GAZSIMON MODDALARNING YONISH VA PORTLASH XUSUSIYATLARI
Xar qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va parlarning yong‘inga va portlashga
xavfliligi alangalanish chegaralari, yonish xarorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan
belgilanadi.
Gazning xavo bilan aralashib yonishi xar qanday aralashma xosil bo‘lgandagina yonish
vujudga keladi. SHuning uchun xam aralashmalarning alangalanish chegaralari kuyi va yuqori
chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda quyi chegara gazning minimal miqdor alanga xosil qilgan
xolati tushuniladi va mana shu chegara sanoat korxonasining yong‘inga va portlashga xavflilik
kategoriyasini belgilovchi omil xisoblanadi.
Xavoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun etarli miqdorda yig‘ilgan bo‘lsa, ma’lum
xaroratgacha qizdirilganda alangalanib ketadi, mana shu xarorat yonish xarorati deb ataladi. Bu
xarorat yonuvchi aralashma xolati va boshqa omillar ta’sirida juda katta diapazonni tashqil qilishi
mumkin.
YOnuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangina tarqalish tezligi aniqlanadi. Bunda
yonayotgan zonaga o‘tish tezligi ma’lum yuzadagi yonuvchi aralashma ma’lum vaqt birligida yonib,
tutash zonaga o‘tishi belgilanadi.
Ko‘pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ularning aralashmalarining miqdoriga
va gazning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0, 3 0. 8m/s ni tashqil qiladi.
90
Bundan vodorod bilan atsetilen gazi mustasno bo‘lib ularning yonish tezligi 2, 76 va 1, 56 m/s
ni tashqil qiladi.
Alanganing normad tarqalish tezligi gazlardagi fizika-ximiyaviy xususiyat bo‘lib, ma’lum
o‘zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu tezlikning nixoyatda ortib ketishi portlashni
belgilovchi omil xisoblanadi. YOnishning tez kechishi portlash deyiladi. YOnish qancha qisqa
muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo‘ladi.
Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya’ni bug‘ga aylangan) fazasida bo‘ladi. Bug‘ga
aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va ximiyaviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
SHuningdek bug‘ga aylanish jarayoni tashqi muxit xaroratiga xam bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lum xarorat va bosimdagi suyuqlik pari xosil bo‘ladi. Bular miqdori xarorat o‘zgarmagan
xolatda ortib yoki kamayib ketmaydi. Bu miqdordagi parni to‘yingan par deb ataladi. To‘yingan
parlardan parcha aylanayotgan molekulalar soni suyuqlikka aylanayotgan molekulalar soniga tneg
bo‘lganligidan uning miqdori xavo muxitida birxil saqlanib turadi. Bunday xolatdagi suyuqlikning
xavo muxitiga nisbatan zichligini miqdoriy bosim deb yuritiladi. YA’ni agar xavo tarkibidagi
to‘yigan par miqdori 20% ni tashkil qilsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi 0, 20 R
o
deb qabul
qilinadi. Bunda R
o
-atmosfera bosimi.
Agar to‘yingan parning miqdoriy bosimi ma’lum bo‘lsa, ayna shu xaroratdagi xavo
muxitidagi zichligini aniqlash mumkin.
C
k
=
o
k
P
P
100%
Bunda R
k
- to‘yingan par bosimi; R
o
- atmosfera bosimi.
Odatda to‘yinganparning bosimi ma’lum xaroratlar bo‘yicha xarxil suyuqliklar uchun
ma’lumotnomalarda beriladi.
Xavo muxitida parlarning, shuningdek gazlarning yonishi, ma’lum diapazon zichlikdagina
ro‘y berishi mumkin.
Xavodagi yonuvchi par va gazning miqdori, umuman to‘yingan xolatdagi miqdordan ko‘p
bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat xarorat bilangina
belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi moddaning alangalanishining yuqori chegarasi deb
yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning xavo muxitidagi zichligi to‘yinish nuqtasidan past bo‘lgan
xollarda xam ma’lum xaroratda alangalanish xodisasi ro‘y berishi mumkin. SHuning uchun xam xar
xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda minimal
miqdorda bo‘lgan xolat uchun xam alangalanish xarorat aniqlanadi va bu miqdor modda
alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi. Demak xar qanday yonuvchi suyuqlikning yonish
protsessi bo‘lishi uchun suyuqlik ma’lum xaroratgacha qizdirilishi (bu xaroratda albatta
alangalanishning quyi chegarasidan kam bo‘lmasligi kerak) va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib
chiqayotgan parlar miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Suyuqliklarning
ana shu xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish tushunchalari kiritiladi.
CHaqnash xarorati deb, uncha katta bo‘lmagan xaroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik
parlarining xavo bilan aralashmasi xosil bo‘ladi va bu aralashmaga tashqaridan qizdirish berilsa,
yonib ketishiga aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar yonib ketgan
suyuqlik parlarining ajratgan issiqlikligi suyuqlikning yonish uchun ajralishi kerak bo‘lgan par
miqdori uchun etarli bo‘lsa, yonish davom etadi, aksincha yonish davom etmaydi.
Mana shu xossaga asoslangan xolda suyuqliklar ikki turkumga bo‘linadi. 1)Agar suyuqlikning
chaqnish xarorati 61
o
S ga teng yoki kichik bo‘lsa, bunday suyuqliklar engil alangalanuvchi
suyuqliklar (EDS) deb ataladi. Ularga spirtlar, atseton, bezin va boshqa suyuqliklar kiradi. 2)Agar
suyuqlikning chaqnash xarorati 61
o
S dan katta bo‘lsa, bunday suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar
(YOS) deb ataladi. Ularga yog‘lar, mazut, glitserin va boshqalar kiradi.
Alangalanish xarorati deb suyuqlikning minimal xaroratdagi chaqnash xodisasi suyuqlikdan
etarli darajada parlar ajralib chiqishini ta’minlashi natijasida alangalanish davom etadigan xolatiga
aytiladi. Engil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu xarorat chaqnash xaroratidan 1-5
o
S yuqoriroq
bo‘ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa 30-35
o
S ga borishi mumkin.
91
Gazlar va suyuqlik parlarining xavo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Portlash
ma’lum sharoit bo‘lganda amalga oshadi. YA’ni portlash bo‘lishi uchun aralashmadagi yonuvchi gaz
yoki parning miqdori, aniq protsent miqdorni tashqil qilishi kerak. Buni grafik bilan ifodalash
mumkin, agar portlovchi modda miqdori A ga etsa portlash boshlanadi va portlash V gacha davom
etadi. Eng kuchli portlash modda miqdori S bo‘lganda bo‘ladi. SHuni xam aytib o‘tish kerakki
portlash bo‘lishi uchun berk xona yoki idish bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |