Takrorlash uchun savollar.
1. Azot qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
2. Fosfor qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
3. Fosfor oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
4. Mineral o`g`itlar qanday turlarga bo`linadi?
5. Mikroo`itlar va makroo`g`itlar deb qanday o`itlarga aytiladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Sigma bog`l`nish, pi bog`lanish, ammiakli suv yoki navshadil spirti, sirkulyatsiya jatayoni, nitratlar, fosfatlar, oddiy o`g`itlar, murakkab o`g`itlar, aralash o`g`itlar, o`g`it sanoati, azotli–, fosforli–, kaliyli– o`g`itlar.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004
2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
Mavzu: Mishyak- As,Surma- Sb,Vismut-Bi.Ularning
birikmalari, xossalari, ishlatilishi.
Reja:
-V-A-guruh elementlarining o’xshashligi va farqlari.
- Mishyakning umumiy tavsifi, davriy sistemadagi o’rni , fizik- kimyoviy hossalari.
- Surmaning umumiy tavsifi, davriy sistemadagi o’rni va fizik- kimyoviy hossalari.
- Vismutning umumiy tavsifi, davriy sistemadagi o’rni va fizik- kimyoviy hossalari.
Asosiy gruppacha elementlarining xossalari azotdan vismutga o’tilganda keskin o’zgaradi.Azot odatdagi sharoitda reaksiyaga aktiv kirishmaydigan barqaror gaz.Fasfor azot kabi barqaror emas,ba’zi reaksiyalarga tez kirishadigan qattiq holatdagi metallmasdir. Fosforning metal holdagi ko’rinishi ham ma’lum.
Mishyakdan vismutga o’tilganda metallik xossalar shu qadar kuchayib ketadiki,xatto sur’ma bilan vismut metallar jumlasiga kiradi.Buning sababi shundaki,yonaki gruppa ichida bir elementdan ikkinchi elementga o’tilganida bo’sh d orbitallar elektronlar bilan to'lib boradi,bosh gruppacha elementlarida esa elektronlar bir elementdan ikkinchi elementga o’tilganida bo’sh p-orbitallarni to’ldirib boradi. Bo’sh s- va p-orbitallarning
soni bo’sh d orbitallar soniga qaraganda ancha kam bo’lgani uchun ular tezda elektronlar bilan to’lib qoladi;bo’sh d orbitallar esa tezda to’lmaydi(ularning soni ko’p). Shu tufayli yon gruppacha elementlarida metallik xossalar gruppacha ichida yuqorida pastga tushish tartibida tezda kuchayib boradi.
Elementlarning metallik xossalari ortishi bilan ularning nisbiy elektromanfiyliklari kamayib boradi.
Darhiqat V gruppaning asisiy gruppachasida azotda vismutga tomon elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari kamayadi.
Azot, fosfor, mishyak va vismut atomlarining sitqi pag’onasida beshtadan (s2p3) elektron bo’ladi.Bu gruppachada P,As,Sb,Bi atomlari reaksiya vaqtida o’zlarining bir elektronini d-pag’onachalarga o’tkazib, kovalentliklarini 5 ga yetkazadi. Azot esa 2s2p3 elektronlarini 3d -pag’onachaga o’tkaza olmaydi, chunki buning uchun juda katta energiya talab qilinadi.HNO3 da azot to’rta kovalent va bitta ion bog’lanish namoyyon qiladi; u o’zining bir elektronini kislorot atomiga beradi;natijada kislorod manfiy,azot esa musbat zaryadlanadi:
H-O-N agar л- bog’lanishni punktr chiziqlar bilan ifodalasak, nitrat kislota formulasi quyidagicha ifodalanadi:
Demak, azot o’z birikmalarida to’rtdan ortiq kovalentlik namoyyon qilmaydi(bunda ionli bog’lanish etiborga olinmaydi). Azotdan vismutga tamon elektronlarning atom radiuslari ortib boradi;azot atominingyakka bog’lanishdagi kovalent radiusi 0,07nm ga, fosforniki 0,11 nm ga, mishyakniki 0,116 nm ga,sur’maniki 0,134 nm ga va vismutniki 0,146 nm ga teng.Azot atomlari o’zaro juda mahkam uch qirralibog’ (N=N) hosil qiladi. N2 ning atomlari dissatsiyalanish entalpiyasi P4 nikidan taxminan 2 marta katta,
shunday bo’lganda ham azotning HEM ligi 3,0 ga, fosforniki esa 2,1 ga tengligi tufayli azot atomining aktivligi fosfornikidan kattaroq bo’ladi. Modda va element aktivliklaridagi farq shu gruppada ko’zga yaqqol tashlanadi. Azotning kaynosimmetrik element ekaligini ham e’tiborga olish o’rinli. Azotning bir atomi atrofida faqat uchta kislorod atomi(radiusi kichik bo’lishi sababli) joylasha oladi ; mishyak, sur’ma va vismut atomlari o’zaro faqat yakka bog’ hosil qiladi,ularning atomlari atrofida uchdan ortiq kislorod atomlari joylasha oladi.
Bu elementlarning o’z birikmalaridagi oksidlanish darajalari +5 dan -3 ga qadar bo’ladi. Azotdan fosforga o’tilganda elementlarning +5 ga teng oksidlanish darajasi mustahkamlanadi, lekin fosfordan vismutga o’tgan sayin +5 ga teng oksidlanish darajasining mustahkamligi kamayadi. N2O5-P2O5-As2O5-Sb2O5-Bi2O5- qatorida N2O5 dan Bi2O5 ga to’yilganda kislotali xossalari susayib, asoslik xossalari kuchayadi.
Bu gruppacha elementlarining+5 ga teng oksidlanish holatidagi gidroksidlari (HNO3,
H3PO4, H3AsO4,H[Sb(OH)6]) da element atomining koordinatsion son qiymati azotdan sur’maga o’tganda 3 dan 6ga qadar ortadi, chunki sur’ma atomining kovalent radiusa nisbatan katta bo’lganligi uchun atrofida 6 takislorod atomi joylasha oladi.Arsenat kislota H3AsO4 va stibat kislotaH[Sb(OH)6] lar kislotali muhitda ma’lum darajada oksidlovchi moddalardir. Besh valentlik vismut birikmalari kislotali muhitdagina emas,
ishqoriy muhitda ham kuchli oksidlovchidir.
Vgruppada asosiy gruppacha elementlarining oksidlanish darajasining +3 holati ozotdan vismutga o’tgan sari mustahkamlana boradi .Elementlarning oksidlanish darajasi +3 holatiga muofiq keladigan gidroksidlarining asosiy hususiyati azotdan vismutga o’tgan sari kuchayadi; HNO2 va H3PO3 kislota hususiyatiga ega bo’lib, H3AsO3 amfoter xossaga ega (lekin bunda ham kislotalik xossalari ustun turadi);Sb(OH)3 ham amfoter modda, amma unda asoslik xossalari ustun turadi;Bi(OH)3 esa faqat asos xossalariga ega.Bu gidroksidlar qaytarilish va oksidlash xossalarini namoyyon qila oladi.Oksidlanish darajasi +3 holatdagi As Sbva Bi birikmalarining qaytarilish xossalari As dan Bi ga o’tgan sari kamayib boradi.
V gruppaning asosiy gruppachasidagi elementlar o’zlarining vodoroli birikmalari (ularning umumiym formulasi EH3) da- 3oksidlanish darajaga ega; ularning gidritlari kislota oksidlarini namoyyon qilmaydi. Bu gidritlar qaytaruvchilardir. Bu hususiyat NH3 dan BiH3 ga o’tgan sari kuchayib boradi.
Yuqorida keltirilgan azot va fosfor moddalari va elementlarida kuzatiladigan farqlarga qaramay, bu ikka element birikmalari inson, hoyvon va o’simliklarning muhim tarkibiy qismlarini tashkil etadi.
V gruppaning yonaki gruppachasi elementlari vanadiy V, niobiy Nbva tantal Ta d-elementlari hisoblanadi.
Ularning o’z birikmalaridagi maksimal oksidlanish darajasi +5 ga teng. V-Nb-Ta qatorida bu holatning mustahkamligi ortib boradi. V2O5 suvda eriydi , Nb2O5 va Ta2O5 qariyb erimaydi .Bu elementlarning oksidlanish darajasi +5 holatiga muofiq keladigan gidroksidlari HVO3,HNbO3 vaHTaO3 kuchsiz kislotalardir. Beshdan past oksidlanish darajasiga muofiq keladigan gidroksidlari esa asoslardir.
Mishyakning umumiy tavsifi, davriy sistemadagi o’rni va fizik- kimyoviy hossalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |