2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 2,24 Mb.
bet58/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

5.5-rasm. Bir cho'michli ekskavatorlar:
a to'g'ri cho'michli; b teskari cho'michli; d draglayn.



5.5-rasmdan ko'rinib turibdiki, to'g'ri mexanik cho'michli ekskavatorlarning cho'michi strelaga oshiq-moshiq orqali o'rnatilgan rukoyatkaga mahkamlangan bo'lib, ekskavator turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib- yuklash ishlarini bajaradi. Teskari mexanik cho'michli ekskava- torlar esa, o'zi turgan tekislikdan pastga joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini amalga oshiradi. Draglayn- larning cho'michi strelaga sim arqon yordamida osilgan bo'lib, o'zi turgan tekislikdan pastda va yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib-yuklash ishlarini bajaradi.
Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari, shu jumladan, O'zbekiston ochiq usulda kon qazish korxonalarida ham EKG- 4.6, EKG-8i, EKG-12.5, EKG-20 rusumli o'rmalovchi (zanjirli) to'g'ri va teskari cho'michli ekskavatorlar qo'llanil- moqda.
Qoplama jinslarni qazib olib, ularni ichki jins ag'darma- lariga transport vositasisiz eltib tashlashda EVG-35/65, EVG- 15/40, EVG-100/100 rusumli, cho'michining hajmi 15, 35, 100 m3 strelasining uzunligi 40, 65, 100 m bo'lgan o'rmalovchi ekskavatorlardan foydalaniladi.
Cho'michi sim arqon orqali strelasiga osilgan draglaynlar karyerlarda, asosan, qoplama jinslarni massivdan qazib olib ichki ag'darmalarga joylashtirish yoki tashqi ag'darmalarni hosil qilishda qo'llaniladi.
Karyerlarda qo'llaniladigan draglaynlarning massasi katta bo'lganligi, shuningdek, asosan, kon jinslari ag'darmalari ustida ishlashi tufayli zaminga tushadigan solishtirma bosim- ni kamaytirishni ta'minlash uchun ularning yurish organi odimlovchi konstruksiyaga ega bo'ladi. Karyerlarda cho'michi­ning hajmi 4, 10, 15, 100 m3, strelasining uzunligi 40, 60, 90, 100 m bo'lgan ESH-4/40, ESH-10/60, ESH-15/90, ESH-100/ 100 rusumli draglaynlar qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda kon mashi- nasozlik zavodlarida cho'michining hajmi 120 m3 va strela­sining uzunligi 125 m bo'lgan odimlovchi draglaynlar ham ishlab chiqarilmoqda.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko'p cho'michli ekskavator- larning keng qo'llaniladigan xillari hisoblanadi (5.6-rasm).
Zanjirli ko'p cho'michli ekskavatorlarning ishchi organi cho'michlar o'rnatilgan (osilgan) zanjirni yo'naltiruvchi rom ko'rinishida bo'lib, romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlanadi, pastki qismi esa, sim arqon bilan shkivlar orqali korpusdagi barabanga bog'lanadi.





(5.6-a rasm). Kavjoydan kon jinsini qazib olish rom og'irligi bilan kavjoyga tiralgan cho'michlarning harakatlanishi orqali amalga oshiriladi. Zanjirli ko'p cho'michli ekskavatorlar cho'- michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unum- dorligi soatiga 800 dan 10000 m3 gacha bo'ladi. Bu ekskava­torlar kavjoy bo'ylab temir yo'l, o'rmalash zanjiri va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanuvchi konstruksiyaga egadir.
ER-25, ER-100 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlarning ishchi organi diametri 2,5 dan 18 m gacha cho'michlar o'rna­tilgan rotor g'ildiragi bo'lib, u ekskavator strelasi uchiga o'rnatiladi (5.6-b rasm).
Rotorga o'rnatilgan cho'michlar soni 6 tadan 12 tagacha bo'lib, ularning hajmi 300—800 dan 4000—8000 litrgacha bo'lishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o'zi turgan tekislikdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga mo'ljallangan bo'lib, kichik, o'rtacha, katta va o'ta katta unumdorlikka ega. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatorlarning unumdorligi soatiga 630 m3 gacha bo'lsa, katta unumdorlikka ega ekskavatorlar unumdorligi 2500—5000 m3 ni, o'ta unumdor ekskavatorlarning unumdorligi esa soatiga 5000 m3 dan ham ko'p miqdorni tashkil qiladi.
Umuman olganda, karyerlarda qo'llaniladigan ekskavatorlar rusumini ko'rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlarni bajarishi, harakatlanish tamoyili, unumdorligi, qazish balandligi va boshqa tavsiflarini ko'rsatadi.
Masalan, katta unumdorlikka ega bo'lgan ERG-1600. 40/ 10-31 rusumli rotorli ekskavatorni olsak, E—ekskavator,
R—rotorli, G—gusenichniy (zanjirli), 1600-cho'michlarning umumiy hajmi (litr), qazish balandligi — 40 m, o'zi turgan tekislikdan pastki qazish chuqurligi—10 m va strelasining oldga va orqaga surilishi 31 m ni tashkil qilishini bildiradi. Ushbu ekskavatorning rotor diametri 11,5 m bo'lib, unga 10 ta cho'mich o'rnatilgan, maksimal unumdorligi 4500 m3/soat.
Ko'p cho'michli va rotorli ekskavatorlar qo'llanilganda karyerda bajariladigan qator jarayonlar jinslarni massivdan qazib olish, transport qilish, ag'darmaga tushirish kabilar potok usulida amalga oshiriladi. Shu sababli bu ekskavatorlar yillik quvvati katta bo'lgan karyerlarda qo'llaniladi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln t va tashish masofasi 0,3—0,5 km gacha bo'lgan karyerlarda, ko'pincha, qazib- yuklash ishlari g'ildirakli skreperlar, yuklash mashinalari vositasida bajariladi. Skreperlarni tortib yuruvchi mashinalar sifatida quvvati katta bo'lgan traktor va avtomobillardan foydalaniladi. Skreperlar cho'michining hajmi 6—15 dan 15—40 m3 gacha bo'lishi mumkin.
Bir cho'michli yuklash mashinalarining ishchi organi vertikal chiziq bo'ylab pastga va yuqoriga harakatlanadigan strelaga oshiq-moshiq orqali o'rnatilgan cho'michdan iborat bo'lib, pog'ona ish maydonida mokisimon harakat qilib, kon jinslarini uyumdan olib transport vositasiga yuklab beradi. Karyerlarda PG-10, PG-15, PG-25 rusumli yuklash mashina- laridan foydalaniladi. Ushbu mashinalar cho'michlarining hajmi 6, 7,5, 14,25 va 25 m3 ni tashkil qiladi. Unumdorligi 4000 t/smena gacha bo'lishi mumkin.
5.6. Karyer transporti

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish