218-mashq. O’qing, orttirma nisbat shaklida qo’llangan fe’llarni topib, ularning yasalishi va ma’nosini izohlang. Gaplarini ko’chirib, orttirma nisbat yasovchi affiks tagiga chizing.
I. 1. Odamning odami yurt ishida, xalq ishida o’zini ko’rsatadi. (O.) 2. Boshqa hamrohlari kabi tunni sovuq ayvonda poxol ustida bir amallab o’tkazdi. (H. G’.) 3. Endigina qizil yugura boshlagan uzumlar o’tgan-ketganlarning tashnaligini qondirardi. (N. Biryukov.) 4. Rustam safdan ajralib qolganiga yuragi bir oz hovliqdi, nafasini rostlab olgach, yurishini tezlatdi. (V. G’afurov.)
II. Samarqandda muttasil qirq yil hukmronlik qilgan Ulug’bek zamonida talaygina yangi binolar qad ko’tardi. Ammo bobosi asosan machit, maqbaralar qurdirgan bo’lsa, Ulug’bek fan saroylari qurdirish bilan shuhrat topdi. U harbiy shon-shavkat ketidan quvmadi. Hamma narsadan ko’proq uni matematika va astronomiya qiziqtirardi. Bu fanlar sohasida u beqiyos yuksaklikka ko’tarildi, osmon sayyoralari harakatini sharhladi va astronomik jadval yaratib, butun jahonga dong taratdi. O’zi kabi fanga sodiq do’stlari bilan birgalikda osmon sayyoralarini kuzatadigan asboblar yaratdi. Qishilarda ilmu ma’rifatga muhabbat uyg’otishga intildi. Qo’l ostidagi shaharlarda maktab va madrasalar soldirdi. (L. Batь.)
219-mashq. O’qing, fe’llarni topib, nisbatlarini belgilang va ularni quyidagi jadvalga yozing, nisbat yasovchi affikslar tagiga chizing.
Nisbatlar
|
Misollar
|
Aniqlik
|
|
O’zlik
|
|
Majhullik
|
|
Birgalik
|
|
Orttirma
|
|
1. Qalandarov brigada qachon kelishini Nazarovdan aniq bilib, bir hafta davomida o’zi yugurib, odamlarni yugurtirib iloji bor tayyorgarlikni ko’rdi va bu ishni pravlenie muhokama qilgan masaladan... boshladi: Kozimbekni kuni-tuni yugurtirib tug’ruqxonaning kam-ketigini to’g’rilatdi. Kifoyatxon hammomga kassir va hammom qoshidagi sartaroshxonaga usta yordamchisi etib tayinlandi, Huriniso o’z vazifasining ijrosiga kirishdi: bir necha kun davomida devorlarni oqlatdi. SHiftlarni, mebellarni arttirdi, hovlini tozalatdi, bebosh bo’lib ketgan bolalarni odobga o’rgatdi... Klubni bezatish, hali rasmiy suratda tashkil topmagan milliy muzika, ...agrotexnika, foto to’garaklarini uskunalash uchun unga pul berildi...
Brigada kolxozning xo’jalik va madaniy yumushini uch kun tekshirdi. Uchinchi kuni kechqurun umumiy majlis chaqirildi.
Brigada «Bo’ston»ning ekin-tikinidan unchalik nuqson topmadi, aksincha, ko’p brigadalardagi paxta parvarishiga yuksak baho berildi. Gap shu haqda borayotganda, shopday mo’ylovini tez-tez burab, kerilib o’tirgan Qalandarov fermalardagi kamchiliklar aytilganda boshini quyi solib, qo’liga tushib qolgan qalam bilan qog’oz chiza ketdi; madaniyat, madaniy qurilish sohasidagi kamchiliklar to’g’risida qiziq-qiziq faktlar ochilib, xaloyiq gur-gur kulganda esa qizarib, terlab, o’tirgan yerida yarim gaz cho’kkanday bo’ldi. (A. Qahhor.)
II. Mehmonlar esa yana uzoq o’tirishdi, musiqa va g’azallar tinglashdi. Navoiy bu kech forsiyda yozgan g’azallarini o’qidi, uni yana o’qib bering deb qayta-qayta qistashdi. Alisherning kayfi chog’ edi, u murakkab muammolar aytdi, topganlar ham xuddi shunday muammolar bilan javob qildilar. (L. Batь.)
Do'stlaringiz bilan baham: |