Simob (ll)nitrat Hg(NO3)2 simob b-n issiq nitrat kislata orasidagi reaksiya hosil bo’ladi,bu tuz labaratoriyada ko’p ishlatiladigan birikma hisoblanadi.Simob(ll) xlorid – sulema suvda yaxshi eriydigan, lekin dissotsiyalanish darajasi juda kichik modda ,u juda kuchli zaxarlovchi moddadir. Undan urug’larga ekish ishlov bershda,terini oshlashda foydallanadi.
Simib birikmalari juda zaxarli .u ichak, buyrak va yurak foliyatiga tasir etganda og’r xastaliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Takrorlash uchun savollar.
1. Ishqoriy metallar guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?
2. Ishqoriy metallar qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
3. Ishqoriy metallar nima uchun faqat bir valentlik namoyon qiladi?
4.O’yuvchi kaliy nima?
5. Asosli oksidlar qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
6.Natriy va kaliy organizmda qanday rol o’ynaydi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Ishqoriy-yer metallar, soda, ion, radioaktiv,kristallgidrat. Amalgama lyuminessant lampalar , manometer, termometr, kinovar, tetraxlorosinkat, kalsit minerali ohaktosh, marmar, bo`r, gips, angidrit , apatit va fosforit,qattiqlik, qattiq suv, yumshoq suv,karbonatli qattiklik, karbonatsiz qattiqlik.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.
2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
Mavzu: Ayrim qo’shimcha guruh metallari-Xrom, Marganes.
Reja.
- Yonaki guruhchalar metallarining umumiy xossalari.
- Xrom, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.
- Marganes, olinishi, xossalari, oksidlari, gidroksidlari va tuzlari.
Yonaki guruhchalar elementlariga D. I. Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha d– va f– elementlar kiradi. Davriy jadvalda bunday guruhchalar 12 ta bo`lib, bu elementlardan f– elementlar (lantanoidlar va aktinoidlar) davriy jadvalda alohida oilalarga ajratilgan. Qolganlari esa quyidagilar hisoblanadi: mis, rux, skandiy, titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt va nikel guruhchalari.
Bu elementlarning tashqi elektron pog`onasida 1 tadan yoki 2 tadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy birikmalarida +1, +2, +3, +4, +5, +6, +7 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Lekin ularning +1, +2, +3, +5, +7 oksidlanish darajalarini namoyon qilgan birikmalari barqaror birikmalardir.
Bu elementlar kislorod bilan R2O, RO, R2O3, RO2, R2O5, RO3, R2O7 tipidagi oksidlarni hosil qiladi. Bu oksidlarga ROH, R(OH)2, R(OH)3 kabi asoslar hamda HRO4, H2RO4 va H2R2O7 kabi kislotalar muvofiq keladi.
Bu elementlar qizdirlganda va yuqori haroratlarda kislorod, galogenlar, azot, fosfor, ko`mir, kremniy, suv, asoslar, kislotalar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi.
4Cr + 3O2 = 2Cr2O3 Fe + Cl2 = FeCl2 2Mo + N2 = 2MoN
2Cr + 3H2O = Cr2O3 + 3H2↑ Ni + Cu(OH)2 = Ni(OH)2 + Cu
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑ Zn + 2AgNO3 = Zn(NO3)2 + 2Ag↓
Bu elementlar boshqa metallar bilan va bir–birlari bilan reaksiyaga kirishib qotishmalarni hosil qiladi. Ularning qotishmalari va metallarning o`zlari hozirgi texnika uchun ancha qimmatli materiallardir. Masalan: Bi–Cd, Ag–Pb, Ag–Cu, Cu–Ni, Ag–Au, Cu bilan Zn (CuZn, CuZn3, Cu3Zn2).
Do'stlaringiz bilan baham: |