2.2 BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA KREDITNING AHAMIYATI, KREDITNING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI Kreditning roli uning mohiyati va funkiyalari orqali aniqlanadi. Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag’batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funktsiyalarining natijasi sifatida aniqlashtirish mumkin.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi. Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi. Pul mablag’lariga ehtiyoj ishlab chiqarishnining nafaqat mavsumiy, shuningdek, boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.15 Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni muammolari echilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga jalb etishdagi roli ortib bormoqda. Ilmiy-texnika taraqqiyotga ijobiy ta’sir etish jahon talablariga mos mahsulot ishlab chiqarish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnologiyalarni kiritish jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko’rinmoqda. Hozirgi kunda ko’pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar tufayli ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday sharoitda korxonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi. Bundan ko’rinib turibdiki, kreditni paydo bo’lish shart-sharoitlariga nafaqat unga bo’lgan 180 ehtiyoj, shuningdek, bo’sh pul mablag’larini mavjudligi, ularni vaqtinchalik foydalanishga berish imkoniyatiga bog’liq. Kredit texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asbob-uskunlarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashinalar bilan ta’minlash asosida, minimal kapital xarajatlar hisobiga xalq xo’jaligiga kerak mahsulotni hajmini oshirishda korxonalarni samarali yo’llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki beruvchi vositadir. Samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi va kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirishga yordam beradi. Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligini qiymat shakllari o’sish su’ratlarini bir-biriga munosabatini ifodalaydi va o’z navbatida, ishlab chiqarish fondlari samaradorligi darajasini xarakterlaydi. Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligini va mehnatni fond bilan qurollanish darajalari oshsin. Kreditning muhim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini to’lashligini ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab chiqarishni kengaytirish talab qiladigan darajada pul ko’rinishida jamg’arish kerak. Kreditni rolini to’g’ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan, umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak. Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va proportsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasini oshishini ta’minlaydi.
Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iqtisod qilish yo’li bilan ta’sir etadi. Ammo, kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o’zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.
Kreditning roli uni xalq xo’jaligiga ta’sir etish mexanizmi va yo’nalishida ifodalangan nazariy tushunchadir. Kreditning iqtisodiyotni va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri uni xo’jalik hisobini mustahkamlanishdagi rolini oshiradi. Xo’jalik hisobida qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit shartnomasi tuza oladi. Kreditning xo’jalik hisobiga ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi:
qarz maqsadli yo’nalishiga ega bo’ladi;
qarzni qaytarib berish va muayyan to’lov to’lash majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.16
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlik qobiliyatiga ega bo’lmagan zahiralar va xarajatlarga kreditlar bermasliklari, kreditni muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’plashni hisobga olishlari zarur. Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida kreditning roli ortib bormoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasiga kirib bormoqda va bunda kredit ham muhim rol o’ynamoqda. Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorliklarni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini taminlashda muhim rol o’ynaydi. Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning roli yanada muhimroq bo’lib ko’rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga taalluqli qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar orqali ko’rish mumkin.
Respublikamizning «Korxonalar to’g’risidagi qonun»ida, «Fermer xo’jaliklariga kredit berish va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari», «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» gi, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonuni va boshqa shunga oid qonunlar davlatimiz olib borayotgan pulkredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda.
XULOSA
Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlar asosida shuni xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda hali hamon qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarining daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarlidir. Muammoli kreditlar:
kreditlar ustidan yetarli darajada monitoring o’rnatilmaganligi;
hujjatlarning to’liq talab qilinmaganligi;
kredit mablag’larining biznes-rejada ko’rsatilgan maqsadlarga ishlatilmasligi hamda mablag’ning hufyona o’zlashtirilishi;
kredit ta’minoti sifatida taklif etiladigan garov predmetining talabga javob bermasligi;
bank xodimlari bilan o’zaro til biriktirib, kredit mablag’ini talon-taroj qilish oqibatida yuzaga keladi.
Ushbu muammoli kreditlarni bartaraf etish masalalari bo’yicha respublikamizda tegishli qonuniy hujjatlar qabul qilingan. Biroq, bu masalalar yuzasidan muammolari xali ham mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari faoliyatida yuzaga kelayotgan yuqoridagi muammolarni bartaraf etishning asosiy yo’nalishlaridan biri – bu kreditlarning turlari va shakllarini rivojlantirish strategiyasidir. Chunki, tijorat banki tomonidan kredit turlari va shakllarining rivojlantirilishi, mazkur kreditlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklarni ma’lum darajada minimallashtiradi. Joriy mavjud vaziyatni inobatga olgan holda kreditlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ajratiladigan shaklini, ipoteka va iste’mol krediti shakllarini hamda kreditlar salmog’ida uzoq muddatli kreditlar turlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishda:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda markazlashgan resurslar va byudjetdan tashqari jamg’armalar hissasini oshirish, byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari orqali berilayotgan kreditlarda bank marjasi faqat 2-3% ni tashkil qilganligi uchun ushbu mablag’larni soliqdan ozod etish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini kreditlashda uzoq muddatli kreditlardan keng miqyosda foydalanish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini xorijiy kredit liniyalari metodikasi orqali mikrokreditlashni jadallashtirish;
kredit berilgandan keyin qarz oluvchi mijozni mol yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotni o’z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida, mijozlarning ssuda hisob raqamidagi pulni akkreditiv pul o’tkazib berish shakli bilan o’tkazish va boshqalar.
Ipoteka kreditini rivojlantirishning asosiy afzalliklari: 1. Respublikamizdagi aholining ish bilan ta’minlanishiga erishiladi; 2. Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik mustahkamlanadi; 3. Aholining uy-joyga bo’lgan talabini qondiriladi. Ipoteka krediti iqtisodiyotning barcha sohalarini, jumladan, xizmat ko’rsatish va savdo sohasini ham rivojlantirishga turtki beradi. Ma’lumki, ipoteka kreditini berish yuzasidan tijorat banklari oldida turgan eng og’ir muammo ipoteka kreditlari berish bo’yicha talab darajasi arzon bo’lgan resurslarni topishdir. Mazkur muammoni qisman bo’lsada bartaraf etish maqsadida qo’yidagi taklif va mulohazalarni bildirmoqchimiz. Ya’ni:
maxsus uzoq muddatli kamida o’n yillik depozit sertifikatlarini muomalaga chiqarish hamda ipoteka kreditlarini kredit obyekti summasining 20%dan kam bo’lmagan miqdordagi depozit sertifikatlariga ega bo’lgan shaxslarga berish. Depozit sertifikatlari va aholi omonatlarini yo’qotishlari oldini olish uchun har moliya yili oxirida tijorat banklari tomonidan real inflyasiya darajasida kompensasiya to’lovlarini amalga oshirish.
ipoteka kreditini rivojlantirish uchun resurslarni hajmini jumladan, xorijiy moliya instutlarining moliyaviy mablag’arini jalb etib, mazkur kredit uchun resurs hajmini joriy etish va rivojlantirish tavsiya etiladi.