Mavzu: Al jome as sahih 4-jildi Mavzu: Al jome as sahih 4-jildi - 54-bob. Eshak suti haqida
- Abu Sa’laba al-Xushaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oziq tishli hayvon go‘shtini yeyishni man’ qildilar».
- Az-Zuhriy: «Shomga borgunimga qadar bu hadisni sira eshitmagandim» — dedilar. Ibn Shihob: «Men Abu Idrisdan: «Eshak sutini ichgach yoki hayvon o‘tini yegach, yokim tuya siydigini ichgach, tahorat qilishimiz lozimmi?»— deb so‘radim. Abu Idris: «Musulmonlar bu narsalardan davo sifatida foydalanar va buning hech zarari yo‘q deb hisoblar erdilar. Eshak sutiga kelsak, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eshak go‘shtini yeyishdan qaytarganlari haqida bizga aytilgan, ammo uning sutini ichish yoki ichmaslik xususida amr qilganliklarini bilmaymiz. Ammo, hayvon o‘ti masalasiga kelsak, Abu Sa’labaning gapiga qaraganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday oziq tishli hayvon go‘shtini yeyishni man’ qilganlar»,— dedi.
52-bob. Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaharlanganliklari haqida - 52-bob. Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaharlanganliklari haqida
- Abu Hurayra raziyallohu ansdu bunday deb aytib 6erdilar: «Xay6ar fath qilingan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (kimdir zaharlangan qo‘y go‘shti taqdim etdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shu yerda yashaydigan barcha yahudiylarni yig‘ib kelinglar! — dedilar. Ular yig‘ilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi?» — dedilar. Ular: «Ha yo Abulqosim!» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning otangiz kim?» — dedilar Ular: «Otamiz falonchi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yolg‘on aytyapsizlar, sizlarning otangiz falonchi»,— dedilar. Ular: «Rosul juda to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘gri javob qilasizlarmi? — dedilar. Ular: «Ha, yo Abulqosim! Bundan avval yolg‘on gapirganimizni bilganingizdek, bu gal ham yolg‘on gapirsak bilib qolasiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Do‘zax ahli kim?» — dedilar. Ular: «Biz do‘zaxda ozgina vaqt bo‘lamiz, keyin sizlar bizning o‘rnimizga borasizlar»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar u yerda qolasizlar, Olloh haqi, biz o‘rningizga bormaymiz!» — dedilar. So‘ng, ulardan: «Sizlarga bir narsa haqida savol bersam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi? — deb so‘radilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu qo‘y go‘shtiga zahar soldinglarmi?» - dedilar. Ular: «Ha»,—deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarni bunga nima majbur qildi?» — dedilar. Ular: «Biz bu bilan, agar yolg‘onchi bo‘lsangiz, sizdan qutulamiz, mabodo (haqiqatan ham) payg‘ambar bo‘lsangiz, unda sizga zarar qilmaydi, deb o‘yladik»,— deyishdi»
Do'stlaringiz bilan baham: |