Anbe va Ranbe
(Hind xalq ertagi)
1
Sichqoni ko‘p bir xonadonda qari mushuk
yashar ekan. U sichqon tutishga yaramay
qolibdi. O‘ylab-o‘ylab buning chorasini topibdi.
Bir kuni u sichqonlarni chaqirib shunday debdi:
– Sichqonlar, hoy sichqonlar, men sizlarni
nega chaqirganimni bilasizmi?
To‘g‘risini aytsam, shu paytgacha men siz-
larga doim yomonlik qilardim va ranjitib ke-
lardim. Buni bo‘ynimga olaman. Endi o‘z qil-
mishimdan uyalyapman. Xullas, sizlarga bo‘l-
gan munosabatimni o‘zgartirishga ahd qildim.
Endi mendan qo‘rqmanglar. Faqat sizlardan
http://eduportal.uz
171
birgina talabim bor: har kuni ikki mahal saf
tortib oldimdan o‘tib turasizlar. Men sizlarga
tegmaslikka so‘z beraman.
Mushukning va’dasini eshitib, sichqonlar o‘z-
larida yo‘q quvonishibdi va uning shartiga
darrov rozi bo‘lishibdi. Mushuk uyning bir
burchagiga joylashib olibdi.
Sichqonlar ta’zim qilib, uning oldidan bitta-
bitta o‘ta boshlashibdi. Nihoyat, uning oldidan
oxirgi sichqon ta’zim qilib o‘tib borayotgan ekan,
mushuk shappa uni tutib olibdi-da, paqqos
tushiribdi.
Avval o‘tib ketgan sichqonlar hech narsani
sezishmabdi. Sichqonlar shu tariqa kamayib
boraveribdi.
1. Mushuk qanday hiyla ishlatdi?
2. Sichqonlar qanday kamayib bordi?
2
Sichqonlar orasida Anbe va Ranbe degan
ikki do‘st bor ekan. Ular mushukning hiylasini
sezib qolib, shunday qarorga kelishibdi: bun-
dan keyin mushukning oldidan o‘tayotganda
Ranbe safning oldida, Anbe esa oxirida o‘ta-
digan bo‘libdi.
Safning boshida borayotgan Ranbe mushuk-
ka chuqur ta’zim bajo qilar ekan, bor ovozi
bilan:
– Do‘stim, Anbe, qayerdasan? – deb qich-
qiribdi.
http://eduportal.uz
172
Safning oxirida kelayotgan Anbe unga:
– Shu yerdaman, do‘stim Ranbe, – deb
javob qilibdi.
Sichqonlarning hammasi mushuk oldidan o‘tib
bo‘lmaguncha, ular bir-birlari bilan shu tariqa
xabarlashib turishibdi.
Mushukning hiylasi ish bermaganidan, och
qola boshlabdi. Fig‘oni oshgan mushuk shart-
ta Anbega tashlanib qolibdi. Biroq u ham
anoyi emas ekan. Birpasda ko‘zdan g‘oyib bo‘-
libdi.
Qolgan sichqonlar ham bir zumda inlariga
kirib yashirinishibdi. Mushukning aldoqchi ekani
oshkor bo‘lganidan so‘ng u birorta sichqon
tuta olmay, ozib-to‘zib ketibdi.
http://eduportal.uz
173
1. Sichqonlar qanday chora topdilar?
2. Anbe va Ranbe ishtirok etgan o‘rinlarni
rollarga bo‘lib o‘qing.
Bahs
Anvarbek Duysinbiyev
Bir kun daryo bo‘yida
Qoq peshin payti
Ikki do‘st o‘tirardi,
Safsata aytib.
Olis tog‘larga qarab,
O‘tirgan yerdan
Gap talashib qolishdi
Ikkovi birdan:
– Alp bo‘lsam, anov tog‘ni, –
Deb qo‘ydi Sanjar, –
Cho‘lga surib qo‘yardim
Yelkamda dangal.
– Men esa, – dedi O‘ljas
Do‘st-birodar –
Darhol eltib qo‘yardim
Tog‘ni joyiga.
Sanjar dedi:
– Bir tepsam
Hovling, uyingni,
Topolmay qolar eding
Ko‘cha-ko‘yingni.
O‘ljas dedi: qaytadan
Qurar edim uy.
Hovlimda dang‘illatib
http://eduportal.uz
174
Qilar edim to‘y.
– Shunaqami? – der Sanjar.
– Shunday, – der O‘ljas,
Jangga aylanar janjal,
Olovlanar bahs.
Yoqalashib ketishdi,
Olishib jiqqa.
So‘ng ikkovi dumalab,
Tushdi ariqqa.
Shu taxlit suv bo‘yida,
Qoq peshin payti
Ikki do‘st uylariga
Shalvirab qaytdi.
Ikkovi ham alp emas,
Ojiz, po‘k edi.
Sal-pal kuchi bo‘lsa ham
Aqli yo‘q edi.
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Maqtanchoqlikning oqibati nimaga olib kel-
di? Kamtarlik haqida maqollar ayting.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |