4-variant
Qaysi ibora so'z birikmasi bilan shakldoshlik (omonim) munosabatda bo'ladi? A) bosh qotirmoq B) ko'z tashlamoq C) og'zi qulog'ida D) oyoq tiramoq
1) Ogoh aylamoq 2) Ko'ngli ko'tarilmoq 3) Erta bahor 4) Ona yurt 5) Jahon ichra 6) Zamin uzra 7) Saodatli onlar. Yuqoridagi qaysi so'zlar birikuvidan so'z birikmasi hosil bo'lgan? A) 3, 4, 7 B) 2, 3, 7 C) 3, 4, 5, 6, 7 D) 4, 7
Qaysi javobda so'z birikmasi berilmagan? A) sekin chertmoq, burchga sodiqlik B) Dalalar ko'm-ko'k. Yerimiz unumli. C) B, D D) Murod indamadi. Hotam hayron bo'ldi.
Qaysi qatordagi birliklar lug'aviy birliklar hisoblanmaydi? A) frazeologik birikmalar, so'z birikmalari, gap B) tovush, qo'shma so'z C) so'z va frazeologik birikmalar D) so'z birikmalari, gap
Quyidagilarning qaysi biri lug'aviy birlik hisoblanmaydi? A) u B) bosh qotirmoq C) bir nafas D) kelib qolmoq
So'z birikmasi berilgan qatorni toping. A) erta bahor B) men o'qidim C) ukam uchun D) imzo chekmoq
Qaysi qatorda so'z birikmasi berilgan? A) oqko'ngil B) So'z birikmasi berilmagan. C) qo'lqop D) anjir shaftoli
So'z birikmasini toping. A) tashrif buyurmoq B) ko'ngli keng C) gullar ochildi D) so'z birikmasi berilmagan.
Qaysi qatorda so'z birikmasi yo'q? A) elga xizmat B) bir-biriga oqibatli C) sohil bo'ylarini kezmoq D) ko'ngli keng
So'z birikmasini toping. A) chang-to'zon ichra B) shalpang quloq C) o'qib chiqdim D) olma, o'rik va shaftoli
Quyidagi qo'shilmalarning qaysi biri so'z birikmasi hisoblanadi? A) gapirib bermoq B) holdan toymoq C) tashrif buyurmoq D) og'ir xo'rsinmoq
Qaysi qatorda so'z birikmasi qo'llanmagan? A) sohil bo'ylarini kezmoq B) G'arbiy Yevropa C) elga xizmat D) bir-biriga oqibatli
So'z birikmasini toping. A) qalin qor B) olma, o'rik va shaftoli C) U o'qidi D) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
1. Ko'cha katta. 2. Taklif qilmoq.3. Sotib olmoq. 4. Kulib gapirmoq. 5. Bir tup o'rik. 6. Maktab tomon. Yuqoridagi qaysi so'zlar birikuvidan so'z birikmasi hosil bo'lgan? A) 2, 3, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 4, 5
So'z birikmasi qaysi qatorda?A) O'rta Osiyo B) oq ko'ngil C) ko'zi tushdi D) kitobni o'qib
Quyidagilarning qaysi biri lug'aviy birlik hisoblanmaydi? A) kungaboqar B) ko'nglini olmoq C) go'zal vodiy D) konstitutsiyaviy sud
O'zaro grammatik munosabat qaysi birliklarda bo'lmaydi? A) gapdagi so'zlar orasida B) so'z birikmasida C) qo'shma so'zlarda D) A, B
108. Ikki va undan ortiq mustaqil so'zlarning o'zaro birikishidan qanday birlik hosil bo'lishi mumkin? A) qo'shma so'z, ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi, so'z birikmasi B) so'z birikmasi C) ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi D) qo'shma so'z va so'z birikmasi
Quyidagi frazeologik birikmalardan qaysi biri so'z birikmasi (erkin birikma) tarzida qo'llana olmaydi? A) izdan chiqmoq B) ikki oyog'ini tiramoq C) og'zi ochilmoq D) xurrak otmoq
Quyidagi birliklardan qaysilari ham erkin, ham turg'un birikma (ibora) sanaladi? A) ko'ngli ko'tarildi, Esi chiqib ketdi, Toqatlari toq bo'ldi B) ko'ziga issiq ko'rindi, ko'zi to'rt bo'ldi, Lom-mim demadi C) bag'ri tosh, aqli kirdi joni halqumiga keldi D) boshiga yetmoq, yaxshi ko'rmoq, qulog'iga quymoq, o'z yog'iga qovurilmoq.
Egalik qo'shimchalari vositasida qanday birikma hosil bo'ladi? A) moslashuvli birikma B) teng bog'lanishli birikma C) boshqaruvli birikma D) bitishuvli birikma
Boshqaruvli birikmani toping. A) yaqinda keldi B) chindan aytdi C) kecha keldi D) boshqaruvli birikma mavjud emas.
Bitishuv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini aniqlang. A) bolalar haqida g'amxo'rlik B) maktab hovlisi C) qaytadan yozmoq D) gapirishga oson
Moslashuvli birikmalarda sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalardan qaysilari faol qatnashadi? A) shaxs-son qo'shimchasi B) egalik qo'shimchasi C) kelishik qo'shimchasi D) A, B
Egri tayoqning butog'i burunni yirtar. Ushbu maqolda so'zlarning o'zaro aloqasi qanday yo'l bilan amalga oshgan? A), gapda so'zlar teng va tobe bog'langan B) boshqaruv va moslashuv yo'li bilan C) faqat boshqaruv yo'li bilan D) moslashuv, bitishuv va boshqaruv yo'li bilan
Sanjar bilan Sherzod bog' tomon yurdilar. Ushbu gapdagi bog' tomon yurdilar birikmasi o'zaro qanday yo'l bilan bog'langan? A) ko'makchili boshqaruv yo'li bilan B) moslashuv yo'li bilan C) kelishikli boshqaruv yo'li bilan D) teng bog'lanish yo'li bilan
So'z birikmalarida ergash so'z ravish yoki sifatlar bilan ifodalansa, ular bosh so'zga asosan qanday yo'l bilan birikadi? A) moslashuv yo'li bilan B) bitishuv yo'li bilan C) boshqaruv yo'li bilan D) bitishuv yoki boshqaruv yo'li bilan
Boshqaruvli bog'lanishda qaysi kelishiklar so'zlarni o'zaro bog'laydi? A) qaratqich, tushum va jo'nalish B) tushum, jo'nalish va o'rin-payt C) jo'nalish, tushum, o'rin-payt va chiqish D) qaratqich, tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish
Bitishuv munosabatidagi birikmalarni aniqlang. A) ko'klam quyoshi, bahor tongi B) maftunkor chehralar, tezda kelmoq C) o'lkamiz chiroyi, ko'l suvi D) xat yozdi, quduq qazdi; so'z yiro uduq qazdi, so'z sehri
Kelishikli boshqaruv qatnashgan gapni aniqlang. A) Mol topguncha aql top. B) Ko'ringan tog'ning yirog'i yo'q. C) Xalqim uchun, Vatan uchun kurashdim. D) Ot birdan sapchidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |