ERGA ULAB MUXOFAZA QILISH
Xar qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi xosil bo‘lishi
xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini erga ulab
qo‘yiladi, va bu elektr ustanovkalarini erga ulab muxofaza qilish deb ataladi.
Erga muxofaza qilishning asosiy moxiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall
korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‘lsa uni erga o‘tkazib yuborishdan iborat.
Elektr qurilmalarni erga ulab muxofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o‘tib
ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida
potensiallar ayirmasi xosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |