“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar
to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratil
adi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni
taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekistonning
iqtisodiy rivojlanishini raq
amli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2022
yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo‘lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro
axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo‘yicha O‘zb
ekiston 170 dan ortiq davlat
ichida 103-
o‘rinni egallab turishining o‘zi mamlakatimizda bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan
masalalar va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligidan dalolat beradi.
2020 yil 28 aprel kuni Prezidentimizning “
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy
etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-
4699 sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra,
2023 yilga borib
raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi
xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish
nazarda tutilgan. Ushbu qaror doirasida mamlakatimida bir qancha muhim vazifalar amalga oshirmoqda.
Shu bilan birga, 2020-2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning
real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqa
mli texnologiyalarni keng joriy etish
bo‘yicha 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada
rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz).
Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim
etilmoqda.Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish
sifati va tezkorligi
ni oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning
qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida
Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabu
lxonasi
“business.gov.uz” portali
ishga tushirildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish
uchun, shu
jumladan bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish va
tezkor jo‘natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron
tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 26 ta yangi xizmatlar ishga tushirilib, umumiy
xizmatlar soni 200 tadan oshadi. Yil boshidan beri 1,4 mln. ta
elektron xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib,
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
8,1 foizga oshgan.
Xulosa o‘rnida ayt
ish joizki, mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot
rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy innovasion yo‘nalishlarini sanab
o‘tish maqsadga
muvofiqdir:
raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun raqamli infratuzilmani yaratish,
davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va boshqa sohalarda
raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan
mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq
qoplashni bosqichma-
bosqich ta’minlash;
kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega
malakali dasturchilar va injener-
texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida shu
jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga
oshirish;
aholin
ing keng qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib qilish va kengaytirish,
ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida o‘quv yurtlarida seminar, kurslar
va
boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
134
Do'stlaringiz bilan baham: |