Shoshtepa – Salar kanali sohilida joylashgan, to’g’ri burchak shaklda 300x150 m, 4,5 ga. 1978–1979 yilda yodgorlikning janubi-sharqiy qismida joylashgan arkda qazish ishlari olib borildi, natijada III qurilish davri aniqlandi. Arxeologik ashyolarga qarab Shoshtepaning xronologik davri aniqlandi.
Shoshtepa I - (mil.av. V – IV asrlar)
Shoshtepa II - (mil.av III – II asr boshlari)
Shoshtepa III - (mil.av II – I asrlar)
Kanka – Ohangaron daryosi sohilida balandlikka to’g’ri bo’lmagan to’g’riburchak shaklda qurilgan, umumiy maydoni 150 ga. Qadimda devor bilan o’rab olingan. Shimol tomon burchagida ark joylashgan. Devor avval paxsadan, keyin xom g’ishtdan tiklangan. Devorda aylana shaklda kungurlar mavjud, uning hajmi 9 m.
-
243-Farg’ona vodiysi antic davrda-Farg’ona vodiysida Yu.A.Zadneprovskiy, G.Abulg’ozieva, A.Anorbaev, B.Matbabaev, N.G.Gorbunova rahbarligidagi arxeologik guruhlar tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.
Antik davrga oid 20 ga yaqin yodgorlik qayd etilgan, Xitoy yozma manbalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq shaharlar bo’lgan.
Eylatan – rejalashtirilishi to’g’ri bo’lgan shaklda, ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, umumiy maydoni – 200 ga. Ark mil.av IV – III asrlarga oid.
Mingtepa – rejalashtirilishi to’g’ri burchak shaklda, umumiy maydoni – 40 ga. Mingtepa yoki Marhamat shahri ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida to’rt burchakli kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq 30 – 40 m. Shaharni Ershiga o’xshatishadi.
Ko’rgantepa – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda (250x230 m), 5,7 ga, qadimda devor bilan o’rab olingan.
Axsikent-1A, Axsikent 1V – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni 35 ga, mil.av. III – II asrlarga oid, qalinligi 5 m devor bilan o’rab olingan.
Ershi – shaharning joylashish o’rni mulohazali. N.Ya.Bichurin Ershini Qo’qon shahri o’rnida, A.N.Bernshtam esa Mingtepa yodgorligida degan fikrni bildiradilar. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Ershi – Eski Axsi degan fikrlar paydo bo’ldi. Mil.av. III–I asrlarda Ershi Axsi o’rnida bo’lgan shahar 40 ga bo’lib, ark ikki qismdan iborat bo’lgan Esgarlik devor bilan o’rab olingan, qalinligi – 5 m, balandligi – 3 m.
244-Xorazm antic davr yodgorliklari-Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topga-
Do'stlaringiz bilan baham: |