2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 2,24 Mb.
bet4/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

a) shift

zamm b) shift

zamm 1.3-rasm. Qatlam tuzilishi:
a — sodda; b — murakkab.
Yer qobig'idagi darzlar to'ldirilgan mineral moddalar yertomir deyiladi. Yertomirlar oddiy va murakkab bo'lishi mumkin. Yer qobig'idagi bo'shliqlar mineral moddalar bilan to'lgan bo'lsa, bunday konlar, odatda, shtok, insimon va linza

shakliga ega bo'ladilar. Bu xildagi konlar bir- biridan shakl va o'lchamlari bilan farqlanadi va odatda, temir, mis, prometall konlari shunday shakllarda uchraydi (1.4-rasm).
Qatlamlarning Yer qobig'ida joylashish holati ularning yotish elementlari orqali aniq- lanadi. Qatlamning cho'ziqligi, og'ishi, og'ish burchagi, qalinligi uning asosiy ele- mentlaridir.
Qatlamning uzunligi (uzunlik bo'yicha o'lchami) qatlam cho'ziqligi deyiladi. Qat­lamning gorizontal tekislik bilan kesishish chizig'i esa, cho'ziqlik chizig'i deb ataladi.
Qatlam tekisligida cho'ziqlik chizig'iga tik yotgan chiziq og'ish chizig'i, ushbu chiziqning yo'nalishi esa, qatlam og'ishi deyiladi.
Og'ish chizig'i bilan gorizontal tekislik o'rtasida hosil bo'lgan burchak qatlam og'ish burchagi deb yuritiladi (1.5-rasm).





" iLJ
d)
1 vv
e)
1.4-rasm. Ruda tanalarining yotish shakllari:
a
— yertomir; b — shtok; d — linza; e — insimon.



ko'mir qatlami

yotish burchagi

gprizonta! sath

1.5-rasm. Qatlamning yotish elementlari.
Foydali qazilmalarning yotish shakllari va qazib olish usullariga nisbatan qatlamlarini gorizontal, qiyaroq, qiya, o'ta qiya va tik guruhlariga ajratiladi (1.1-jadval).
1.1-jadval
Foydali qazilma yotqiziqlarining og'ish burchagi bo'yicha tasnifi

Og'ish burchagi bo'yicha qatlam ko'rinishi (tipi)

Og'ish burchagi, gradus

Ko'mir qatlamlari

Ruda konlari

Yerosti usulida
qazish

Ochiq usulda
qazish

Gorizontal

0-3

0

0

Qiyaroq (yotiq)

3-18

10 gacha

25 gacha

Qiya

19-35

10-30

25-45

O'ta qiya

36-55

-

-

Tik

56-90

31-90

46-90

Tasnifdagi tafovutlar qatlam va foydali qazilma yotqiziq- larini qazib olish usuli va texnologiyasiga bog'liqdir.


Foydali qazilma qatlami (yotqizig'i) qalinligi deganda, qatlamni chegaralovchi tekisliklar orasiga tik o'tkazilgan chiziq uzunligi tushuniladi.
Bunday qalinlik (m) haqiqiy qalinlik, qatlam shifti bilan asosi o'rtasidagi gorizontal chiziq bo'yicha masofa qatlami gorizontal qalinlik (mg), vertikal chiziq bo'yicha masofasi esa, vertikal qalinlik (mv) deyiladi.
Qatlam qalinligi, ko'pincha, o'zgaruvchan bo'ladi, ya'ni bir joyda qalin bo'lsa, ikkinchi joyda yupqaroq, uchinchi joyda esa, yanada yupqaroq bo'lishi mumkin. Shu sababli konchilik amaliyotida o'rtacha qalinlik (mor) atamasidan foydalaniladi.
Ko'mir qatlamlari va ruda yotqiziqlarining qalinlik bo'yicha tasnifi 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
Foydali qazilma yotqiziqlarining qalinlik bo'yicha tasnifi

Qalinlik bo'yicha qatlam (yotqiziq) rusumlari

Qalinlik, m

Ko'mir qatlamlari

Ruda konlari

Yerosti usulida
qazish

Ochiq usulda qazib olishda

Gorizontal
va yotiq

Qiya va o'ta qiya

Juda yupqa

0,7 gacha

-

-

0,6 gacha

Juda kichik qalinlik

-

3-5 gacha

15-20 gacha

-

Yupqa

0,71-1,2

-

-

0,6-2

Kichik qalinlik

-

6-20

25-75

-

O'rtacha qalinlik

1,21-3,5

20-40

75-100

2-5

Qalin

>3,5

-

-

5-20

Juda qalin

-

-

-

>20

Katta qalinlik

-

>40

>100

-

Foydali qazilma yotqiziqlarining yotish elementlari o'ta o'zgaruvchan bo'lib, ko'mir konlarida ular ruda konlariga nisbatan sezilarli darajada kamroq o'zgaradi, ruda konlarida esa, yotish elementlari keng miqyosda o'zgaradi.


1.4. Foydali qazilmalarning zaxiralari va qazib olish jarayonida yo'qotilishi
Yerostida, kon joylashgan o'rnida to'plangan foydali qa­zilma miqdori kon zaxirasi deb ataladi (zaxira tonna yoki kub metrda o'lchanadi).
Konning umumiy yoki uning bir qismidagi (o'rganilgan qismidagi) zaxirasi geologik zaxira deyiladi. Xalq xo'jaligidagi ahamiyatiga nisbatan geologik zaxira balans va balansdan tashqari zaxiralarga bo'linadi, ya'ni
Zgeol Zbal+Zbal.t.
Balans zaxira o'rganilgan zaxira bo'lib, mavjud texnika va texnologiya yordamida qazib olinib, xalq xo'jaligida foyda- langanda yetarli darajada iqtisodiy samara beradigan geologik zaxira qismi.
Balansdan tashqari zaxira esa, zamonaviy texnika va texno- logiya yordamida qazib olinib, xalq xo'jaligida foydalanilganda iqtisodiy samara bermaydigan geologik zaxira qismidir (hajmi kichik, sifatsiz, yupqa, murakkab geologik sharoit va hokazo).
Balans zaxira, o'z navbatida, samoat zaxirasi va yo'qotilish qismlariga ajraladi, ya'ni:
Zbal Zsam + Zyo'qot.
Sanoat zaxirasi — bu balans zaxiradan konni qazib chiqarish jarayonlarida yo'qotilishi mumkin bo'lgan qismining ayirmasi- ga teng bo'lgan va yer yuziga chiqarib beriladigan balans zaxira qismi.
Sanoat zaxirasining balans zaxiraga nisbati zaxirani qazib
olish koeffitsiyenti deb ataladi (C).
z
£ san
zbal
Yo'qotilish — qazib olish jarayonlarida foydali qazilma — balans zaxirasining yerostida qolib ketadigan qismi.
Yo'qotilishning balans zaxiraga nisbati yo'qotilish koef- fitsiyemti (Ky) deb ataladi.
Zbal
Demak, C + Ky = 1 ekanligi aniq.
Konchilik amaliyotida foydali qazilma yo'qotilishi muqar- rar bo'lib, uning miqdori ko'pgina omillarga, asosan, iqtisodiy, geologik, texnik va texnologik omillarga bog'liq. Ulardan aso- siylari: yotqiziqning qalinligi va og'ish burchagi; kon usti yer yuzida saqlanishi lozim bo'lgan inshootlar (obyektlar) mav- judligi; konning yotish sharoiti murakkabligi; qazish ishlarida qo'llanadigan texnika va texnologiyalar va h.k.
Foydali qazilma yo'qotilishini kamaytirishga oid tadbirlar katta miqdorda qo'shimcha sarf-xarajatlar talab etadi. Bu esa, o'z navbatida, qazib olingan foydali qazilma tannarxi yuqori bo'lishiga olib keladi. Zamonaviy konchilik korxonalarida foydali qazilma yo'qotilish miqdorlari ularning turiga nisbatan katta diapazonda o'zgaradi.
Masalan, ko'mir konlarida yotiq va qiya qalinligi o'rtacha bo'lgan qatlamlarni qazib chiqarishda yo'qotilish 10-5%ni tashkil qilsa, qalin va o'ta qiya qatlamlarni qazib chiqarishda 25-30% ni tashkil qiladi.
1.5. Kon lahimlari
Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib, yer yuziga chiqarib berilgandan so'nggina amalga oshirilishi mumkin.
Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog'liq ishlar majmuyi kon ishlari deyiladi.
Yer qobig'ida kon ishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun'iy bo'shliqlar hosil bo'ladi. Bu bo'shliqlar kon lahimlari deb yuritiladi.
Kon lahimlari bajaradigan vazifasiga ko'ra o'rganish va kon qazish (ekspluatatsion) lahimlariga ajratiladi.
Konlarni qazib chiqarish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi: konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish.
Shunga ko'ra ekspluatatsion kon lahimlari ham uchga, ya'ni kapital (kon ochuvchi), kon tayyorlov (zaxiraning bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish (foydali qazilmani bevosita qazib olishga tegishli) lahimlariga bo'linadi.
O'tilgan joyga nisbatan kon lahimlari ochiq va yerosti kon lahimlariga ajraladi. Ochiq kon lahimlari yer yuzida, yerosti lahimlari esa, kon jinslari orasida barpo etiladi.
Yer qobig'ida joylashishi bo'yicha kon lahimlari vertikal, gorizontal va qiya bo'lishi mumkin. Ular bevosita yer yuzi bilan tutashgan va tutashmagan bo'lishi mumkin (1.6-rasm).

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish