2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 2,24 Mb.
bet71/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

a, b —mayda zarrachalarning panjara osti (a) va panjara usti (b) mahsulotlaridagi miqdor, %.
Saralovchi qurilmalarning ishlash ko'rsatkichlari ularning unumdorligi va samaradorligi hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlar, asosan, panjara kengligi va uzunligiga bog'liq bo'lib, kenglik qancha katta bo'lsa, unumdorlik shuncha katta, uzunlik qancha katta bo'lsa, samaradorlik ham shuncha yuqori bo'ladi.
Boyitish fabrikasida qayta ishlanadigan kon massasi (ruda, ko'mir va boshqalar), boyitilgandan so'ng olinadigan mahsu- lotlar noto'g'ri shakl va har xil o'lchamga ega bo'lgan bo'laklar (zarrachalar) aralashmasidan iborat bo'ladi. Bo'lak va zarralarning o'lchamlari bo'yicha sinflarga ajratish kon massasi hamda boyitilgan mahsulotning granulometrik tarkibini tavsiflaydi.
Granulometrik tarkibni aniqlashning bir necha usullari mavjud bo'lib, ulardan keng qo'llaniladigani quyidagilardan iborat:

  • katta bo'laklarning o'zaro 3 yo'nalish bo'yicha kattaligini o'lchash;

  • elash tahlili - elaklar tizimi yordamida materialni kattalik o'lchamlari bo'yicha sinflarga ajratish;

  • sedmentatsion tahlil - materialdagi turli kattalikka ega bo'lak (zarracha)larning o'lchamlari bo'yicha suvda erkin cho'kish tezligi asosida sinflarga ajratish. Sedmentatsion analiz yaxshi maydalangan (kattaligi 40-50 dan 5 mk gacha) aralash- malarni sinflarga ajratishda qo'llanadi;

  • mikroskopik tahlil - zarrachalar o'lchamini mikroskop yordamida o'lchab, sinflarga ajratish. Bu usulda juda mayda zarrachalar (o'lchamlari 50 mk dan to mikronning bir ulushigacha bo'lgan) sinflarga ajratiladi.

Elash tahlilida namuna uchun olingan material ma'lum moduldagi, turli standart teshikli elaklar tizimi yordamida elanib, sinflarga ajratiladi. Har bir sinfga tegishli materialning og'irligi tarozida o'lchanadi va namuna massasi og'irligiga bo'linadi. Olingan natijalar jadval ko'rinishida (6.1-jadval) va grafiklar ko'rinishida (6.1-rasm) qayd etiladi.
6.1-jadval

Sinf, mm

Chiqishi

Alohida

Jami, %

kg

%

«musbat bo'yicha»

«manfiy bo'yicha»

13-25

8

10

10

100

6-13

11,2

14

24

90

3-6

12,8

16

40

76

1-3

14,4

18

58

6

0,5-1

16

20

78

42

0-0,5

17,6

22

100

22



Elash tahlilini grafiklarda qayd etishda sinflar ko'rsatkichlari koordinat o'qiga (foizlarda), absissa o'qiga esa elak teshiklari o'lchami (mm da) belgilanadi. Elak teshigi o'lchamidan katta bo'lgan material bo'laklari (zarrchalari) chiqishi asosida «musbat bo'yicha» (1), undan mayda zarrachalardan tashkil topgan material chiqishiga ko'ra «manfiy bo'yicha» (2) egri chiziqlar o'tkaziladi.
Har ikkala egri chiziq bo'yicha sinflarning chiqishi 100% ga teng bo'lishi lozim. Egri chiziqlarning kesishish nuqtasi sinflar chiqishining 50% ini, ya'ni o'rtacha miqdorini ko'rsatadi.

Chiqish,

%

100 80




L
















60

V

У













40

>

/
4













20

/

74

4










1
















0



















0 4 8 12 16 20
6.1-rasm. Bo'lak (zarrachalar) chiqishi tavsifi:

  1. «musbat bo'yicha»;

  2. «manfiy bo'yicha».

6.4. Maydalash to'g'risida umumiy ma'lumotlar va maydalash vositalari


Foydali qazilma massasi (asosan, ruda) tarkibini tashkil qiluvchi bo'laklar turli o'lchamlarga ega bo'lgan holda boyitish fabrikasiga kelib tushadi. Shu sababli rudani boyitish uchun, dastlab uni maydalab, lozim bo'lgan taqdirda yanchib, boyitish texnologiyasi talablariga mos keluvchi holatga keltiriladi.
Fizik mohiyati bo'yicha maydalash va yanchish jarayonlari bir xil bo'lsa-da, olinadigan mahsulotlar tar- kibini tashkil qiluvchi bo'lak va zarrachalarning o'lchamlari bo'yicha ular bir-biridan shartli ravishda farqlanadi.
Maydalash jarayonida olinadigan ruda massasi tarkibidagi bo'laklar o'lchamlari 5 mm dan katta, yanchishda esa, 5 mm dan kichik bo'ladi.
Foydali qazilmani maydalash va yanchish ezish, yorish, sindirish, kesish, ishqalash, zarba berish kabi usullarda amalga oshiriladi. Maydalash va yanchish usuli maydalanadigan mate- rialning qattiqligi hamda bo'laklarning kattaligi bo'yicha tanlab olinadi.
Foydali mineral zarracha yuzasi qanchalik to'liq ochilsa, boyitish samaradorligi shunchalik yuqori bo'ladi. Biroq to'la yanchilishga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bunda foydali kom­ponent juda mayin shlamlar ko'rinishiga ega bo'lib, konsent- ratga emas, chiqindi tarkibiga o'tib yo'qotilishi mumkin. May­dalash va yanchish juda qimmat jarayonlar hisoblanadi. Ularga sarflanadigan xarajatlar, umuman, rudani boyitishga sarflana- digan xarajatlarning 60 foizini tashkil qiladi. Shu sababli «Hech narsa ortiqcha maydalanmasin» degan tamoyilga amal qilish talab etiladi.
Maydalash jarayoni maydalash darajasi bilan tavsiflanadi. Maydalash jarayonida bo'laklar necha marta kichrayganligini ko'rsatuvchi kattalik (i) maydalash darajasi deyiladi.
I Dmax
dmax
bunda Dmax maydalanadigan materialdagi eng katta bo'lak o'lchami, mm.
dmax maydalangan bo'lakdagi eng katta bo'lak o'lchami, mm.
Maydalanadigan va maydalangan materialdagi bo'laklar o'lchamlariga ko'ra, maydalash jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: yirik maydalash bo'laklar o'lchami 100—200 mm, o'rtacha maydalash bo'laklar o'lchami 25—80 mm, mayda maydalash bo'laklar o'lchami 3—25 mm. Har bir maydalash bosqichida erishilgan maydalash darajasining o'zaro ko'paytmasi umumiy maydalanish darajasini ko'rsatadi.
Ium —ii, i2, ... In.
Boyitish fabrikalarida turli foydali qazilmalarni mayda- lashda, asosan, ezuvchi, yoruvchi va zarba beruvchi mexanik maydalash vositalaridan foydalaniladi.
Maydalash vositalari (maydalagichlar) 4 ta guruhga bo'linadi:

  • jag'simon maydalagich materialni maydalash davriy ravishda ikkita qo'zg'aluvchi va qo'zg'almas tekis yoki botiq yuzaga ega bo'lgan jag'lar orasida sodir bo'ladi;

  • konussimon maydalagich material uzluksiz ravishda ikkita (biri ichida ikkinchisi aylanadigan) konus yordamida maydalanadi;

  • barabanli maydalagich ikkita bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silliq yoki tishli barabanlardan tashkil topgan bo'lib, materialni ezish asosida maydalaydi;

  • zarbali maydalagichlar materialni maydalash tez harakatlanuvchi jismlarning kinetik energiyasi ta'sirida amalga oshiriladi. Bu maydalagichlar uch xil rusumli: bolg'ali, rotorli va sterjenli (dezintegratorli) bo'lishi mumkin.

Jag'simon maydalagichlar ruda va qurilish materiallarini yirik, o'rtacha maydalashda qo'llanadi. Bunda materialning maydalanishi qo'zg'almas va qo'zg'aluvchi jag'lar orasidagi bo'shliqda ezilish, parchalaning va sinish natijasida sodir bo'ladi.
Konussimon maydalagichlarda material ikkita ekssentrik joylashgan kesik konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda maydalanadi.
Yumshoq, qattiqligi o'rtacha obrazevlik xususiyatiga ega bo'lmagan (ko'mir, ohaktosh, gips, bo'r va h.k.) materiallarni maydalashda zarba tamoyilida ishlaydigan maydalagichlardan foydalaniladi. Barabanli maydalagichlar ham yumshoq, o'rtacha qattiqlikdagi obraziv xususiyatiga ega bo'lmagan materiallarni maydalashda qo'llaniladi.
6.5. Foydali qazilmalarni boyitish usullari

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish