2016 Kon ishlari asoslari p65


Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish



Download 2,24 Mb.
bet72/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

Foydali qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish. Mineral zarrachalarning bir-biridan farqlanuvchi zichlgi, o'lchamlari va shakli bo'yicha, shuningdek, suv yoki havo muhitida
harakatlanish tezligi asosida alohida guruhlarga ajratish gravi- tatsion jarayonlar deb ataladi.
Bu jarayonlar foydali qazilmani cho'ktirish (отсадка), og'ir muhitda, konsentratsiyalash stolida, shlyuza va novlarda, vintli, konusli va qarama-qarshi oqimli separatorlarda boyitish kabi jarayonlardan iborat bo'ladi.
Gravitatsion boyitish jarayonlari o'zining soddaligi, yuqori unumdorligi, ishlab chiqarish kompleksining oddiyligi, xarajat- larning nisbatan kamligi hisobiga yuqori samarali bo'lishi bilan boshqa boyitish usullaridan farqlanadi.
Cho'ktirish bu mineral zarrachalarning zichligi, shakli va o'lchamlari bo'yicha suv yoki havo muhitida vertikal yo'na­lishda harakatlanish tezligi asosida ajratish jarayoni bo'lib, foydali qazilmalarni boyitishda keng qo'llanadi.
Bu jarayonlardan tarkibida 1200 dan 1560 kg/m3 gacha foydali komponenti va zarrachalari o'lchami 0,2 dan 50 mm gacha bo'lgan rudalar, bo'laklari o'lchami 0,5 dan 120 mm gacha bo'lgan ko'mirni boyitishda foydalaniladi.
Cho'ktirish usulida foydali qazilmalarni boyitish porshenli, porshensiz, diogragmali va qo'zg'aluvchan g'alvirli cho'ktirish mashinalari yordamida amalga oshiriladi (6.2-rasm).
Boyitish materiali mashina g'alviriga uzluksiz ravishda tushirib turiladi. G'alvir teshiklari orqali goh yuqoriga, goh pastga vertikal yo'nalishda suv oqimi harakatlanib turadi. Suv





njara osti suvi

2 1

ranjara osti suvi

fraksiyalar






6.2-rasm. Cho'ktirish mashinalari sxemasi: a porshenli, b porshensiz, d diofragmali, e qo'zg'aluvchan g'alvirli, 1 — mashina korpusi, 2 — g'alvir, 3 — quyilish to'sig'i, 4 — porshen, 5 — zolotnikli qurilma (pulsator), 6 — diofragma, 7 — shtok.

oqimi yuqoriga harakatlanganda material ham ko'tarilib maydalanadi, pastga harakatlanganda material zarrachalari cho'kib zichlanadi.
Suv oqimining yuqoriga va pastga harakatlanishi tufayli ma'lum davr ichida material shunday qatlamlanadiki, zichligi katta bo'lgan zarrachalar g'alvir ustidagi birinchi qatlamni, zichligi kichik bo'lganlari esa, uning ustiga cho'kib, navbatdagi qatlamlarni hosil qiladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish