46
Tovush bosimi b¢yicha esa, L=lg P
2
/P
0
=20 lg P/P
0
, dB
Tovush darajasini intensivligi bo‘yicha aniqlash, asosan akustik xisoblash ishlarida
qo‘llaniladi, bosim bo‘yicha aniqlash esa shovqinni o‘lchash va uning inson organizmiga ta’siri
darajasini belgilaganda qo‘llaniladi. CHunki inson organizmi shovqinning intensivligini emas,
bosimning o‘rta geometrik miqdorini sezadi.
Agar biron-bir nuqtaga bir necha manbaning shovqini ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ularning
darajasi emas, balki intensivligi qo‘shiladi.
I = I
1
+ I
2
+ . . . + I
n
Ularning darajalarini aniqlashda esa, ayrim-ayrim olingan intensivliklarning minimal
eshitilish miqdoriga nisbati olinadi:
,
lg(
10
lg
10
0
0
2
0
1
0
I
I
I
I
I
I
I
I
n
yoki
L = 10 lg (10
L /10
+ 10
L /10
+ ... + 10
L /10
)
Bu ko‘rilgan ifodalarning amaliy axamiyati sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish
vaqtida yaxshi bilinadi. CHunki agar korxonada o‘rnatilgan bir necha shovqin manbai bo‘lgan
taqdirda, ularning bir nechasining shovqini kamaytirilsa, u umumiy shovqin darajasiga xech qanday
o‘zgarish kiritilmasligi mumkin. Ammo ish joylarida xar xil shovqin chiqaruvchi mexanizmlar
bo‘lsa, unda birinchi navbatda eng kuchli shovqin chiqaruvchi sistemani kamaytirishdan boshlash
maqsadga muvofiqdir.
Agar biror sanoat korxonasida bir xil darajada shovqin chiqaruvchi bir necha mexanizm
o‘rnatilgan bo‘lsa, unda umumiy shovqin darajasi quyidagicha aniqlanadi:
L=L
i
+10 lgn
L
i
- bitta mashina chiqaryotgan shovqin.
Bu formuladan k¢rinib turibdiki, ikkita bir xil shovqin chiqaruvchi manbaning shovqini
bittasinikiga nisbatan 3
dB
ortiq bo‘ladi.
Odam qulog‘i ma’lum chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyatiga ega. Bu chastotalar 16
Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan diapazonni tashkil qiladi. 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta
bo‘lgan chastotadagi tovushlarni odam qulog‘i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar deb
ataladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o‘rta geometrik chastota
oraliqlari belgilangan. Bu oraliqlar quyidagicha belgilanadi.
O‘rta geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu chastotani ifodalaydigan chegara
miqdorlar berilgan), 125 (90-180), 250 (180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-
2800), 4000 (2800-5600), 8000 (5600-11200).
SHovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektral va vaqt bo‘yicha tavsiflariga asosan
sinflarga bo‘linadi.
Spektr bo‘yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) va keng polosali (reaktiv
dvigatel tovushi) bo‘lishi mumkin. Vaqt bo‘yicha tavsifiga esa uning doimiyligi (8 soat davomida 5
dBA gacha o‘zgarsa) va ¢zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq ¢zgarca) Hisobga olinadi.
O‘zgaruvchan shovqinlar o‘z navbatida vaqt birligida uzluksiz (impuls) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: