222-mashq. O’qing, ikki va undan ortiq nisbat yasovchi affiks olgan fe’llarni topib, qaysi nisbatga kirishini ayting.
1. Yoz o’tgan, kuz boshi bo’lsa-da, havo tip-tiniq, zangori, quyosh yaxshi qizdirar, yuzlardan tomchi-tomchi terlarni yumalantirar edi. (O.) 2. CHo’lboboning bog’idan keltirilgan savat-savat mevalar to’y dasturxoniga qo’yilganda, mehmonlarning ko’zi yondi. (H. G’.) 3. Qatta mis samovarga qayta-qayta suv to’ldirib, o’ti yangilanadi. (H. G’.) 4. Uzoqdan teplovoz qalbining gupillab urishi eshitilar, uning manglayiga qo’ndirilgan projektorning yorqin shu’lasi ko’zni qamashtirardi. (H. G’.) 5. Saroy bahor quyoshining nurlarida mavjlanadi. Darvoza bayroqlar bilan bezatilgan. (L. Batь.) 6. Rayhon odmi satin ko’ylagini kiydi, Mahfuzani kiyintirdi. (H. G’.)
Do'stlaringiz bilan baham: |