Marg‘iyona O‘rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o‘lkalaridan biri bo‘lgan Marg‘iyona Turkmaniston Respublikasining Murg‘ob vohasi hududida joylashgan. O‘lkaning Aleksandr makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma’lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Marg‘iyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilinib, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o‘z nomi bilan yuritganligi to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirgan bo‘lsa, boshqa bir yunon muallifi Strobon ma’lumotlarida Antiox hahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o‘rab olganligigi to‘g‘risida xabar berad. Kvint Kursiy Ruf ma’lumotlarida esa antik davrida oltita muhofazalangan manzilgohlar qurilganligi keltiriladi.Ma’lumki, mil av. 521 yil Frada boshchiligidagi qo‘zg‘alon Doro I buyrug‘i bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan bostirilgandan so‘ng Marg‘iyona o‘lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, o‘lka mil.av. II o‘rtalarida o‘lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar YUnon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo‘lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi.Marg‘iyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan. O‘lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsichsi (YUTAKE) tashkil etilgandan so‘ng boshlanadi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) “O‘rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo‘lgan Gyaurqal’a va Erkqal’a yodgorliklarida keng ko‘lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.E.Masson Z.I.Usmanova, M.I. Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiev va antikshunos arxeolog olim G.A. Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shishgan.O‘lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko‘ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi.Vohada antik dariga oid manzilgohlaridan Gyaurqal’a, Erkqal’a, Ko‘hna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqal’a kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Ulardan eng yirigi Gyaurqal’a va Erkqal’a hisoblanib, mil.av. I ming yillikning o‘rtalaridan boshlab shakllangan. Bu davrda o‘lkaning ma’muriy markazi Gyaurqal’a manzilgohida arki esa Erkqal’a o‘rnida rivojlangan. Manzilgoh to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, maydoni taxminan 90 ga tashkil etadi. SHaharda to‘rtta darvoza bo‘lib, bir-biri bilan kesishgan ikkita asosiy ko‘cha bo‘lgan. SHahar to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan qalin muhofaza devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlari antik davri standartidagi xom –ishtlardan barpo qilingan. Gyaurqal’ada shaharlikliklar mahallalaridan tashqari, tegirmonchilar mahallasi, kulolchilik xumdoni, temirchilik ustaxonalarining o‘rni aniqlangan. YOdgorlikda buddaviylik ibodatxonasining o‘rni ochib o‘rganilgan. Uning hovlisida stupa joylashgan. SHaharda hayot ilk o‘rta asrlar davriga qadar davom etadi
238- Sug’diyona antik davrida (umumiy tavsif)- So‘g‘dning antik davri tarixi ham murakkab siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq
uning antik davri arxeologiyasi Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari
arxeologiya yodgorliklari asosida o‘rganilib keyingi yillarda talay kashfiyotlar
amalga oshirildi. O‘lkada yirik shahar markazlari ham, qishloq turidagi
yodgorliklarida ham arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Samarqand
So‘g‘dning eng yirik shahar markazlaridan biri hozirgi Afrosiyob o‘rnida bo‘lib,
yunon manbalarida bo‘lib Marokanda nomi bilan tilga olinadi. Antik davri
madaniy qatlamlari Afrasiyob, II va III lar bilan belgilanadi. Bu davrda shaharning
o‘sha manbalarda keltirilgan barcha hududlari (220 ga) to‘liq shakllanadi. SHahar
ikki qator mudofaa devori (7 metr) bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi
mudofaa burjlari va shinaklariga ega. SHahar arki (sitadel) (may. 0,5 ga) ham
alohida mudofaa devori bilan o‘ralgan. Unga kirishdagi cho‘ziq shaklda burjlar
aniqlangan. Samarqanddagi Qo‘rg‘ontepa shahar harobasi sitadel, shahriston va
shahar atrofi qismlaridan iborat. Sitadeli antik davri paxsa devorlari aniqlangan.
Manzilgohda olov ibodatxonasi aniqlangan. Samarqand So‘g‘d antik davri san’ati
namunalari haykalchalarida o‘z aksini topgan. Ular qo‘lida meva, gul, o‘simlik
yoki idish ushlab turgan hosildorlik ayol mabudalarining haykalchalaridan iborat.
Bosh kiyimi va kiyim kechagi turli variantlarida berilgan. Musiqachi ayol va
erkak haykalchalari ham uchraydi. Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar
yaxshi o‘rganilmagan. qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi.
Qizilqir I Setaloq II, Romish yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi Buxoro
shahri antik davrda shakllanib, o‘sha davr o‘rni saqlanmagan. So‘g‘dning antik
davri tarixi ham murakkab siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq uning antik davri
arxeologiyasi Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari arxeologiya
yodgorliklari asosida o‘rganilib keyingi yillarda talay kashfiyotlar amalga oshirildi.
O‘lkada yirik shahar markazlari ham, qishloq turidagi yodgorliklarida ham
arxeologik qazish ishlari amalga oshirilgan. Samarqand So‘g‘dning eng yirik
shahar markazlaridan biri hozirgi Afrosiyob o‘rnida bo‘lib, yunon manbalarida
bo‘lib Marokanda nomi bilan tilga olinadi. Antik davri madaniy qatlamlari
Afrasiyob, II va III lar bilan belgilanadi. Bu davrda shaharning o‘sha manbalarda
keltirilgan barcha hududlari (219 ga) to‘liq shakllanadi. SHahar ikki qator mudofaa
devori (7 metr) bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mudofaa burjlari va
shinaklariga ega. SHahar arki (sitadel) (may. 0,5 ga) ham alohida mudofaa devori
bilan o‘ralgan. Unga kirishdagi cho‘ziq shaklda burjlar aniqlangan. Samarqanddagi
Qo‘rg‘ontepa shahar harobasi sitadel SHahriston va shahar atrofi qismlaridan
iborat. Sitadeli antik davri paxsa devorlari aniqlangan. Manzilgohda olov
ibodatxonasi aniqlangan. Samarqand So‘g‘d antik davri san’ati namunalari
haykalchalarida o‘z aksini topgan. Ular qo‘lida meva, gul, o‘simlik yoki idish
ushlab turgan hosildorlik ayol mabudalarining haykalchalaridan iborat. Bosh
kiyimi va kiyim kechagi turli variantlarida berilgan. Musiqachi ayol va erkak
haykalchalari ham uchraydi
239- Kesh vohasi antik davrida.-
240- Shimoliy So’g’d (Samarqand) antik davrida.
241- O’rta Osiyoning eneolit davri manzilgohlari- Sarazm madaniyati eneolit davrining noyob yodgorligi hisoblanadi. Hozirgi Sarazm qishlog‘i Zarafshon vohasining yuqori qismida 0 ‘zbekiston bilan Tojikistonning chegara hududida joylashgan. Shu qishloqda istiqomat qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yili o‘z tomorqasi va qo‘shnilarining hovlilaridan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta va pichoqlarni olib, Panjikent muzeyiga topshiradi. Bu topilmalar darhol olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi va 1977 yilda tojikistonlik arxeologlar tadqiqot ishlarini boshlab yuboradilar. U erda 1977 yildan beri Tojikistonlik arxeolog Abdulla Isaqov tadqiqot ishlarini olib boradi. Keyinchalik bu erda fransuz va amerikalik olimlar ham hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Sarazm qishlog‘i 90 gektar maydonni egallagan bo‘lib, lOtepalikdan iborat. Bu erda aholi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan. Bu madaniyat 4 bosqichda rivojlangan bo‘lib, uning I va II bosqichlari eneolit davriga to ‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda Sarazm qishlog‘iga asos solinadi. Bu davrda qishloq atrofi mudofaa devori bilan o‘ralib, guvaladan qurilgan bir xonali uylari boMgan. Uylar yaqinida xilxonalar boMgan. Qishloq hududidan sirtiga qora va qizil bo‘yoqlar turli geometrik naqshlar solingan sopol parchalari, misdan yasalgan qurollar, mis oyna, oltin va kumushdan yasalgan taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar-bronza, lazurit va serdolikdan yasalgan munchoqlar topilgan. Bu topilmalar Turkmanistonning Anov II moddiy buyumlariga ancha o ‘xshaydi. Olimlar bu davrning xronologiyasini radiokarbon usulida aniqlaganlar. U mil.avv. 3100-2930 yilliklarga mansub boMgan. Ikkinchi bosqich so‘nggi eneolitdan ilk bronza asriga o‘tish davri hisoblanadi. Bu davrda qadimgi qishloqlar hududi ancha kengayadi, bir xonali guvala uylar o‘rnida xom g‘ishtdan yasalgan ko‘p xonali uylar paydo boMadi. Ayrim uylarda oilaviy e’tiqod joyi— dumaloq shaklda ishlangan altar (olovxona) boMgan. Ko‘p xonali xovlilar oraligMda tor ko‘chalar va maydonlar shakllangan. Qishloqning ikkita joyida 64 ibodatxona boMgan. Ibodatxonalaming devorlari boshqa uylardan farqli ravishda qizil rangda bo‘yalgan va ulaming qoq o‘rtasida mehrob joylashgan. Bu sarazmliklaming olovga sigMnish e’tiqodi mavjud boMganligini ko‘rsatadi. Qishloqdan toshdan ishlangan tarozi toshlari, to‘qimachilik dastgohining qismlari, eshik osti toshlari, urchuq toshlari, misdan ishlangan pichoqlar, xanjarlar, qarmoqlar, igna va bigizlar topilgan. 0 ‘zbekiston hududida Amudaryoning quyi oqimida joylashgan eneolit davri yodgorliklarini S.P. Tolstov, quyi Zarafshon hududlarini Ya.GM G ‘ulomov, A. Asqarov, 0 ‘. Islomovlar tadqiq qilishgan. 0 ‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy hududlaridagi qabilalar metall bilan mil. avv. Ill ming yilliklar oxiri va II ming yilliklarning boshlarida birinchi bor tanishishgan. Bu hududlardagi eneolit davri makonlari qalin madaniy qatlamga ega boMmagan, ular qisqa muddatli makonlar tipidagi qishloqlar boMgan. Shunday makonlar Zarafshonning quyi oqimida ^Kaptar ko‘li va Katta Tuzkon-35 mavzelari atrofining 4 ta joyidan eneolit davri makonlari topilgan. Bu yodgorliklar 1960 yillarning boshlarida A.Asqarov va OMslomovlar tomonidan o‘rganilgan. Bu joylardan miloddan avvalgi III- II ming yillikning chegarasida iste’qomat qilgan eneolit davri urug‘ jamoalarining kulbalari qoldiqlari topilgan. Moddiy buyumlar - yorg‘uchoqlar, o‘roq, pichoq qadamalari, mis mehnat qurollarining siniqlari taqir va qum ustida sochilib yotgan. Eneolit makonlari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq va Zamonbobo I makonlaridan ham topilgan. 0 ‘zbekistonda eneolit davri manzilgohlari kam o‘rganiIgan. Lekin mavjud arxeologik manbalar asosida eneolit davrining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yoMlarini aniqlab olish mumkin. Bu davrda 0 ‘zbekistonning shimoliy hududlarida hali neolit davri jamoalari, ya’ni Kaltaminor madaniyati jamoasi yashab kelardi. Lekin ularning janubiy hududlar bilan aloqasi ulaming iqtisodiy hayotlariga o‘zgarishlar olib keldi. Jumladan, 3 ming yillikning oxirlarida metall bilan tanishdilar, ilk chorvachilik va dehqonchilik xo‘jaliklari paydo boMa boshladi. Bu ° ‘zgarishlar 0 ‘zbekiston hududida bronza davrida ijtimoiy - iqtisodiy hayotni jadal rivojlanishiga asos yaratdi
242- Toshkent vohasi antik davri yodgorliklari---Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |