Ўзбекистон Республикаси Президентининг


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2005 yil 29/29/30 noyabrdagi



Download 0,5 Mb.
bet17/19
Sana12.01.2017
Hajmi0,5 Mb.
#319
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2005 yil 29/29/30 noyabrdagi

№ 597/8/145-sonli qarori bilan



TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 5 dekabr kuni 1530 raqam bilan ro‘yxatga olingan

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida

NIZOM



Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-213- sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalarni berish tartibi va sharoitlarini belgilaydi.

  1. Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuksak natijalar ko‘rsatgan, namunali harbiy intizomga ega muddatli harbiy xizmatchilarga o‘zlari xizmat qilgan harbiy qism komandirlari tomonidan beriladi va O‘zbekiston Respublikasining istisnosiz barcha oliy o‘quv yurtlarida ta’limning xamma yo‘nalishlariga joriy etiladi.

Harbiy qism deganda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, hamda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralariga tegishli harbiy qismlar, korxona va muassasalar tushuniladi.

  1. Har bir harbiy qismda Qurolli Kuchlar qo‘shinlari turlarining jangovar-xizmat vazifalari xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiknlgan testlar asosida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik dasturini uzlashtirishini yakuniy baholash o‘tkaziladi. Test natijalari muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berishda hisobga olinadi.

  2. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish haqida qaror to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq, (vzvod yoki undan katta bo‘linma komandiri) tomonidan harbiy xizmatchining jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik bo‘yicha erishgan natijalariga va harbiy ingizomiga asosan qabul qilinadi, va bunda jangovar guruhlar, vzvodlar, batalon va brigadalar komandirlari qabul qilayotgan qarorlari xolisligi uchun shaxsan javobgarligi qat’iy e’tiborga olinadi.

Tavsiyanoma berish haqida ijobiy qaror qabul qilinsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish lozimligi to‘g‘risida harbiy qism komandiriga yozma ravishda murojaat kiladi. Harbiy qism komandirining qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish masalasi harbiy qism shaxsiy tarkibining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berilish vaqtida harbiy qism qo‘mondonligi shaxsiy tarkibning fikrini hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik dasturini o‘zlashtirishning yakuniy test baholarini inobatga olgan holda qaror qabul qiladi.

  1. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berilganda, harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidai o‘chirish to‘g‘risidagi harbiy qism komandiri buyrug‘iga quyidagi mazmunda modda kiritiladi: «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, __________________________________

(harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifi)

o‘z burchini vijdonan bajarganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma olishga sazovordir».

Tavsiya qilinuvchi harbiy guvohnomasining «Alohida qaydlar» qismiga quyidagi mazmunda yozuv kiritiladi: «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun _____seriyali ____sonli tavsiyanoma 20__yil «___»__________da berildi». YOzuv harbiy qism muhri va shtab boshlig‘ining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Tavsiyanoma muddatli harbiy xizmatchiga u xizmatdan bo‘shatilayotganida boshqa hujjatlariga qo‘shib, tantanali ravishda topshiriladi.



  1. Tavsiyanomalar blankasi yagona shaklda (ushbu Nizomga ilova) tayyorlanadi va qat’iy hisob blankasi hisoblanadi. Tavsiyanomalarni berish tartibi nazorati harbiy qismlar komandirlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi, ular har yilning iyun va dekabr oylarida harbiy xizmatdan zahiraga bo‘shatilgan xizmatchilar ro‘yxati, berilgan tavsiyanomalar soni, seriyasi va raqami ko‘rsatilgan hisobotni, hamda shaxsiy tarkib yig‘ilishi bayonnomalarining nusxasini Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, hamda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralariga tegishli harbiy qismlar, korxona va muassasalarning tegishli boshqarmalariga taqdim etishga majburdirlar.

  2. Tavsiyanoma harbiy xizmatchining harbiy xizmatdan bo‘shatilish kunida, bir marta beriladi va abiturient tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish paytida foydalaniladi. Tavsiyanomani qayta berish amalga oshirilmaydi.

  3. Harbiy qismlar qo‘mondonliklarining tavsiyanomalari berilgan kunidan boshlab 3 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi.

  4. Tavsiyanomaning asl nusxasi oliy ta’lim muassasasining qabul hay’atiga boshqa hujjatlar bilan birgalikda abiturient tomonidan taqdim etiladi. Abiturient o‘qishga kirmay qolgan taqdirda tavsiyanoma qabul hay’ati tomonidan shaxsan uning egasiga shaxsiy imzosi qo‘yilgandai so‘ng qaytarib beriladi.

  5. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish