Ключевые слова.
Информация, цифровая экономика, технологии.
Annotation:
Article, scientifically studied role and importance of the use and importance of
digital technologies in the modern economy. Scientific practical recommendations on the development of
the management process and account in the activities of business entities were developed to improve
electronic digital innovative technologies.
Keywords:
Information, digital economy, technology.
1
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,
“Menejment” kafedrasi
assistenti,
E-mail:
urazov.sadulla28@gmail.com
,
2
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,
“Menejment” kafedrasi
assistenti,
132
“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Bugun butun dunyoda yangi o’zgarishlar, yangi innovatsion texnologiyalar davri davom
etmoqda. Insonlar hayotida raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Innovatsion
texnologiyalarning keng ko’lamda joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi
zamonda butun dunyo uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan.
XX asrning oxirida, internet tarm
og‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan
“elektron hukumat”,“elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi.
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilk bor 1995 yilda Massachusets Universitetida faoliyat olib
borgan amerikalik
informatik olim, Nikolas Negroponte tomonidan o‘z hamkasblariga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyotning eski iqtisodiyotdan ustunligiga
bag‘ishlangan ma’ruzasida tilga olingan. Shundan so’ng 1995 yilda Don Tepkott mua
llifligida chop
etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf
-
xatar” (The Digital Economy:
Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh
etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar
(yarimo‘tkazgichlar,
protsessorlar),
asosiy
texnologiyalar(kompyuterlar)
va
bog‘lovchi
infratuzilmalar(internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko‘rsatiladi.
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot-bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va
katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar,
asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda
oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan
faoliyatdir.
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash
texnologiyalari (Big Data), sun’iy int
ellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, buyumlar
interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar,
virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, krip
tovalyutalar
va ICO, 3D-texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoda raqamli iqtisodiyot o‘sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda.
Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular
hozirning o‘zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko‘rishmoqda. Xususan,
Amerika Qo‘shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko‘proq raqamli xizmatlarni eksport
qilmoqda. M
azkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko‘prog‘i bevosita internet va axborot
-
telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq sohalarga to‘g‘ri keladi. 2025 yilgacha AQSh sanoatni
raqamlashtirishdan qo‘shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kut
ilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik,
ayniqsa iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va
logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Turli tadqiqotlar natijalari bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog‘i 4,5
foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida
yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq
patentlarning
75 foizi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to‘g‘ri keladi.
Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish
o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi va bu o’z navbati
da jamiyatda ishsizlik darajasining
ortishiga zamin yaratadi. Biroq shuni unutmaslik lozimki, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida salbiy
tomonlarga qaraganda ijobiy jihatlar juda ko’p. Biz uning ijobiy jihatlari va afzalliklari haqida fikr
yuritamiz:
- Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini
yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi,
xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni
bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi.
-
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi natijasida iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy
-
joyiga sarflanadi.
Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti
133
Do'stlaringiz bilan baham: |