2019 O‘qish oxi


Pinokkioning  sarguzashtlari


bet96/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

Pinokkioning  sarguzashtlari
Karlo  Kollodi
(Ertak)
1
Bor ekan-u yo‘q ekan, bir g‘o‘la bo‘lgan ekan.
G‘o‘la  bo‘lgandayam  unaqangi  asil  nav  da-
raxtning  g‘o‘lasi  emas,  shunchaki  o‘tinbop  bir
g‘o‘la  ekan.
Kunlarning  birida  o‘sha  yog‘och  g‘o‘la  bir
keksa  duradgorning  uyiga  tushib  qolibdi.  Bu
duradgor  cholning  ismi  Antonio  bo‘lsa  ham,
odamlar  uni  „Usta  Olcha“  deb  atashardi.  Ni-
maga  desanglar,  burnining  uchi  g‘arq  pishgan
olchaga  o‘xshab,  doim  qip-qizil,  yaraqlab  tu-
rardi.
Usta  Olcha  g‘o‘lani  ko‘rib,  juda  ham  xur-
sand  bo‘ldi.
–  Juda  vaqtida  ko‘rib  qoldim-da,  bu  g‘o‘-
lani.  Endi  undan  stolga  oyoq  yasayman,  –
dedi.  Shunday  dedi-yu,  ishga  kirishdi.  U  g‘o‘-
lani  po‘stloqdan  tozalamoqchi  bo‘lib,  qo‘liga  o‘tkir
boltasini  oldi.  Shu  payt  g‘o‘la  ichidan  alla-
kimning  yolvoruvchi  ovozi  eshitildi:
–  Voy,  urmang  meni!
http://eduportal.uz


167
Usta  Olchaning  qay  ahvolga  tushganini  ko‘z
oldingizga  keltirayotgan  bo‘lsangiz  kerak.  U  ta-
moman  esankirab  qoldi.  Tovush  qayoqdan
kelganini  bilish  uchun  ustaxonaning  har  tomo-
niga  ko‘z  yugurtirib  chiqdi.  Biroq  ustaxonada
hech  zog‘  yo‘q  edi.
–  Haa,  bo‘ldi,  tushundim,  –  deb  hiringladi
u.  –  Qulog‘im  shang‘illagan  bo‘lsa  kerak.
Qani,  ishga  kirishaylik!
Shundan  keyin  u  yana  boltani  qo‘liga  oldi-
yu,  g‘o‘lani  chopdi.
–  Voy,  og‘ritvordingiz-ku!  –  deb  chinqirdi
boyagi  tanish  ovoz.  Usta  Olcha  uchun  bu
dahshatning  o‘zginasi  edi.  Qo‘rqqanidan  og‘zi
lang  ochilib  qoldi,  tili  iyagigacha  osilib  tushdi.
Birozdan  keyin  o‘ziga  keldi.
–  Bo‘ldi,  tushundim,  –  dedi  qo‘rqoqligidan
xijolat  bo‘lib.  –  Qulog‘im  shang‘illaydigan  bo‘lib
qolgan.  Qani,  ishga!
Usta  g‘o‘lani  silliq  qilib  randalash  niyatida
boltani  chetga  qo‘yib,  qo‘liga  randa  oldi.  Le-
kin  randani  g‘o‘la  ustida  yurgizishi  bilanoq  ya-
na  qulog‘iga  o‘sha  chiyildoq  ovoz  eshitildi:
–  Vuy,  tegmang  axir  menga.  Hamma  yo-
g‘imni  qitiqlab  tashladingiz-ku!
Bu  gal  usta  Olcha  xuddi  yashin  urgandek
„gurs“  etib  yerga  yiqildi.  Birozdan  keyin  hu-
shiga  kelib,  ko‘zini  ochsa,  hali  ham  yerda
cho‘zilib  yotibdi.
http://eduportal.uz


168
Afti  jin  chalgandek  qiyshayib  ketgan,  bur-
nining  to‘q  qizil  uchi  qo‘rqqanidan  to‘q  zango-
ri  rangga  kirgan  edi.
1.  Usta  Olcha  kim  edi?
2.  Yog‘och  g‘o‘la  bilan  qanday  hodisalar  ro‘y
berdi?
2
Shu  mahal  eshik  taqillab  qoldi...
–  Kiravering,  –  dedi  duradgor  zo‘rg‘a,  lekin
o‘rnidan  turishga  majoli  yetmadi.
Ustaxonaga  Jepetto  ismli  bir  odam  kirdi.
Qo‘shni  bolalar  bu  cholning  jig‘iga  tegish
uchun  unga  „Zog‘ora  non“  deb  laqab  qo‘-
yishgan  edi.  Chunki  uning  boshidagi  sap-sariq
parigi  zog‘ora  nonga  juda  ham  o‘xshab  ke-
tardi.
–  Salom,  usta  Antonio,  –  dedi  Jepetto.  –
Nega  yerda  o‘tiribsiz?
–  Chumolilarga  to‘rt  amaldan  dars  beryap-
man.
–  Omad  tilayman!
–  Xush  ko‘rdik,  Jepetto  amaki.
–  Huzuringizga  bir  iltimos  bilan  keldim.
–  Bemalol  so‘rayvering,  –  deb  javob  berdi
duradgor  o‘rnidan  turarkan.
–  Bugun  ertalab  miyamga  bir  fikr  kelib
qoldi.
http://eduportal.uz


169
–  Qani,  eshitaylik.
–  Bironta  yog‘och  topib,  undan  alomat  yo-
g‘och  odam  yasasam  chakki  bo‘lmasdi.  U
yog‘och  odam  raqs  tushishni,  qilichbozlik  qi-
lishni,  umbaloq  oshishni  bilishi  kerak.  Shunga
siz  nima  deysiz?
–  Barakalla,  Zog‘ora  non!  –  deb  chinqirdi
boyadan  beri  allaqayoqdan  eshitilayotgan  hali-
gi  ovoz.  Jepetto  amaki  g‘azabdan  achchiq  qa-
lampirday  qizarib  ketdi,  jahl  bilan  duradgorga
o‘shqirdi:
–  Meni  haqorat  qilishga  qanday  jur’at  et-
dingiz?
–  Kim  sizni  haqorat  qildi?
–  Siz  meni  „Zog‘ora  non“  deb  atadingiz.
–  Men  aytganim  yo‘q  u  so‘zni.
–  Aytdingiz!
–  Yo‘q!
–  Aytdingiz!
Ular  qizishgandan  qizishib,  bir-birlariga  yo-
pishib  goh  tishlasha,  goh  timdalasha  boshla-
dilar.
Nihoyat,  jang  tugab,  ular  bir-birlaridan  ajra-
lishganida  Jepettoning  sariq  parigini  usta  An-
tonio  changallab  olgan,  duradgorning  oq  pari-
gini  esa  Jepetto  tishlab  turar  edi.
–  Ber  parigimni!  –  deb  baqirdi  usta  An-
tonio.
http://eduportal.uz


170
–  Sen  ham  ber  parigimni,  keyin  yarashamiz.
Chollar  pariklarini  ayirboshlab  olishgach,  bir-
birlarining  qo‘lini  siqishib,  umrbod  qalin  do‘st
bo‘lib  qolishga  so‘z  berishdi.
Shundan  keyin  Jepetto  shumtaka  g‘o‘lani  qo‘l-
tig‘iga  qistirib,  oqsoqlagancha  uyiga  jo‘nadi.
1.  Buratino  haqidagi  filmni  ko‘rganmisiz?
Pinokkio  qaysi  jihati  bilan  Buratinoni  eslatadi?
2.  Albatta,  „Pinokkioning  boshidan  kechirgan-
lari“  kitobini  olib  o‘qing.  Uning  boshqa
sarguzashtlarini  ham  bilib  olasiz.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish