83
zich yopilganligini kafolatlaydi va shuningdek idishga tashqi xavoning kirib, xavfli vaziyat vijudga
keltirmasligini ta’minlaydi.
Suyultirilgan va yuqori bosim ostida siqilgan gazlarni saqlash idishlari xilma - xil tuzilishga
va xajmga ega bo‘ladi. Ularning asosan bir erga o‘rnatilgan va xarakatlantirib yurgizish uchun
mo‘ljallangan turlari bo‘ladi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlarga bug‘ xosil qilish va suv isitish qozonlari, kompressorlar,
xamma turdagi gaz ballonlari, bug‘ o‘tkazgichlar va yuqori bosimli gazlarni o‘tkazuvchi quvirlar
kiradi.
Sanoat korxonalarida ishlatiladigan katta bosimdagi idishlarning zich yopilganligining
buzilishi natijasida fizik va kimyoviy portlash xavfi vijudga keladi.
Masalan oddiy xavo bosimida suv 100
o
S da qaynaydi. Agar biz shu suvni berk qzonda
qizdirsak unda uni bosib turgan par xisobiga qaynash to‘xtab qoladi. Endi suvni qaynashi uchun
qo‘shimcha issiqlik berilishi kerak. Suv 6 . 10
5
Pa bosim ostida 169
o
S, 8 . 10
5
Pa da 171
o
S, 12 . 10
5
Pa da 180
o
S da qaynaydi.
Agar 180
o
S xaroratda qaynayotgan suv bug‘ini sarflab borsak, unda suv to 100
o
S ga etkuncha
bug‘lanish davom etadi. Agar biz bug‘ sarfini oshirsak, ya’ni qozondagi bosimni qanchalik tezlik
bilan kamaytirsak bug‘lanish shunchalik tezlashadi.
Demak xar qanday bug‘ xosil qiluvchi yoki suv isitish qozonlarida 100
o
S dan ortiq xarorat
ostida bo‘lgan suv o‘zida katta energiyani mujassamlagan bo‘ladi va biz suv bug‘langanda suvga
nisbatan 1700 marta ortiq xajmni egallashini xisobga olsak, bu energiyani nazorat ostidan chiqarish
qanday oqibatlarga olib kelishi aniq. SHuning uchun katta xaroratga ega bo‘lgan qozonda zich
yopilganlikning kichik miqdordagi teshigi orqali nixoyatda katta kuch bilan bug‘ otilib chiqishiga
olib keladi. Bu o‘z navbatida reaktiv kuch xosil qiladi va qurilmaning butunlay buzilib ketishiga olib
keladi. Demak qurilmaga xavf tug‘diruvchi kuch bu suv yuzasidagi bug‘ emas, balki uning ostidagi
100
o
S dan ortiq qizdirilgan suvda mujassamlangan quvvat xisoblanadi.
60 kg isitilgan suv yuzasidagi bug‘ning bosimi 5 . 10
5
Pa bo‘lsa, unda 1 kg porox
portlagandagicha energiya jamlangan xisoblanadi.
Xavo kompressorlari, shuningdek xavo tarkibidan moysimon moddalar tushishi natijasida bu
moddalarning parchalanishi va xavo tarkibidagi kislorod bilan birikib, portlovchi aralashma xosil
qilishi mumkin. Buunday moylarning parchalanishiga va xavfli birikmalar xosil qilishiga kompressor
ishlagan vaqtda xavoning siqilishi natijasida katta miqdorda ajralib chiqadigan issiqlik sababchi
bo‘ladi.
Gazlarning siqilish xolati quyidagi qonuniyat asosida boradi:
P . V =
const
YA’ni xavo xajm darajasini qisib qancha qisqartirsak xavo bosimi shuncha darajaga ortadi.
SHunday qilib porshenli kompressor va xavo yig‘ish qurilmalarini ishlatish vaqtida paydo
bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlashlar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra ro‘y beradi: kompressor
porshen_8 devorlari va boshqa xavo yo‘llarining qizib ketishi; moylovchi yog‘larning bug‘lanib
yonib ketishidan portlashga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdordan ortiq bosimdagi xavo yig‘ish;
changlangan va ifloslangan xavoni so‘rishda yonuvchi gazlar aralashmasining o‘tib ketishi; xavfsizlik
jixozlarining ishlamasligi.
Ballonlar eskirib zanglagan joylarining bo‘lishi xam portlash sababchisi bo‘lib xizmat qiladi.
SHuning uchun kislorod ballonlari to‘ldirishdan oldin maxsus suyuqliklar bilan yuvib yuboriladi (
dixloretan, trixloretan ).
Ballonlarning portlashi yanglishib bir gaz o‘rniga boshqa gazni to‘ldirishda xam ro‘y berishi
mumkin. SHuning uchun xam gaz ballonlari aniq ranglar bilan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Masalan
kislorod balloni xavo rangga bo‘yalib "kislorod" deb yozilgan yozuv qora rangda bo‘ladi. Atsetilen
balloni oq rangga bo‘yalib, yozuvi qizil bo‘ladi va x. k.
Do'stlaringiz bilan baham: