23. Odam rasmini chiz. Keksa kishini, Bolani (o‘g‘il yoki qiz bola). - 23. Odam rasmini chiz. Keksa kishini, Bolani (o‘g‘il yoki qiz bola).
- 24. Odam rasmini chiz. U chopyapti U o‘tiribdi.
- 25. Majnuntol, terak va archa rasmini chiz.
- 26. Ranglarni bo‘yab chiq, qanday rang paydo bo‘ldi? Sariq + ko‘k =?; Qizil + ko‘k =?; Sariq + qizil =?; Qizil + oq =?;
- 27. Chiz. Natyurmort Portret Peyzaj.
- 28. Sana, nechta kvadrat (4). Sana nechta to‘rtburchak (3)
- 29.Sana qancha uchburchak (5). Aylana qancha (5)
- 30. Tasvirlash faoliyatida o‘zini namoyon etish va unga munosabati. Bolalar rasmiga qaraymiz… Ayrimlar o‘ylaydiki, bular hech narsani anglatmaydi, shunchaki chizilgan birinchi mashg`ulot faoliyati. Biroq bu faoliyat boshqalardan ko‘ra ko‘proq bolani namoyon qiladi, uning atrof-olamga munosabatining ko‘plab jihatlarinin ochib beradi. Misollarda qarab ko‘ramiz: Olti yoshli bolaga «Mening oilam» mavzusida rasm chizishni taklif qiling: -jon-jon deb ishga kirishdi-u o‘zi yashaydigan o‘yini sevadi; -oilasini chizishdan bosh tortdi-bu noxush xotiralar bilan bog‘liq; 65 -kimni birinchi bo‘lib chizsa-bola uchun aziz inson; -o‘zini yirik qilib chizsa uyda unga ko‘proq ahamiyat berishadi, kattalar diqqat markazida; -aksi bo‘lsa-oiladagi ahamiyatsizliginin ko‘rsatadi; -katta ona va kichik ota-oilada ruhiy muvofiqlik buzilgan. ona ahamiyatli; -barcha figuralar juda kichik bo‘lsa- bola ziqlik, ezilganlik, tashvishlilik holatlari mavjud; -jinsiy alohidalik hisobga olinmay chizilsa-jinsiy tarbiyaning to‘xtab qolganligi; - oyog‘i katta bo‘lsa- oilada joyi borligi belgisi, oyog‘i kichik bo‘lsa-oilada tutumning noqat’iyligidan darak; -boshiga chiziqchalar tortilgan, go‘yoki bizga orqasini o‘girib turgandek bo‘lsa-o‘ziga ketdi; -yopiq yuz-bola oilada bo‘lishni xohlamaydi; -og‘zi labi katta va yorqin bo‘lsa-serjahllilik belgisi; -qiz bola o‘zini kipriklarigacha chizsa-uni birovga yoqish yoqadi, katta ehtiroz kuchi bor; -to‘xtab-to‘xtab chizilganda yoki chizgan tasvirini obrazini ustidan chizib tashlasa-bu kishi oldida qo‘rquv hissini tutayotganligi; -barcha oila a’zolari alohida bo‘laqlarda chizilsa-oilada do‘stlik yo‘q, ko‘pchilik begonalashib ketgan; -televizor va gilamlar ham chizilgan bo‘lsa-ularga bola xayrixoh. -yoritgich uskunalarini, kuyoshni chizsa-oilada issiqlik yo‘qligini boshidan kechiryapti; - oila o‘rniga oddiy uyni chizsa-uni zo‘rlash manbai sifatida qarab, borgisi kelmayotganligidan darak; -rasmda qo‘g‘irchoq yoki kuchukchaning rasmi bo‘lsa-oilada iliqlik etishmaydi. bola hayvonlar va o‘yinchoqlar bilan muomala qilishga intiladi; -ko‘pgina mayda narsalar-yaqinlar bilan munosabat etarli emas; -ko‘p qora chiziqlar-tashvishlanishni boshdan kechirmoqda; -rangli qalamlarni ishlatishdan bosh tortsa-tashvishli va o‘zini past baholaydi; -bola o‘zini o‘rtaga chizsa – demak o‘zini eng ahamiyatli, agar qog‘oz pastiga chizsa – eng qaram deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |