Oq tumshuq jasorati
Hamidulla Murodov
(Hikoya)
1
Yozning o‘rtalari. Havo dim. Yo‘l yurib char-
chagan Azamat o‘tovga kirib, o‘rtaga tashlan-
gan ko‘rpachaga cho‘zildi: „Birozgina mizg‘ib
olsam“. Ko‘zi ilingan ekan, o‘tov yonidagi
soyada yotgan Oq tumshuqning vovullashidan
sergaklanib ko‘zini ochdi. Erinibgina yon-atrofni
kuzatdi – hech narsa ko‘rinmadi. „Oq tum-
shuq hurib, uyqumni ham beliga tepdi-da“,
deb itdan o‘pkalandi ham. Keyin iltijoli ohang-
da „Jim bo‘l, jim, Oq tumshuqjon!“ – dedi.
Bechora it Azamat yotgan o‘tovdan biroz
naridagi supacha soyasiga borib yotdi.
Lekin ko‘p yotolmadi, yana ortiga qaytdi,
qattiq-qattiq irilladi. Azamat yana itni jerkib
tashladi.
http://eduportal.uz
191
– Irillamay nari bor, charchaganman, biroz
dam olay, nari bor! Bor! Bor!..
Oq tumshuq nari ketishga ketdi-yu, ko‘p
o‘tmay yana qaytdi. Qaytdi-yu, kela solib endi
o‘tovning o‘zi boya etigini yechib qo‘ygan
joyiga uzala tushib yotib oldi.
– Voy, ahmoq it, nari haydagan sari o‘zim
tomon yaqinlashadi-ya...
U yana noiloj o‘rnidan turdi. Itni o‘zidan
nariga haydashga tutindi. Keyin oyog‘iga biron
narsa kiyib olish maqsadida o‘tov eshigi to-
mon yurdi. It ketmadi, qaytanga Azamat itni
haydashga tushsa, yonida bo‘lishga intilardi.
Azamat yechgan etigini kiymoqchi bo‘lib
etikka qo‘l cho‘zdi. Oq tumshuq bo‘lsa, undan
http://eduportal.uz
192
oldin etikka chang solib, joyidan ancha nariga
otib yubordi. Otilgan etik ancha nariga borib
tushdi.
Azamat itning qilig‘i sirini tushuna olmadi,
aksincha unga buyruq ohangida gapirdi.
– Oq tumshuq, bor etigimni olib kel! Tez!
Oq tumshuq bo‘l...
1. Oq tumshuq nima uchun bezovta bo‘ldi?
2. Azamat itga qanday munosabatda bo‘ldi?
2
Oq tumshuq uning gapini anglaganday etik
tomon yurdi. Oldiga borganda esa bir qattiq iril-
ladi-da, etikni qo‘njidan emas, poshnasi tomo-
nidan tishlab torta boshladi. Azamat qandaydir
xavfni anglaganday bo‘ldi. „Nahotki etikda bi-
ron narsa bo‘lsa?“
Nahotki degan o‘yda u qo‘liga ukalari o‘y-
nab shu joyda qoldirishgan o‘zining cho‘ponlik
tayog‘ini oldi. Olishga oldi, birdan ko‘zi etik
og‘zidan chiqib turgan boshga tushdi: „Ilon!
Ilonning boshi! Ilon...“ U hammasini tushundi.
Ilon etik ichiga kirib olgan ekan. Agar Aza-
mat etikni olib kiyganda bormi, hozir nima
bo‘lishini ko‘z oldiga keltirdi. Darrov qo‘lidagi
tayoq bilan etikda ko‘ringan ilon boshiga zar-
ba berdi. Zarba qattiq bo‘lmadi chog‘i, ilon
etikdan chiqib ketish uchun bemalol o‘rmalay
boshladi. Bu shu joylarda ahyon-ahyonda uch-
http://eduportal.uz
193
rab turadigan zaharli qora ilon edi. Azamat
bu gal urishda naqd boshini mo‘ljallab urdi.
Zarba qattiq bo‘ldi shekilli, ilon darrov
g‘ujanak bo‘lib olib, o‘zini himoyalashga urindi.
Zarbalarning biri tegib, biri tegmasdi. Shunday
bo‘lsa ham u ilonning duch kelgan joyiga
urar, ilon bo‘lsa jon holatda vishillar, Aza-
matning zarbalaridan qochishga intilardi. Oq
tumshuq bu zarbalarning biri ilonga tegib,
boshqasi tegmay qolayotganini sezdimi, yo
ilon qochib qolishni rejalaganini bilib qoldimi,
bir sapchib, ilonning bo‘ynidan tishlab oldi. It
bir necha bor bir tishlagan joyini qayta-qayta
tishladi. Oxirgi tishlaganda bir siltadi-yu,
o‘zidan biroz nariga otib yubordi. Ilon borib
tushgan joyida ortiq qimirlamadi. U o‘lgan edi.
– E, Xudoyim-ey, bir asrabdi-da meni, –
dedi Azamat it yoniga kelgach, uning boshini
minnatdorlik bilan silab. – Seni jerkib-jerkib
tashlaganim uchun kechir, sen... sen mening
jonimni asrab qolmoqchi ekansan-a, Oq tum-
shug‘im! Vafodor itim!..
1. It Azamatga qanday yordam berdi?
2. Itning vafodorligini qanday baholaysiz?
3.
Siz uyda qanday hayvonlar parvarish
qilasiz?
13 – O‘qish kitobi, 3- sinf
http://eduportal.uz
194
Download Do'stlaringiz bilan baham: |