Xrom (III) oksid Cr2O3–yashil rangli qiyin suyuqlanadigan kukun. Amfoter xossalarga ega. Ishqorlar bilan birga suyuqlantirilganda xromitlar hosil bo`ladi. Bu oksidga Cr(OH)3 muvofiq keladi.
Xrom (III) gidroksid Cr(OH)3 Cr3+ tuzlariga ishqorlarning eritmalari ta`sir ettirilganda kulrang–yashil iviqsimon cho`kma holida olinadi. Amfoter xossalariga ega, kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Ishqorlar bilan qo`shib suyultirilganda metaxromitlar va ortoxromitlar olinadi.
(NH4)2Cr2O7 = Cr2O3 + N2↑ + 4H2O; Cr2O3 + 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O
Cr3+ + 3OH– = Cr(OH)3↓ ; Cr(OH)3 + 3H+ = Cr3+ + H2O
Cr(OH)3 + NaOH + 2H2O = Na[Cr(OH)4(H2O)2] yoki
Cr(OH)3 + OH– + 2H2O = [Cr(OH)4(H2O)2]–
Cr(OH)3 + NaOH = NaCrO2 + 2H2O; Cr(OH)3 + 3NaOH = Na3CrO3 + 3H2O
Cr(OH)3 = Cr2O3 + 3H2O
Xrom (VI) oksid CrO3–to`q qizil kristall modda. Kuchli oksidlovchi, bunda Cr2O3 ga aylanadi. Kislotali xossalarga ega. Bu oksidga H2CrO4–xromat kislota va H2Cr2O7–dixromat kislotalar muvofiq keladi.
3S + 4CrO3 = 3SO2 + 2Cr2O3 ; 4CrO3 = 2Cr2O3 + 3O2
K2Cr2O7 + H2SO4 = 2CrO3↓ + K2SO4 + H2O
CrO3 + H2O = H2CrO4 2CrO3 + H2O = H2Cr2O7
H2Cr2O7 + H2O = 2H2CrO4
Agar har xil oksidlanish darajasida bo`lgan xromning gidroksidlari Cr(OH)2, Cr(OH)3 va H2CrO4 o`zaro taqqoslansa, quyidagicha xulosa kelib chiqadi: oksidlanish darajalari ortib borishi bilan gidroksidlarning xossalari o`zgarib boradi, ya`ni asos xossalari kamayadi va kislotali xossalari kuchayadi.
Cr(OH)2 asos xossalarini namoyon qiladi, Cr(OH)3 amfoter xossalarni namoyon qiladi, H2CrO4 esa kislota xossalarini namoyon qiladi.
2CrO42– + 2H+ ↔ Cr2O72– + H2O Cr2O72– + 2OH– ↔ 2CrO42– + H2O
3SO2 + K2Cr2O7 + H2SO4 = K2SO4 + Cr2(SO4)3 + H2O
2Na[Cr(OH)4(H2O)2] + 3Br2 + 4NaOH = 2H2CrO4 + 6NaBr + 8H2O
Cr2(SO4)3 + 2KMnO4 + 7H2O = K2Cr2O7 + 2Mn(OH)4 + 3H2SO4
Marganes tabiatda ancha ko`p tarqalgan elemetlar qatoriga kiradi va yer po`stlog`I og`irligining 0,1%ni tashkil etadi.Marganesning bitta sun`iy izotopi olingan,Marganes tabiatda asosan oksidlar,godroksidlar va karbonatlar holida uchraydi. Marganes rudalardan yoki pirilyuzitni kuydirish natijasida hosil bo`ladigan Mn₃O₄ni aluminiy bilan qaytarish orqali oladi:
3MnO₂+4Al→3Mn+2Al₂O₃
3Mn₃O₄+8Al→9Mn+Al₂O₃
Xossalari.Marganes kumush kabi oq tusli,qattiq og`ir metall.U sirtqi qavatida ikki elektronni va sirtdan ikkinchi qavatdan beshtacha elektronni berib 2,3,4,5,6,7ga teng oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Marganes oksidlarga muvifiq keladigan bir qator gidroksidlar olingan.Masalan,Mn(OH)₃asos xossasiga,Mn(OH)₄hamda ularning gidratlari H₂MnO₄lar kislotali xossagi ega.Temperaturada o`zgarishi manganinning elektrotexnikada qarshilik g`altaklar tayyorlash uchun ishlatilishi ana shunga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |