2010-yilgi dastur asosida yozilgan


Takrorlash uchun savollar



Download 426,5 Kb.
bet9/50
Sana07.03.2022
Hajmi426,5 Kb.
#485465
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
Anorganik-kimyo-fanidan-maruza-matni-2k-3s

Takrorlash uchun savollar.
1.Metallmaslar davriy jadvalda qanday ravishda joylashgan?
2.Metallmaslar qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?
3.Tabiatda vodorod qanday hollarda uchraydi?
4.Vodorod qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
5.Suv qanday fizik–kimyoviy xossalarga ega?
6.Og`ir suv qanday fizik–kimyoviy xossalarga ega?
7. Ft, Br, J qanday xossalarga ega va qanday maqsadlarda ishlatiladi?
8. Xlor qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
9. Vodorod xlorid qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
10. HCl tuzlaridan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Metallmaslar, metallar, amfoter elementlar, protiy, deyteriy, tritiy, konversiya usuli, koks gazi, qaldiroq gaz, metall gidridlari, distillangan Galogenlar, xlorli suv, sulfatli usul, sintetik usul, sublimatlanish, xlorid kislota, xloridlar, bromli suv, yodli suv, gipoxlorit kislota.


Mavzuga oid adabiyotlar.
1.I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.
2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

Mavzu:VIII-A-gurux elementlari.Nodir gazlar.


Reja:


-VIII-A-gurux elementlarining davriy jadvaldagi o’rni.
-Nodir gazlarning umumiy xossalari.


Nodir (inert) gazlar deb D. I. Mendeleyev davriy jadvali VIII guruh asosiy guruhchasi elementlariga aytiladi. Ularga He, Ne, Ar, Kr, Xe va Rn elementlari kiradi. Ular atomlarining tashqi pog`onasida 8 tadan ns2np6 (geliyda 2 ta) elektron bo`ladi. Ilgari bunday atomlar elektronlarini bermaydi, elektronlar biriktirib ham olmaydi hamda umumiy elektronlar jufti ham hosil qilmaydi, deb hisoblanar edi. Lekin 1962–yilda nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi–ksenon tetraftorid XeF4 olindi, shundan keyin nodir gazlar kimyosi jadal sur`atlar bilan rivojlana boshladi. Ayniqsa Xe kimyosi ma`lumotlarga boy, Xe birikmalari xossalari jihatidan J ning tegishli birikmalariga o`xshaydi.
Xe F bilan o`zaro ta`sir ettirilganda tajriba sharoitlariga qarab XeF2, XeF4 yoki XeF6 olinadi. Odatdagi haroratda bularning hammasi–oq rangli qattiq moddalar. Kimyoviy jihatdan eng faoli XeF6 bo`lib, u qumtuproq bilan oson reaksiyaga kirishadi: 2XeF6 + SiO2 = 2XeOF4 + SiF4
Bunda hosil bo`ladigan ksenon oksitetraftorid XeOF4 odatdagi haroratda–uchuvchan rangsiz suyuqlik.
Ksenon ftoridlarning hammasi suv bilan o`zaro ta`sirlashadi. Bunda diftorid va tetraftorid bilan bo`ladigan reaksiyalarda ksenon, kislorod va vodorod ftorid hosil bo`ladi: 2XeF2 + 2H2O = 2Xe + O2 + 4HF XeF4 + 2H2O = Xe + O2 + 4HF
Lekin geksaftorid suv bilan reaksiyaga kirishganda yangi birikma–ksenon (VI) oksid hosil bo`ladi: XeF6 + 3H2O = XeO3 + 6HF
Ksenon (VI) oksid XeO3–rangsiz kristall modda, qattiq holatida ancha portlovchan bo`ladi (portlash kuchi jihatidan u trinitrotoluoldan qolishmaydi), eritmada esa barqaror va xavfsizdir.
Ksenon ftoridlari kuchli oksidlovchilar. Ular vodorod bilan o`zaro ta`sur ettirilganda ksenonga qadar qaytariladi. Bundan toza ksenon olishda foydalaniladi.
XeF6 + 3H2 = Xe + 6HF ; XeF6 + 6KJ = Xe + 3J2 + 6KF
Ksenon ftoridlaridan keyin radon ftoridini olishga muvaffaq bo`lindi. Lekin radon juda radioaktiv bo`lgani uchun bu birikma kam o`rganilgan. Kripton ftoridlari KrF2 va KrF4 ham olingan, lekin ular ksenon birikmalariga qaraganda beqarorroqdir. Geliy, neon, argonlarning birikmalari olinmagan.
Kislorodli birikmalardan XeO3 dan tashqari XeO4 va ularga muvofiq keluvchi kislotalar H6XeO6 va H4XeO4 ham oligan. Bu kislotalar beqaror bo`lgani bilan ularning tuzlari–ksenatlar (masalan, Na4XeO6, Ba3XeO6) va perksenatlar (masalan, Na6XeO6, Ba2XeO6)–xona haroratida ancha barqaror kristall moddalardir. Kripton kislotaning tuzlari–bariy kriptat BaKrO4 ham olingan.
Nodir gazlarning ion bog`lanishli birikmalari ham ma`lum. Nodir gazlarning atomlaridan elektronlarni tortib olish uchun ftorga nisbatan ham kuchli oksidlovchi bo`lgan platina geksaftorid–to`q qizil rangli gazdan foydalanildi. Hamda nodir gazlarning ion bog`lanishli birikmalarini olishga muvaffaq bo`lindi. Ksenonning platina geksaftord bilan reaksiyasini shunday ifodalash mumkin:
Xe + PtF6 = Xe+[PtF6]
Hosil bo`lgan ksenon geksaftorplatinat–ion kristall panjarali, to`q sariq rangli qattiq modda.

Download 426,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish