2021 denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy – gumanitar fakulteti «ilmiy tadqiqotlar metodologiyaSI»


Eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash



Download 2,71 Mb.
bet42/129
Sana03.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#735437
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129
Bog'liq
ЎҚУВ УСЛУБИЙ МАЖМУА МЕТОДОЛОГИЯ 2021 (2)

3. Eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash

Rejada belgilangan tayyorgarlik va ta’minot ishlari bajarilgandan keyin eksperiment o‘tkaziladi. Eksperimentni turi, o‘tkazish usuli, strukturasi va davom etish vaqti quyilgan maqsad, rejada qayd etilgan ssenariy bilan belgilanadi.


Agarda hal etuvchi eksperiment o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda oldindan ishlab chiqilgan g‘oya yoki gipoteza uzil kesil isbotlanadi yoki, aksincha, tasdiqlanmasligi mumkin.
Yana bir turdagi eksperimentda noma’lum bo‘lgan xossa, doimiylik (konstanta), qiymat aniqlanadi. Bunday natijani har tomonlama tahlil qilish fanda yangilikni kashf qilishga olib keladi.
Eksperimentdan olingan ma’lumotlar o‘qish uchun qulay bo‘lgan yozuv va sxema shakllariga – tavsif, jadval, grafik, formulalar ko‘rinishiga keltiriladi. Bu olingan natijani oldingi empirik ma’lumotlar bilan aniqroq taqqoslash va baholash imkoniyatini beradi.
Eksperiment o‘z nihoyasiga yetgandan keyin, qo‘lga kiritilgan natijalarni tekshirish va qayta ishlash zaruriyati tug‘iladi.
Eksperimentdan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash barcha raqamlarni, monitoring natijalarini tartiblashtirishdan iborat bo‘lgan amalni bildiradi. Jami o‘zgaruvchan miqdorlar fizik o‘lchamlarning yagona birliklari tizimiga mos ravishda baholanishi lozim.
Eksperimentning miqdoriy ko‘rsatkichlarini qayta ishlashda 3 ta statistik me’yoriy talabga rioya qilish kerak: 1) qiymatlarni baholash aniqligi (matematik tahlil yoki umumlashmalarni izlanilayotgan parametrdan chetlanishi minimal bo‘limi); 2) baholashlarni asoslanganligi; 3) baholashni og‘ishmasligi (ya’ni, parametrlar hisoblanganda me’yordan ortiq xatoga yo‘l qo‘ymaslik) qoidalari.
Eksperiment natijalarini tekshirish matematik o‘lchash nazariyasi asosida amalga oshiriladi.
Eksperiment qanchalik puxta va aniq o‘tkazilmasin ba’ri-bir ma’lum nuqson yoki xatolik paydo bo‘ladi, xatoliklarning miqdoriy ko‘rsatkichlari:
A) eksperiment qilinayotgan ob’ektning tarkibi;
B) ob’ekt unsurlarini o‘zgarishi tezligi, uning parametrlari;
V) ta’sir ko‘rsatayotgan omil yoki kuchning qiymati;
D) jalb etilgan texnik asboblarning takomil darajasi bilan belgilanadi.
Xatoliklarni baholash, ularning qiymatini chiqarish tasodif xatolar nazariyasi asosida yaratilgan matematik hisoblash metodikasi yordamida amalga oshiriladi. Xususan, zarur bo‘lgan o‘lchashlarni minimal miqdori, o‘tkazilgan o‘lchashlarni aniqligi va ishonchli bo‘lishi baholanadi, natijalarning miqdoriy jadvalida berilgan raqamlar qatori korrektirovka (to‘g‘rilash) qilinadi. Shundan keyin eksperimental ma’lumot statistik qayta ishlashda o‘tkaziladi, tasodif holatdan yoki eksperimentning nomukammal o‘lchash matodikasidan kelib chiqqan xatolar aniqlanadi, ayrimlar olib tashlanadi, olingan qiymatlar tartiblashtiriladi, tahlil qilinadi.
Korrektirovka, miqdoriy va statistik qiymatlarni aniqlash amalga oshirilgandan keyin navbatdagi bosqich natijalarini taqqoslash va qayta ishlashdan iborat bo‘ladi. Agar taqqoslash va tahlil qilish natijasida keyingi umumlashtirish uchun material tayyorlansa, unda yangi xodisani ochish, qayd qilish imkoniyatini beradigan ma’lumot hosil bo‘ladi. Oqibatda tushuntirish va anglash uchun yangi ilmiy fakt paydo bo‘ladi, yangi hodisa va qonuniyatni ochishga xizmat qiladigan empirik zamin tayyorlanadi.
Shu tarzda fanda ilmiy kashfiyot qilinadi.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish