2019 O‘qish oxi


bet61/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

Uch  aka-uka  va  baxt
Ilvira  Daukayeva
1
Ajoyib  bahor  kunlaridan  biri  edi.  Uch  aka-
uka  yam-yashil  o‘tloqdan  yurib  borar  edilar.
Nogahon  ovoz  eshitildi.
–  Yordam!  Yordam  beringlar!  Men  bu  yer-
da,  chuqurdaman!  Yordam  beringlar!  –  kimdir
yordam  so‘rab  chaqirayotgan  edi.
Aka-ukalar  chuqurga  tomon  yugurdilar,  ular
chuqur  tubida  nur  sochayotgan,  ajoyib,  biroq
qo‘rqqan  va  qiynalgan  yuzni  ko‘rdilar.
–  Bu  yer  chuqur  va  kir  ekan!  Dahshat!  –
jirkanib  dedi  katta  aka.
–  Ko‘zi  qayerda  ekan,  shu  yerga  ham
tushadimi?  –  dedi  o‘rtancha  ensasini  qashib.
–  Shunday  bo‘lib  qoldi,  bir  necha  kundan
beri  shu  yerdaman,  iltimos,  qutqaringlar...  –
dedi  u.
11 – O‘qish  kitobi,  3- sinf
http://eduportal.uz


162
–  Sendan  nur  chiqyapti,  kimsan  o‘zi?  –
dedi  kenjatoy.
–  Men  Baxtman!  –  dedi  u.
–  Baxt?..  Ahmoqlik!  Baxt  chuqurga  tushib
ketmas  edi,  xa-xa-xa,  –  kuldi  katta  aka.
–  Yoki  o‘zi  chiqa  olardi!  –  ishonmay  to‘n-
g‘illadi  o‘rtanchasi.
–  Men  bahor  shabadasi  bilan  uchayotgan
edim,  birdan  menga  yovuz  to‘fon  yopirildi.  Me-
ni  har  tomonga  otdi,  keyin  mana  shu  chu-
qurga  tashlab  yubordi.
–  Bechoragina...  Men  seni  tortib  olaman,  –
dedi  kenjatoy  va  qo‘lini  Baxtga  cho‘zdi.
Katta  akalar  ishonmadilar  va  unga  tash-
lanib,  yo‘lini  to‘sdilar:
–  Oldin  Baxt  ekanini  isbotlasin!  –  baqirdi
o‘rtanchasi.
–  Ha,  isbotla!  Balki  shunaqa  deb  alda-
yotgandirsan?!  –  talab  qildi  katta  aka.
–  Istagan  narsangni  tila,  men  uni  baja-
raman!  –  dedi  ishonch  bilan  Baxt.
–  Negadir  ishonmayapman,  –  shubhalandi
katta  aka.
–  Tilak  tilang,  ko‘rasiz!  –  dedi  ularga
ishonch  bilan  Baxt.
1.  Baxt  bilan  aka-ukalar  qay  tarzda  uch-
rashdilar?
2.  Aka-ukalar  haqida  o‘z  fikringizni
bildiring.
http://eduportal.uz


163
2
–  Unda  yaxshi!  Unda...  men  yaxshi  ovqat
pishiradigan  xotinga  uylanmoqchiman...  Nima
qilibdi?  Men  mazali  ovqat  yeyishni  yaxshi
ko‘raman,  –  dedi  katta  aka.
–  Shunday  bo‘lsin!  Tilaging  bajo  bo‘ldi!  –
dedi  Baxt.
–  Siz  meni  qidiryapsizmi,  azizim?  Men  kel-
dim.
Aka-ukalar  ovoz  kelgan  tomonga  qarashdi.
Lo‘ppi  yuzli  qiz  katta  akaga  tabassum  bilan
qarab  turgan  edi.
–  Yuring  uyga,  tushlik  tayyor,  xuddi  siz
yaxshi  ko‘rganingizdek  tayyorlab  qo‘ydim.
Katta  aka  hamma  narsani  unutib,  qizning
qo‘lidan  tutib,  uyiga  qarab  ketdi...
–  Unda  menga  ham...  ko‘p  tilla,  juda  ko‘p
oltin  bo‘la  qolsin!  –  hiringladi  o‘rtanchasi.
http://eduportal.uz


164
–  Shunday  bo‘lsin!  Tilaging  bajo  bo‘ldi!  –
dedi  Baxt.
–  Birdan  osmondan  tillalar  yog‘ila  boshladi.
Aka-ukalar  oltin  yomg‘iridan  zo‘rg‘a  o‘zlarini
chetga  oldilar.
–  Ajoyib-ku!  Shuncha  oltin!  Bular  mening
oltinlarim!  –  quvonib  ketdi  o‘rtanchasi.  –  Na-
riroq  tur,  xalaqit  berma!
Oltinlarni  olib,  yugurib  ketdi.  Kenjatoy  uning
izidan  qarab  qoldi.  Keyin  chuqur  chetiga  bor-
di  va  Baxtga  qarab,  dedi:
–  Mening  qo‘limni  tut,  men  seni  tortib  chi-
qaraman!
Biroq  Baxt  uning  qo‘lidan  tutishga  shosh-
madi  va  ishonmay  so‘radi:
–  Sen  mendan  nimani  tilagan  bo‘larding?
–  Xudoga  shukur,  menda  hamma  narsa
bor.  Senga  nima  kerak?
–  Meni  bu  yerdan  chiqar,  men  qiynalib
ketdim.
Kenjatoy  qo‘lini  cho‘zib,  Baxtni  tortib  oldi.
–  Senga  katta  rahmat.  Men  bu  yerda
qolib  ketaman  deb  qo‘rqqan  edim,  –  dedi
Baxt  va  yorqin  nurlar  bilan  tovlanib,  yer
yuziga  baxt  socha  boshladi.
Kenjatoy  ketmoqchi  bo‘lib  turganida,  Baxt
undan  so‘radi:
–  Sen  qo‘rqmas,  dovyurak,  oliyjanobsan.
Har  doim  yoningda  yurishimga  ruxsat  bera-
sanmi?
http://eduportal.uz


165
–  Ha,  albatta,  men  juda  ham  xursand
bo‘laman,  –  javob  berdi  kenjatoy.
Endi  kenjatoy  va  Baxt  ajralmas,  qadrdon
bo‘lib  qolgan  edilar.
1.  Baxt  nima  uchun  kenja  ukani  savolga
tutdi?
2.  Baxt  boylik  bilan  o‘lchanadimi?

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish