Muhammad 610 yilda 40 ga kirganda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot yurgizgan.
250. Islom dinida Allohga ishongan kishi uning ismi va sifatlariga ham imon keltirish lozim. Qur’nda «Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!» (A’rof, 180), «Uning go‘zal ismlari bordir» (Hashr, 24) deyilgan. Bu ism va sifatlar orqali Alloh haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Barcha ulamolarning fikriga ko‘ra Alloh ismlarini o‘rganishdan maqsad Unga loyiq bo‘lmagan sifatlarni bermaslik. SHuningdek, «Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor» ekani haqidagi hadisni muhaddislar rivoyat qilganlar Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning imsi va sifatlarini boshqa biror maxluqotga o‘xshatish mumkin emas. Uning holati, kayfiyati, surati haqida bahs qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi, eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar kabi emas, balki u haqda bahs qilish bid’at hisoblanadi. Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish ham imonning bir bo‘lagi. CHunonchi islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish insonga oxiratda jannatga tushishiga olib keladi. Aksincha, uning qaytargan narsalaridan qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb bilinadi. Islom ta’limoti. Islom so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha Muhammad payg‘ambar avvalgi (o‘rta Er havzasi sivilizatsiyasida ma’lum bo‘lgan) payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi. Islomning asosiy shartlari hisoblanmish besh rukn quyidagilardir: 1) imon; 2) namoz; 3) zakot; 4) ro‘za; 5) haj;
251. Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |