2020 Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

 
 
9– MAVZU MA’RUZASI 
BOSIM OSTIDA ISHLATILADIGAN VA YUK KO‘TARUVCHI TASHUVCHI 
TRANSPORT VOSITALARINING XAVFSIZLIK TALABLARI 
 
Suyuqlik va gazlarning xar xil qurilmalar va idishlar, truboprovodlar ulangan qismlari orqali 
sizib chiqmasligini ta’minalash zich yopilganlik deb ataladi. 


 
82 
Zich yopilganlik asosi qurilma ichidagi maxsulot tashqi muxitdan butunlay ajratilgan xolatda 
bo‘ladi. Bunday xolat xar qanday gaz va suyuqlik bilan ishlaganda zarurat xisoblanadi. SHuningdek 
bu xolat xavosiz muxitda xam qo‘llaniladi. Zich yopilganlik asosida suyultirilgan gazlar saqlovchi 
idishlar,  bug‘  xosil  qilish  qozonlari,  siqilgan  xavoni  ba’zi  bir  sanoat  maqsadlarida  foydalananish 
uchun yig‘uvchi xajmlar (resiverlar) va boshqalarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. 
Zich yopilgan bunday idish va qurilmalardagi gaz va suyuqliklar katta bosim ostida, yuqori 
xaroratda  yoki  juda  past,  xattoki  absolyut  xaroratga  yaqin  va  undan  past  bo‘lgan  xaroratga  ega 
bo‘lishi mumkin. SHuningdek bu xolat qattiq xavosizlantirilgan bo‘ladi. 
Birmuncha  xolatlarda  zich  yopilganlik  xolatining  buzilib  ketishi  faqatgina  texnik  nuqtai 
nazaridangina  nomaqbul  bo‘lmasdan  balki  xavfli  vaziyatlar  vijudga  keltirib,  sanoat  korxonasi 
uskunalari va u erda ishlayotganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. 
Bunday  xolatning  vijudga  kelishiga  zich  yopilgan  idishda  saqlanayotgan  gaz  u  erdan  sizib 
chiqishi  natijasida,  agar  u  erda atsetilen gazi  saqlanayotgan  bo‘lsa,  unda  ajralib  chiqqan  gaz  xavo 
bilanaralashib engilgina uchqundan alangalanib ketishi yoki portlashi mumkin. Agar yonayotgan gaz 
uzoq  vaqt  sezilmasa,  unda  idishning  qizib  ketishi  natijasida  undagi  atsetilen  o‘z  -  o‘zidan  yonib 
ketishi va bu portlashga olib kelishi mumkin. 
Agar zich yopilganligi buzilib 15 mm ga yaqin teshik xosil bo‘lsa, bosimi 20 MPa ga teng 
bo‘lgan idishdan otilib chiqayotgan oqim xosil qilgan reaktiv kuch 3,5 kN ni tashkil qiladi va bu kuch 
70 kg og‘irlikdagi balonga 5,9 m/s boshlang‘ich tezlanish berishi mumkin. Bu tezlanish balonni bir 
necha metr masofaga siljishiga olib keladi. 
Ma’lumki  xamma  suyuqlik  va  gazlar  bir  joydan  ikkinchi  joyga  quvirlar  orqali  yuboriladi. 
GOST  14202  -  69  ga  asosan  quvirlar  orqali  yuborilayotgan  moddalarga  qarab,  turli  ranglar  bilan 
ajratib qo‘yiladi. 
1. Suv - yashil 
2. Bug‘ - qizil 
3. Xavo - ko‘k 
4. YOnadigan va yonmaydigan gazlar - sariq 
5. Kislotalar - to‘q sariq 
7. Ishqorlar - binafsha rang 
8. YOnadigan va yonmaydigan suyuqliklar - jigarrang 
9. Boshqa moddalar - kulrang 
Quvirlardagi  xavfni  aniq  ko‘rsatish  maqsadida  ularga  ogoxlantiruvchi  rangli  xalqalar 
tushiriladi.  Masalan  qizil  rangdagi  xalqa  quvir  orqali  yong‘inga,  portlashga  xavfli  engil 
alangalanuvchi modda, yashil rangdagisi - xavfsiz inert modda, sariq - zaxarlimodda. Bundan tashqari 
sariq  xalqa  boshqa  turdagi  xavf  xolatlariga  xam  qo‘yilishi  mumkin:  masalan  kuchli 
xavosizlantirilgan, yuqori bosim, radioaktiv moddalar va boshqalar. 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish