200. Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asrning 70 yillarida Evropa va aqshda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi



Download 55,93 Kb.
bet8/8
Sana12.01.2022
Hajmi55,93 Kb.
#337557
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dinshunoslik aaa

Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din.[1] Asoschisi — Zardusht deli. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida qoʻllanib kelingan. Z.da "otash" va "quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan. "Hyp", "otash" Z.ning ramzi, timsolidir. Z.da Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun 3. — mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. 3. taʼlimoti uning muqaddas kitobi — Avestoda bayon etilgan. 3. taʼlimoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi kurashga bog'liq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi kurash olam dagi jarayonlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi bilan dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik dinida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtlikning axloqiy taʼlimoti "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topgan. Zardushtning talabiga koʻra, har bir inson tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm oʻrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi — Zardushtlikda eʼtiqod erkinligi mavjud boʻlgan.

273. Diniy ekstremizm - baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. D. e. koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va "johiliya" asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun "asos" boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat "haqiqiy" musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak "islomiy tartib"ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular fakat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining "nozik" tomoni uning "din"ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida "shahid" yoki "kamikadze" boʻlishga tayyor turadilar. "Musulmonbirodarlar" harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning "nazariya"siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdi

274. dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berishDinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni funksionizm rivojlantiradi. Funksionizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:Birinchidan, har bir din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil qilish hodisasini olaylik. Ikkinchidan, din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasi deb ataladi. Din doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma’naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta’minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va san’atiga bog‘langan. Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradTo‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik – kommunikativlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro aloqalariBeshinchidan, din qonunlashtiruvchilik – legitimlovchilik funksiyasini ham bajaradi. Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud.

276. «Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi.

277. Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xristianlikka mansub bo‘lsa-da, yurtimizdagi 11 ta yo‘nalishning har biri o‘zini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi fikrimizning isboti bo‘la oladi. Markaziy boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasining kamida 8 ta hududiy tuzilmasi (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli konfessiyalarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlari va diniy o‘quv yurtlari vakillari ta’sis konferensiyasi tomonidan tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. SHuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydiDiniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xristianlikka mansub bo‘lsa-da, yurtimizdagi 11 ta yo‘nalishning har biri o‘zini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi fikrimizning isboti bo‘la oladi

278. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.Dinshunoslik fanini o‘qitish va o‘rganishning vazifasi quyidagilardan iborat:- dinshunoslikni o‘qitish va o‘rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinadi;- talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his-tuyg‘ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Dinni qo‘pol ateistik ruhda) tanqid qilish yoxud diniy va’zxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo‘yish qonunga zid ekanligi e’tiborga olinadi;- dinshunoslikdan ma’ruza, amaliy seminar) mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat o‘quv qo‘llanmasi, risolalarda muayyan mavzuga oid keltirilgan g‘oya, fikr-mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki diniy matnlar, birlamchi manbalar, mazkur din muqaddas kitoblari asosida tahlil qilinmog‘i maqsadga muvofiqdir;- talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga erishish ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o‘z shaxsiy fikrlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi;- ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan xatti-harakatlarining davlat qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash imkoniyatini shakllantirishi lozim;- Mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligi talabalarga tushuntiriladi. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylishtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini uqdirish kursning asosiy va muhim vazifalaridan biridir

279Din niqobidagi ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib borishda kompleks va tizimli, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy chora-tadbirlarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunday chora-tadbirlarni qo‘llash katta vaqt, tegishli reja va yirik mablag‘lar talab qiladi.Diniy ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham katta ahamiyatga ega. Xususan, o‘z hududida diniy ekstremistlar va terrorchilar faoliyatiga yo‘l ochib bermaslik, ularga yordam ko‘rsatmaslik va siyosiy boshpana bermaslik hayotiy-amaliy ahamiyatga ega

280. Islom mafkura sifatida musulmonlarni birlashtiruvchi kuchli omil bo‘lib kelgan. Asrlar davomida turli ijtimoiy tabaqalar va millatlarni qamrab olishi natijasida, bugungi kunda islom o‘z rivojlanishida katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli qarama-qarshiliklar oqibatida jangari millatchilik va diniy ekstremizmga asoslangan siyosiy kuchlar va ittifoqlar paydo bo‘lmoq

311. Dunyoviy dinshunoslik bilishning dialektik usulidan foydalanib, dinning gnoseologik va ijtimoiy ildizlarini, uning mohiyatini, kelib chiqishi va rivojlanib borishini mufassal tahlil etib bergan. Dinning psixologik ildizi inson psixikasining xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, u olamning odam ongida in'ikos etishi uchun imkon yaratadi

310. dinning tutgan o‘rni, uning turli shakllari, ta’limoti, yo‘nalishi va oqimlari, vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik tamoyillari, diniy dunyoqarash, O‘zbekistonda din va diniy tashkilotlar faoliyati, diniy oqimlar, ma’naviy hayot, ma’naviyatning rivojlanish bosqichlari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, shaxs ma’naviyatida milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi masalalarini qamrab oladi.

310. munosabatlari. Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi: sobiq sovеt tuzumining dinga atеistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap kеtar ekan, eng avvalo, dunyoviy davlat tushunchasini anglab olish zarur.



Download 55,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish