2016 Kon ishlari asoslari p65


Kon-texnik rekultivatsiya



Download 2,24 Mb.
bet67/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

Kon-texnik rekultivatsiya qilishda ag'darmalar tekislanib, qiyaliklar yassilanadi, ustiga hosildor qatlam barpo etish uchun tuproq yotqiziladi, shuningdek, meliorativ va yo'l qurilishi ishlari bajariladi.
Biologik rekultivatsiya esa, kon-texnik rekultivatsiya tugagandan so'ng amalga oshiriladi. Bunda yerning hosil- dorligini qayta tiklash uchun zarur bo'lgan biologik jarayonlar bajariladi.
Maydonlarni rekultivatsiya qilishda skreperlar, buldozerlar, ekskavatorlar, avtoag'dargichlar va boshqa mexanizmlardan foydalaniladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar

      1. Ochiq kon ishlari ta 'rift va rivojlanish yo 'nalishlarini so 'zlab bering.

      2. Ochiq usulda qazib olinadigan konlarni yotish sharoitlari va kon jinslarining texnologik xususiyatiarini aytib bering.

      3. Karyer (razrez)ning asosiy elementlariga nimalar kiradi?

      1. Konni ochish koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz? Uning turlari va aniqlash usullarni tavsiflab bering.

      2. Karyerlarda kon jinslarini qazishga tayyorlashning qanaqa usullarini bilasiz va ular qanday sharoitlarda qo 'llanadi?

      3. Karyerlarda qazib yuklash ishlari deganda nimani tushunasiz va ushbu jarayonlarni qanday texnik vositalar bilan mexanizatsiyalashtiriladi?

      4. Karyer transporti, unda qo 'llanadigan transport vositalari, ulardan foydalanish yo 'llarini tushuntirib bering.

      5. Karyerlarda qoplama jinslar ag'darmalari hosil qilish usullari, ag'darma turlari va ularni qo 'llash sharoitlarini so 'zlab bering.

      6. Ag'darma hosil qilishda qanday texnik vositalardan foydalaniladi?

      7. Karyer maydoni deganda nimani tushunasiz? Karyer maydonini ochish usullari, sxemalari va ularni qo 'llash sharoitlarini tushuntirib bering.

      8. Ochiq usulda konlarni qazib olishda qanaqa qazish tizjmlari qo 'llanadi?

      9. Ochiq usulda kon qazish tizimlari qanday jarayonlar asosida tasniflanadi (Y.F. Sheshko, N. V. Melnikov, V. V. Rjevskiy tasniflari) ?

      10. Karyer maydonini rekultivatsiya qilish deganda nimani tushunasiz va uning mohiyati nimada ?

VI BOB
FOYDALI QAZILMALARNI QAYTA ISHLASH VA BOYITISH ASOSLARI
6.1. Turli foydali qazilmalardan foydalanishda boyitishning ahamiyati
Foydali qazilmalar xalq xo'jaligining ko'pgina tarmoqlarida ishlatiladigan metall, yoqilg'i, qurilish materiallari va boshqa mineral xomashyolarning manbayi hisoblanadi.
Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon bo'ladi. Biroq faqat qattiq foydali qazilmalargina boyitish obyekti bo'ladi.
Yer qa'ridan qazib olingan mineral xomashyoni dastlabki qayta ishlash jarayonlari majmuyi asosida foydali qazilmani foydasiz kon jinslaridan ajratib olish foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. Boyitish natijasida olingan bir yoki bir necha mahsullar konsentrat deb ataladi. Foydali qazilma massasidagi foydali komponentning katta qismi konsentrat tarkibida bo'ladi, massaning qolgan qismi boyitish chiqindisi hisob- lanadi. Chiqindi tarkibi, asosan, foydasiz kon jinsidan, ozgina qismigina foydali komponentdan tashkil topadi. Foydali komponent miqdori konsentratdagiga nisbatan kam, chiqin- didagiga nisbatan ko'p bo'lgan kon massasining qismi oraliq mahsuli deb yuritiladi. Barcha qattiq foydali qazilmalar metall, nometall va yonuvchi turlarga ajratiladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish