2-variant
Otli birikmalarni aniqlang. A) katta uy, zavodda ishlamoq, vazifani bajarish. B) asalday shirin, hammadan tez, katta bo'lmoq C) o'qishda birinchi, tinglovchilarning barchasi, keng uy. D) mashinada tortish, radiodan eshitmoq, futbol o'ynab
Sodda so'z birikmalari berilmagan javobni toping. A) tandir-tandir non-u kulchalar, bag'ri keng onalar B) yolg'iz yo'l, qishki imtihon C) tinib-tinchimas yoshlar, qiz-juvonlar bilan suhbat o'tkazmoq D) kitobi ko'p kutubxona, maydoni keng hovli, sochi uzun qiz
Keltirilgan misollarninng qaysi biri teng bog'lanishli birikma? A) oppoq paxtazor B) talabalar o'qimoqdalar C) jamoa xo'jaligi a'zolari va hasharchilar D) Karimning kitobi
Qaysi javobda otli birikma bor? A) chiroyli yozmoq B) yaxshi kayfiyat C) kitobni o'qib D) hikoyani bayon qilmoq
Ergash so'zlar ko'chma ma'noda qo'llangan qatorni aniqlang? A) keng ko'cha, chiroyli uy, achchiq sovuq B) kumush qoshiq, temir intizom, tilla soat C) kumush qish, qora sovuq, tilla bola D) tikansiz gul, qo'li gul, gul o'tqazdik
Grammatik vosita orqali bog'langan birikmani toping. A) serhosil dala B) ma'noli so'z C) katta daryo D) ertak haqida so'zlamoq.
So'z qo'shilmasidagi so'zlarning bir-biri bilan bog'lanishi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) boshqaruv, moslashuv, bitishuv B) otli birikma va fe'lli birikma C) tobe bog'lanish va ergash bog'lanish D) teng bog'lanish va tobe bog'lanish
Ergash so'z bilan bosh so'zning ko'makchi yordamida birikishi qaysi qatorda? A) fabrikada ishlamoq B) do'stlar bilan kengashmoq C) shuning uchun keldi D) ukam bilan akam
Bosh so'z olmosh bilan ifodalangan otli birikmani toping. A) hammadan kuchli B) farovon hayot C) kitob o'qimoq D) Nargizaning o'zi
Bosh so'z sifatdosh bilan ifodalangan so'z birikmasini aniqlang. A) vazifani bajarib B) kelajakka umid C) birga o'qigan D) muzeyga bormoq
Qaysi qatorda bosh so'z sifat bilan ifodalangan? A) shunday o'lka B) halol ishlatnoq C) a'lochilardan bittasi D) voqeadan xabardor.
. Ravishdosh bosh so'z bo'lib kelgan qatorni belgilang. A) shivir-shivir gap B) po'latdan mustahkam C) kelajakni o'ylagan D) oz-ozdan o'rganib
Tobe bog'lanishli so'z qo'shilmasini toping. A) yosh-u qari B) Markaziy Osiyo C) mehnatda fidokor D) shaftoli va o'riklar
Qanday so'z birikmalarida ergash so'z bosh so'zga grammatik vositalarsiz bog'lanadi? A) boshqaruvda B) moslashuvda C) bitishuvda D) boshqaruv va bitishuvda
Quyidagi grammatik vositalarning qaysi biri so'z birikmasi doirasida qo'llanadi? 1) bog'lovchilar; 2) kelishik qo'shimchalari; 3) egalik qo'shimchalari: 4) shaxs-son qo'shimchalari; 5) yuklamalar; 6) ko'makchilar. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 3, 4
So'z birikmasi hosil bo'lgach, birikma tarkibidagi so'zlarga xos bo'lgan qaysi xususiyat yo'qoladi? A) leksik ma'no B) ko'p ma'nolilik C) omonimlik D) B, C.
Ushbu gapdagi murakkab so'z birikmasini aniqlang. Bir ozdan keyin eshik ochildi-yu, qisqa yengli guldor shifon ko'ylak kiyib olgan Shoira kirib keldi. A) bir ozdan keyin kirib keldi B) Shoira kirib keldi C) shifon ko'ylak D) qisqa yengli guldor shifon ko'ylak.
So'z qo'shilmasidagi teng bog'lanishni aniqlang. A) baland uy B) C va D C) shahar va qishloq D) olma-yu o'rik
So'z birikmasini aniqlang. A) shifoli suv B) savlat to'kib C) qo'l urmoq D) o'qimoq va ishlamoq
So'z birikmalari tarkibida so'zlarni bir-biriga bog'lashga xizmat qiluvchi birliklarni aniqlang. A) aloqa-munosabat shakllari, ko'makchilar, bog'lovchilar B) aloqa-munosabat shakllari, ko'makchilar C) faqat ko'makchilar D) ko'makchilar, bog'lovchilar va yuklamalar
Birikma tarkibidagi tobe so'z turlangan javobni toping. A) g'alabaga intilish B) birdaniga yopirilmoq C) yoppasiga ommalashmoq D) yolg'ondan gapirmoq
Berilgan qaysi so'z juftligidan so'z birikmasi va gap hosil qilish mumkin? 1.berilgan, topshiriq; 2.vazifa, bajarmoq; 3.qiziqarli, mashg'ulot; 4.o'qishli, asar; 5.samarali, ishlamoq. A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 4, 5
Qaysi qatordagi birikma tarkibidagi ergash so'z turlanmagan? A) unga bildirmoq B) ukasiga bermoq C) chiroylisini tanlamoq D) uzunasiga to'shamoq
So'z birikmasini hosil qilishda quyidagi birikuvlarning qaysi birida kelishik va ko'makchilardan foydalaniladi? A) ot+ot B) ot+fe'1 C) sifat+ot D) fel+fel
Qaysi qatordagi birikma tarkibidagi ergash so'z turlanmagan? A) yoppasiga ommalashmoq B) unga bildirmoq C) ukasiga bermoq D) chiroylisini tanlamoq
So'z birikmasi haqida quyida keltirilgan fikrlarning qaysi biri to'g'ri? 1) Tobe so'z, odatda, hokim so'zdan oldin keladi. 2) hokim so'z odatda, tobe so'zdan oldin keladi. 3) hokim so'z tobe so'z orqali beriladigan so'roqqa javob bo'ladi 4) Tobe so'z hokim so'z orqali beriladigan so'roqqa javob bo'ladi, A) 1, 4 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 2, 4
Tobe bog'lanish necha qismdan iborat bo'ladi? A) ikki yoki uch qismdan B) Tobe bog'lanishdan hosil bo'lgan birikmalar qismlarga ajralmaydi. C) doim ikki qismdan D) bir yoki bir necha qismlardan
Bosh (hokim) so'z ot bilan ifodalangan so'z birikmalarini toping. A) Navro'z bayrami, o'rik hidi, qattiq aziyat B) bahoriy kayfiyat, oydan ham gozal, yosh ijodkorlar C) ishga shoshilmoq, bayram fayzi, yurakdan o'qimoq D) kamalakdek egik, anketa so'rovi, tarixiy shaxs
Sevaraxon choyni keltirib, dasturxon yozgach, shirinliklarni olish uchun jovon oldiga bordi. Ushbu gapdagi kengaygan birikmalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta
Uyushiq so'z birikmalari hamda kelishik qo'shimchalari qo'llangan so'zlar bilan ifodalangan gapni belgilang. A) qirdagi va tog' etaklaridagi lolalar kishiga huzur bag'ishlaydi B) Stol ustida va javonda kitoblar tartibsiz yotardi. C) O'quvchilar olmalarni va o'riklarni terdilar D) Bolalar sport maydonida va maktab hovlisida to'plandilar
Do'stlaringiz bilan baham: |