamli texnologiyalarni, elektron
tijoratni rivojlantirishni, shuningdek, etkazib berish xizmatlari va logistikani modernizatsiya qilishni
jadallashtirdi. Mazkur soha nisbatan yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda ham pandemiya
raqamlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni va talabni oshirib, ush
bu jarayonlarni tezlashtirdi hamda yangi
sharoitlarga moslashishni taqazo qildi. Ko‘plab mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham barcha sanoat
tarmoqlarini faol ravishda raqamlashtirish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilga kelib O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati
bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda internetdan foydalanuvchilar soni 22 millionga, shu jumladan,
mobil internet foydalanuvchilari 19 million nafarga etgan.[1]
SH
uningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga
ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24 mln. 824,3 mingtani tashkil etib, 2019 yilning
mos davriga nisbatan 6,9 % ga yoki 1 mln. 598,1 mingtaga o‘sgan.[2] Ekspertlarning fikriga ko‘ra, har
qanday mamlakatning raqamli taraqqiyotiga aholining elektron hujjatlar va xizmatlarga bo‘lgan
ishonchining pastligi, raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligi
hamda raqamli loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirishning samarasizligi va etarli emasligi kabi
omillar salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Global pandemiya ta’sirida tez sur’atlarda o‘zgarib borayotgan vaziyatda ko‘plab mamlakatlar
raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga,
ayniqsa, sun’iy intellektdan faol foydalanishga o‘tishmoqda.
SHu sababli ayrim mamlakatlarda aqlli shaharlarni yaratish hukumatning o‘zini raqamlashtirishdan,
so‘ngra hayotning boshqa sohalariga axborot uzatishning raqamli shakliga o‘tish dasturlari va
tashabbuslaridan boshlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada, Daniyada va Singapurda biznes jamoat va
davlat idoralarining o‘zaro aloqalari jarayonining deyarli 98 foyizi onlayn xizmatlar, mobil dasturlar va
innovatsion dasturlar orqali ta’minlanadi.
O‘zbekistond
a ham Prezident SHavkat Mirziyoevning 2020 yil 5 oktyabrdagi Farmoni bilan
mamlakatning «Raqamli O‘zbekiston –
2030» strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l
xaritasi» tasdiqlanib, 2021 yil 1 avgustdan boshlab ushbu hujjatga binoan barcha davlat majburiy
to‘lovlari, shu jumladan, bojlar, yig‘imlar va jarimalar onlayn tarzda amalga oshiriladi. «Raqamli
O‘zbekiston
- 2030» strategiyasi doirasida ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning turli yo‘nalishlarida 400 dan
ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar avtomatik ravishda amalga
oshiriladi.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |