2019 O‘qish oxi


bet58/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

Beminnat  yordam
(Rivoyat)
Bir  kuni  bog‘bon  bir  nechta  terak  ekdi.
Ular  tezda  bo‘y  cho‘zib  o‘sa  boshladi.  Terak-
larning  yonginasidan  tok  ko‘karib  chiqdi.  Uning
ham  kundan  kunga  bo‘yi  cho‘zilib,  barglari
ko‘paya  bordi.  Lekin  tok  novdasi  nimjon  bo‘l-
ganligi  uchun  u  yer  ustida  yotardi.  Teraklar-
dan  birining  tokka  rahmi  kelib,  uning  poyasini
shoxiga  ilib  yerdan  ko‘tardi.  Tokning  bag‘riga
shamol  tegib,  yanada  tezroq  o‘sa  boshladi.
Tok  novdasi  o‘sgan  sari  terakka  ko‘proq  chir-
mashar  edi.  Tez  orada  ular  qalin  do‘st  bo‘lib
qoldilar.  Bir  kuni  bog‘bon  kelib,  terakka  chir-
mashib  o‘sayotgan  tokni  ko‘rdi  va:  „O‘zi  chiq-
qan  tok  bu  yil  mevaga  kiribdi.  Terakka  qo‘-
http://eduportal.uz


154
shilib  balandlab  ketsa,  mevasini  yig‘ish  qiyin
bo‘ladi“,  –  deb  terakning  yuqori  shoxlarini
kesib  qo‘ydi.  U  bilan  bir  kunda  ekilgan  te-
raklar  unga  qarab:
–  Mana  shu  tokka  o‘ralashib,  pastda  qolib
ketding,  tashla  uni,  bizga  o‘xshab  yuqoriga
intil,  –  deyishdi.  Lekin  terak  do‘stini  tashlab
o‘sishga  ko‘zi  qiymadi.  Chunki  uning  bo‘yi
baland  bo‘lmasa  ham,  do‘stiga  va  odamlarga
foydasi  tegayotganidan  xursand  edi.
Ey  farzand,  shunday  odamlar  borki,  o‘zlari
ko‘zga  tashlanmasalar-da,  qo‘ldan  kelgan  bar-
cha  yordamlarini  ayamaydilar.
1.  Terak  va  tok  qanday  do‘stlashdi?
2.  Siz  bu  do‘stlikka  qanday  baho  berasiz?
3.  Daraxtga  chirmashib  o‘sadigan  qanday
o‘simliklarni  bilasiz?
Navro‘z  keldi
Dilshod  Rajab
Navro‘z  keldi,  xush  keldi,
Dala  to‘la  ish  keldi.
Dehqon  bobo  qalbiga
G‘ayrat  keldi,  jo‘sh  keldi.
Jilg‘a  chopar  chuldurab,
Bulut  goho  guldurab,
Yomg‘ir  quyar  shovullab,
Lola  chiqar  lovullab.
http://eduportal.uz


155
Qirda  yonar  lolalar,
Qirga  chopar  bolalar.
Sho‘x  yellarga  soch  chayib,
Birga  chopar  bolalar.
Qanot  yozgan  burgutday
Kengaygan  qir-dalalar.
Ertaklarda  topilmas
Bu  ajoyib  pallalar!
Navro‘zi  olam  keldi,
Baxtimiz  chaman  keldi,
Elga  ham  bayram  keldi,
Dilga  ham  bayram  keldi!
1.  She’rni  ifodali  o‘qing.
2.  She’rda  bahor  faslining  qaysi  davri  tasvir-
langan?
3.  „Navro‘z  keldi“  she’ri  asosida  rasm  chizing.
She’rni  yod  oling.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish