53
1) To‘siqning
shovqin to‘sish qobiliyati uning massasi oshishi bilan orta boradi, masalan, agar
to‘siqning og‘irligi ikki marta ortsa, uning shovqin t¢sish qobiliyati 6 dB ga ortadi.
2) Aynan bir xil to‘siqdan past chastotadagi to‘lqinlarga nisbatan yuqori chastotadagi
tovushlarning o‘tishi kamayadi, ya’ni to‘siqlar yuqori chastotadagi tovushlar uchun samaraliroq
bo‘ladi.
SHovqin so‘ndirish vositalari. Asosan aerodinamik shovqinlarni so‘ndirish uchun
foydalaniladi.
Bunday shovqinlarni kamaytirishda turli-tuman so‘ndirish vositalaridan foydalaniladi.
Bularni tanlash sharoitga, shovqin spektriga va so‘ndirilishi kerak bo‘lgan tovush chiqayotgan zonaga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. SHovqin so‘ndirish vositalarini yutuvchi, reaktiv va
kombinatsiyalangan usullarga bo‘lish mumkin. YUtuvchi so‘ndiruvchi vositaning asosiy xususiyati
shundaki, u o‘zi orqali o‘tayotgan shovqinning o‘z tarkibiga o‘rnatilgan yutuvchi materiallar
yordamida kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Reaktiv so‘ndirish vositasi esa shovqinni kelib
chiqayotgan manbaga qaytarib yuboradi. Kombinatsiya usulida xam yutish, xam qaytarish
xususiyatlari birgalikda qo‘llanadi.
Ba’zi bir texnologik jarayonlarda shovqin darajasini umumiy texnik vositalar yordamida
kamayitirish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Masalan, shtampovka sexlarida, mixlarni qalpoqlash yo‘li
bilan biriktirish sexlarida metall qirqish sexlarida, shuningdek ichdan yonar dvigatellarini sinovdan
o‘tkazishda, shovqinni yo‘qotish, shuning bilan birga ishchilarning shovqin kasalliklariga
tushmasliklarini ta’minlash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday xollarda ishchilar uchun
shaxsiy muxofaza vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanada. Sanoat korxonalarida
shovqinga qarshi shaxsiy muxofaza aslaxalari sifatida vkladish, naushniklar va shlemlardan
foydalaniladi.
Vkladishlar. Bu paxtadan qilingan, quloq teshigiga o‘rnatishga mo‘ljallangan vositadir. Uning
samaradorligini oshirish maqsadida ba’zi bir parafinga o‘xshash moddalar shimdiriladi. Bundan
tashqari, qattiq moddalardan, masalan rezina, ebonit kabilardan yasalgan vkladishlardan xam
foydalaniladi. Vkladishlar eng arzon va ishlatishga eng qulay vositalar xisoblanadi. Lekin ularning
samaradorligi oz, ya’ni 5 -20 dB gacha tovushni kamaytira oladi. SHuningdek, ba’zi xollarda
noqulayligi quloq teshigini yallig‘lantirishi mumkinki, bu uning salbiy jixatlari xisoblanadi.
Naushniklar. Sanoat korxonalarida VSNIIOT naushniklaridan keng foydalaniladi.
Naushniklar quloqni yaxshi berkitadi va prujinalar yordamida ushlab turiladi. Naushniklar past
chastotadagi tovushlarga nisbatan yuqori chastotadagi shovqinlardan yaxshi muxofaza qiladi. Uning
samaradorligi 7-38 dB atrofida bo‘ladi.
SHlemlar, Xaddan tashqari katta shovqin sharoitida (120 dB dan ortiq) shovqin inson bosh
miyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xollarda naushnik va vkladishlar xech qanday foyda bermaydi.
SHuning uchun bosh miyani muxofaza qiladigan shlemlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: