2019 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 4,27 Mb.
bet467/476
Sana23.01.2022
Hajmi4,27 Mb.
#404395
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   ...   476
Bog'liq
Амиркулов УМК она тили ва адабиёт 2019-2020. Yangisi

3-variant

  1. Qaysi xususiyat teng bog'lanishga xos emas? A) So'zlar bir-biri bilan teng bog'lovchilar vositasida bog'lanishi mumkin B) Teng bog'lanish natijasida birikmalar emas, so'z qo'shilmalari hosil bo'ladi C) Teng bog'lanishda so'z qo'shilmasidagi bir so'z boshqasiga tobe bo'lmaydi D) So'zlar bir-biri bilan ko'makchilar vositasida bog'lanishi mumkin.

  2. Teatrimizning ijodiy kuchlari birikmasidagi tobe so'z hokim so'zga qanday vosita yordamida bog'langan? A) egalik qo'shimchasi yordamida B) qaratqich kelishigi qo'shimchasi va ohang yordamida C) ohang yordamida D) qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida

  3. Fe'lli birikma qaysi qatorda? A) C va D B) ishtahasini bo'g'moq C) ertakni tinglab D) suv bilan yuvmoq

  4. Otli birikmani aniqlang. A) mayda qirqilmoq B) anorning ikkitasi C) adabini yemoq D) A, B

  5. 1) charm etik; 2) etik charm kabi sintaktik qo'shilmalardagi o'zaro farq qaysi qatorda ko'rsatilgan? A) har ikkalasi ham so'z birikmasi, lekin ifodalagan ma'nosi har xil B) har ikkalasi ham so'z birikmasi, ma'nosida farq yo'q, faqat birinchisida etik, ikkinchisida charm so'zi hokim so'z C) birinchisi gap, ikkinchisi so'z birikmasi D) birinchisi so'z birikmasi, ikkinchisi gap

  6. Quyidagi birliklarning qaysi biridan nutqda har gal tayyor material sifatida foydalanmaymiz? 1) so'z: 2) qo'shma so'z: 3) so'z birikmasi; 4) ibora (frazeologik birlik) A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 3

  7. Sodda so'z birikmasi berilgan qatorni aniqlang. A) katta tekis yo'l B) keksa tajribali o'qituvchi C) kino haqida gapirmoq D) katta yog'och qoshiq

  8. Osmonda yulduzlar chamani porlaydi. Ushbu gapdagi so'zlar o'zaro qaysi qo'shimchalar orqali sintaktik bog'langan? A) -da, -i B) -da -i, -di C) -da, -lar, -i, -di D) -a, -lar, -i, -y, -di

  9. Bog'lovchi va bog'lovchi vazifasidagi birliklar yordamida bog'lanmagan birikuvlarni toping. A) Oygul bilan Baxtiyor, gul va adir B) Bobom hamda buvim, keldi-yu, gapirmadi C) dala tomon ketdi, akasi uchun oldi D) A, C.

  10. Ot turkumiga xos bo'lgan qaysi grammatik qo'shimchalar sintaktik birlik(so'z birikmasi yoki gap) hosil qilishda ishtirok etadi? A) kelishik va ko'plik qo'shimchalari B) kelishik, egalik va ko'plik qo'shimchalari C) kelishik va egalik qo'shimchalari D) ot yasovchi qo'shimchalari

  11. Quyidagi so'zlardan qaysilari bir-biriga tobe bog'lanishi mumkin? 1. Tol, terak. 2. Hikoya, o'qimoq. 3.Telefon, gapirmoq. 4. Katta oshqovoq. 5.Uy, eshik. 6. O'rik, g'alla. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6 C ) 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5

  12. So'z qo'shilmasidagi so'zlarning teng bog'lanishi qaysi qatorda berilgan? A) nafis tuyg'u, xalq tabobati B) sabzi bilan piyoz, go'zallik va poklik C) xom meva, yaxshi o'smoq D) birga pishirmoq, yoqqa qovurmoq

  13. Tobe bog'lanish qaysi javobda aks etgan? A) O'rta sharq, Markaziy Osiyo B) olma-yu o'rik, taxir va achchiq C) nordon anor, barglarni qaynatib D) goh sayramoq, goh tinmoq

  14. Otli birikmani aniqlang. A) barkamollikka erishgan, qonib ichdi B) kitob haqida suhbatlashib, oynadek yarqirab C) sizni maqtab, o'zi uchun olgan D) kelganlarning har biri, stulning ikkitasi

  15. Qaysi javobda so'z birikmasi berilmagan? A) sekin chertmoq, burchga sodiqlik B) Dalalar ko'm-ko'k. Yerimiz unumli, C) yorug' xona, qunt bilan o'qimoq D) harchasida so'z birikmasi berilgan

  16. So'zlarning o'zaro teng bog'lanishi qaysi qatorda berilgan? A) muhtasham shaharcha B) kitobdan foydalanish C) quyosh va oy D) sekin-sekin yurmoq

  17. Qaysi qatorda so'z birikmasi berilmagan? A) shafaq qip-qizil B) uning qiyofasi C) mehribon qo'llar D) barchasida so'z birikmasi berilgan

  18. Qaysi qatordagi so'z birikmasida bosh(hokim) so'z fe'lning ravishdosh shakli bilan ifodalangan? A) to'rtinchi fasl B) kuyni tinglamoq C) meni o'ylagan D) maydonni qurshab

  19. Otli birikma qo'llangan qatorni aniqlang. A) havo bulut B) shaxsiy ibrat C) mahkam ushlab D) B, C

  20. Bosh (hokim) so'z fe'lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan so'z birikmasini toping. A) yerni zirillatib B) olomonning ovozasi C) ifodali o'qigan (bola) D) tashqarida yura-yura

  21. So'z birikmalaridagi qaysi qo'shimchalar so'zlarning tobeligini ko'rsatuvchi vosita hisoblanadi? A) shaxs-son qo'shimchalari B) egalik qo'shimchalari C) kelishik qo'shimchalari D) so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'shimchalar

  22. Otli so'z birikmasini toping. A) og'zi qulog'ida B) havo rang C) vazifani bajargan D) o'quvchilarning har qaysisi.

  23. Bosh so'z ravishdosh bilan ifodalangan fe'lli birikmani toping. A) gulni sevmoq B) senga ko'p C) hurmat bilan yondashgan D) kelajakni o'ylab

  24. Bosh so'z sifatdosh shakli bilan ifodalangan so'z birikmasini toping. A) o'qigan bola B) mehnatda sinalgan C) guldan nozik D) oldinga yurib.

  25. Teng bog'lanishli so'z qo'shilmasi qaysi qatorda berilgan? A) chiroyli manzara B) shoirlar bilan uchrashmoq C) go'zallik va yaxshilik D) vahimadan qutulish

  26. So'z qo'shilmasidagi so'zlarning tobe bog'lanishini toping. A) yoritadi, ammo isitmaydi B) dam qizarib, dam oqardi C) taklif, mulohazalar D) jo'shib gapirmoq

  27. So'z birikmasini vujudga keltiruvchi grammatik vositalar qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A) tobelik aloqasi, egalik va kelishik qo'shimchalari orqali B) tenglanish aloqasi orqali C) ko'makchilar ko'makchi xarakteridagi yordamchi so'zlar orqali D) so'z tartibi va ohang orqali

  28. Qaysi qatorda berilgan so'z birikmalarini gapga aylantirish mumkin? A) barcha odamlar, doim yashamoq B) qattiq sovuq, shirin qovun, chiroyli gul C) kutib gapirmoq, sekin yurmoq D) og'ir xo'rsinmoq, yog'och karavot

  29. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo'l qo'ydi. Rahimjon ma'yus holda so'ri suyanchig'iga qo'l qo'ydi. Ushbu gaplardagi "qo'l qo'ymoq" birligi haqidagi qaysi hukm to'g'ri? A) Birinchi gapda qo'shma so'z, ikkinchi gapda so'z birikmasi. B) Birinchi gapda so'z birikmasi, ikkinchi gapda qo'shma so'z. C) Har ikkala gapda ham qo'shma so'z. D) Har ikkala gapda ham so'z birikmasi.

  30. So'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatni toping. A) Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to'ldiradi. B) Tabiatning sokin va lekin benihoya go'zal maskaniga turli tomonlardan so'qmoqlar ochiladi. (S.Ahm.) C) Biz hamma bo'rilarni, hamma qonxo'rlarni, zolimlarni yanchib tashlaymiz! D) U shaharning serqatnov ko'chalariga, gavjumroq joylariga shoshildi. (As.M.)




Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   ...   476




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish