Og`ir suv. Tarkibida og`ir vodorod bo`ladigan suv og`ir suv deyiladi (D2O formula bilan belgilanadi). U odatdagi suvdan farq qiladi, buni ikkala suvning fizikaviy xossalarini o`zaro taqqoslashdan ham ko`rish mumkin:
D2O H2O
Molekulyar massasi 20 18
20 0C dagi zichligi, g/sm3 1,1050 0,9982
Kristallanish temperaturasi, 0C 3,8 0
Qaynash temperaturasi, 0C 101,4 100
O`g`ir suv bilan kimyoviy reaksiyalar odatdagi suv bilan bo`lgandagiga qaraganda ancha sekin ketadi. Shuning uchun odatdagi suv uzoq vaqt elektroliz qilinganda elektrolizyorda og`ir suv to`planib qoladi.
Og`ir suv yadro reaktorlarida neytronlarni sekinlatuvchi sifatida ishlatiladi.
Galogenlar guruhchasiga F, Cl, Br, J va At elementlari kiradi. Bu elementlar D. I. Mendeleyev davriy jadvalining VII guruhidagi p–elementlardir. Ular atomlarining tashqi elektron pog`onasida 7 tadan ns2np5 elektroni bo`ladi.
Ular kimyoviy reaksiyalarda bittadan elektronni oson biriktirib olib, –1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ular vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida shunday oksidlanish darajasiga ega bo`ladi. Lekin ftordan boshqa galogenlar atomlari +1, +3, +5, +7 ga teng oksidlanish darajalarini ham namoyon qiladi.
1–jadval. Galogenlar guruhchasi elementlarining xossalari.
№
|
Xossalari
|
F
|
Cl
|
Br
|
J
|
At
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
|
Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm
|
9
2s22p5
17,42
4,1
–1
0,064
|
17
3s23p5
12,97
2,83
–1,+1, +3,+5, +7
0,099
|
35
4s24p5
11,84
2,74
–1,+1, +3,+5, +7
0,114
|
53
5s25p5
10,45
2,21
–1,+1, +3,+5, +7
0,133
|
85
6s26p5
9,2
1,90
–1,+1, +3,+5, +7
–
|
9F +9)2)7 1s2,2s22p5 17Cl +17)2)8)7 1s2,2s22p6,3s23p5
Galogenlar vodorod bilan HR kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi, bu birikmalarning suvdagi eritmalari kislotalar hisoblanadi. Masalan: HF–vodorod ftorid yoki ftorid kislota, HCl–vodorod xlorid yoki xlorid kislota.
Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F–Cl–Br–J qatorda kamayib boradi. Shu sababli oldingi element o`zidan keyingisini HG tipidagi kislotalardan va ularning tuzlaridan siqib chiqaradi. F2›Cl2›Br2›J2. Ularning tartib raqamlari ortishi bilan fizikaviy xossalari ma`lum qonuniyat asosida o`zgarib boradi: F–qiyin suyuqlanadigan gaz, Cl–oson suyuqlanadigan gaz, Br–suyuqlik, J–qattiq modda.
Ftor F zaharli och yashil gaz. Ftor suyuqlantirilgan birikmalarini elektroliz qilib olinadi. U kuchli oksidlovchi, hatto ayrim nodir gazlarni ham oksidlaydi:
2F2 + Xe = XeF4
Ftor polimer materiallar–ftoroplastlar sintez qilishda, raketa yoqilg`isi sifatida, uning ayrim birikmalaridan tibbiyotda ham foydalaniladi.
HF ning o`ziga xos muhim xususiyati–kremniy (IV) oksid bilan o`zaro ta`sirlasha olishidir: 4HF + SiO2 = SiF4 + 2H2O
HF shishani yemiradi, shu sababli parafin, kauchuk, polietilen yoki qo`rg`oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi. HF metall quymalardan qumni yo`qotishda va shishaga ishlov berishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |