Buxoro viloyati shaharlar geografiyasi.
Buxoro ma’mwiy jihatdan llta shahar, 69ta shaharchalami o‘z tarkibiga oladi. Mintaqa shaharlari juda boy tarixi, ko‘hna va navqironligi bilan alohida ajralib turadi. Biroq, hududga ta’sir etuvchi tabiiy omillal (“cho‘llik” .xususiyati) shahar manzilgohlarining shakllanishi va xo‘jalik yuritish nuqtayi nazardan biroz noqulaylik tug‘diradi. Ammo, tranzit, transchegaraviy va xalqaro magistral yo‘llaming kesib o‘tgan!igini, ba’zan uning markaziyligini ham ta’minlaydi.
Mintaqa milliy iqtisodiyotda asosan qorako‘lchilik, neftni qayta ishlash, to‘qimachilik sanoat tarmoqlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga bu yerda oziq-ovqat sanoati, paxta yetishtirish, xalqaro turizm ham rivojlanmoqda.
Iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega hudud yer osti zahiralariga ancha boy. Aniqlangan qazilma boyliklar ko‘proq yoqilg‘i va qurilish sanoatini rivojlantirishda ahamiyatlidir.
Viloyat orografiyasining o‘ziga xosligi, cho‘l va voha shaharlarining shakllanishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bois, Qizilqum cho‘llaridan iborat tekislik qismida shaharlar siyrak, shimoli-sharq va sharqidagi balandlik va tog‘liklardan iborat BuxoroQorako‘l vohasida aglomeratsiya va uning “yo‘ldosh” shaharlari shakllanmoqda. G'ijduvon-Olot yo‘nalishidagi hududnin'g “tarixiy geografik o‘qi”da rayon iqtisodiyotining negizi Olot, Qorako‘l, Jondor, Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, G‘ijduvon shaharlari mujassamlangan. Kogon, Vobkent, Jondor, Qorovulbozor, Galaosiyo va boshqa ko‘plab shaharchalar shakllanayotgan Buxoro aglomeratsiyasining yo‘ldoshlari sanaladi.
Viloyat shaharlar geografiyasining o‘ziga xos jihati mayda shaharlaming ko‘pligi, kichik-kichik holda Jarqoq joylashuvi va “resurs” markazlaming mavjudligi bilan belgilanadi. Ayni holat tabiiy va ijtimoiy omillar, shahar hosil qiluvchi tarmoqlaming kam rivojlanganligi bilan izohlanadi.
Shaharshunos olim A.Mavlonov mintaqa shaharlari shakllanishini uch bosqichga, ya’ni Chor Rossiyasi, sho‘rolar va mustaqillik davriga bo‘lib o‘rgangan. Viloyat shaharlarining ayrimlari juda qadimiy bo‘lsa (Buxoro, Kogon, Galaosiyo), ba’zilari mustaqillik yillarida shakllangan (Shofirkon). 1865-1917 yillarda. hudud shaharlari soni unchalik ko‘p bo‘lmagan. Sobiq sho‘rolar davrida Olot, G‘ijckivon, Vobkent, Qorako‘l, Qorovulbozor, Gazli, Romitan aholi punktlari shahar maqomini olgan.
Viloyat shaharlari vujudga kelish tarixi, katta-kichikligi va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatga ega. 1959- yilgi aholi ro‘yxatida atigi 5ta shahar manzilgohi (3ta shahar 2ta shahar posyolkasi) ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 1970-yilda 12ta (3 va 9ta) qayd etildi. 2009-yildagi urbanistik o'zgarishlar tufayli bu yerda 60ta qishloqlar shaharcha maqomini oldi, natijada, umumiy urbanizatsiya darajasi 29.2 foizdan 38,8 foizga ortdi. Ammo shunga qaramasdan hudud, past urbanizatsiyalashgan viloyatlardan biri bo‘lib qolmoqda.
“Resurs” shaharlar-Gazli, Zafarobod va Qorovulbozor tor ixtisoslashuv xususiyatiga ega. Mazkur shaharlar viloyatning uch burchagida tarqoq tarzda tabiiy boyliklar xususan yoqilg‘i-energetika zahiralari negizida paydo bo‘lgan. Gazli va Qorovulbozoming shakllanishida yoqilg‘i xomashyosi ahamiyatli bo‘lsa, Zafarobod taraqqiyotiga rangli metal konlarini o‘zlashtirish asos bo‘lgan. Binobarin, Qorovulbozor shahrining qulay geografik o‘mi va mavjud infratuzilma tizimi hamda tog‘-kon va arzon xomashyo manbalariga yaqinligi o‘sish qutbini tashkil etish uchun asos bo‘ldi.
Tuman markazlari yoki agroindustrial ixtisoslashuv viloyat shaharlari funksional tipologiyasida ustunlik qiladi. Qolgan shaharchalaming aksariyati “agroshaharcha” funksiyasinf bajaradi. Ma’lumotlar tahliliga ko‘ra yangi shaharchalaming eng ko‘pi Qorako‘l (Bandboshi, YangiqaPa, Solur, Sayyod va b.) va G‘ijduvon (Abadi, Yuqori Rostgo‘y, Quli Jabbor, Jovgari va b.) ya’ni vohalarda, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, aholisi zich hududlarda tashkil topgan (7-rasm). Romiton va Peshkuda 3tadan, Vpbkentda esa 2tadan shaharcha shakllangan. Bunday o‘zgarishlar viloyat shaharlar piramidasini yanada maydalashtiradi. Mintaqada ham eng ko‘p kichik shaharlar qatori 76 tani tashkil etgan holda tilarda 299,7 ming aholi yashaydi. Hozirgi kunda viloyatdagi yirik shahar Buxoroda 274.7 miijg aholi bor (bu borada* Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijondan keyingi 5-o‘rinda). Ikkinchi shahri Kogonda (Yangi Buxoroda) 59.5 ming, tom ma’nodagi “ikkinchi” shahri G‘ijduvonda 44.2 ming kishi istfeiomat qiladi. Qolgan shahar joylar orasida faqat Qorako‘lda 20 mingdan ziyod aholi bor, xolos. Demak, 69ta shahar joylaming ahojisi, har birida bundan kam.
1959-yildaf 130.4 ming .kishi yoki jami aholining 22.7 foizi shaharliklami tashkil etgan (respublikada 34 foiz). 1970 yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra, viloyatning shahar joylarida 292.0 ming kishi yashab, Buxoroning urbanizatsiya darajasi 31.2 foizga teng bo'Igan. Ill 1995 yilda bu ko‘rsatkich 428.9 ming, 2008-yilda 456.8, 2009 yilda 616.8 ming kishiga ko‘paygan. Mazkur holat Buxoroda shaharlashuv darajasi va aholi soni o‘sishini nisbatan sekin kechishi bilan izohlanadi.
Shahar hosil qiluvchi omillar vaqt va makonda doimo o‘zgarib turadi. Mintaqa shaharlaming tarixiy shakllanishi savdo-sotiq, tovar ayriboshlash va hunarmandchilik bilan uzviy bog‘langan bo‘lsa, keyinchalik ulaming o‘mini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va turlanishi, xususan sanoat, transport va turizm egallagan. Binobarin, mustaqillik yillarida Buxoro nefitni qayta ishlash zavodi, Gaz uzatish kompressor stansiyasi, “KNAUF gips-Buxoro” qo'shma korxonasi, G‘ijduvon temir-beton va Gazli neft qazib chiqarish kabi korxonalami barpo etilishi viloyatning bugungi iqtisodiy geografiyasini aks ettiradi.
Buxoroi Sharif Zarafshon daryosining quyi oqimida aholi qadimdan (o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi chorvaghilik oralig‘ida) zich joylashgan manzilda atrof joylar uchun markaz sifatida shakllandi (er.IVasr). Shahar hududidan o‘z davri uchun ahamiyatli bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li”ning o‘tishi ko‘hna madaniyat, ilm-fan, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga zamin yaratdi.
Buxoroning keyingi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti va sanoatlashuviga XIX asr oxirlarida Kaspiyporti temir yo'li, 1907- yilda shahardan Kogonga o‘tkazilgan temir yo‘l qulaylik yaratdi va uni shahar atrofi bilan bog‘ladi. Uning hissasiga viloyatdagi jami shaharliklaming 40.3 foizi to‘g‘ri keladi. Zamonaviy Buxoro ixtisoslashuvi va ishlab chiqarish salohiyatiga ko‘ra ko‘p funksiyali - yengil sanoat, zardo‘zlik, to‘qimachilik, zargarlik va xalqaro turizm shahri sanaladi. Viloyat markazining og‘ir “yuki” vazifasi - ma’muriy-boshqaruv funksiyasini ham alohida ta’kidlash zarur.
2016-yil yakunlari bo‘yicha, Buxoro shahri mintaqada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 14,3 foizini, iqtisodiy rayon doirasida esa 3,2 foizi, Kogon shahri 8,2 foizini etkazib bergan.
Buxoroga juda yaqin joylashgan Kogon shahrining viloyat iqtisodiyotidagi o‘mi, eng awalo, temir yo‘l darvozasi va sanoat markazi ekanligi bilan baholanadi. Ózbekistonni Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi muhim temir yo‘llar mazkur transport tuguni orqali o‘tadi. Mustaqillik yillarida ishga tushgan Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo‘li shahaming transport funksiyasini yaria bir karra oshirdi. Kogondagi yog‘-moy, paxta tozalash, ohak zavodlari va vagon ta’mirlash korxonalari hozirda mintaqa sanoat mahsulotining 5.3 foizini ta’minlaydi.
Buxoro vohasining shimolida qad rostlagan Gijduvon o'ziga xos markaz funksiyasini bajaradi.Uning ta’sir radiusi yondosh Vobkent, Shofirkon va hatto Qiziltepa shaharlariga ham sezilib turadi. Sababi, G‘ijduvon bozorining shahar hosil qiluvchi vazifasi uning chor atrofiga xizmat qiladi.
Buxoro shahrining shimoli-g‘arb torfionida joylashgan Gazli shahrining shakllanishi (1977-y.) tabiiy gaz zahjralarining topilishi bilan bog‘liq.
Yaqin kelajakda shahar hosil qiluvchi tarmoq sifatida mintaqaning yoqilg‘i sanoati xizmat qiladi. Xususan, Buxoroning janubi-g‘arbidagi (Qandim va Shimoliy Shodi) konlar negizida yiliga 2 milliard 200 million kub metr hajmida gaz qazib olish va Qandim gaztfi qayta ishlash majmuasini barpo etish ishlari boshlangan. 2018- yilda Qumli konida kompressor stansiyasini qurish, Uchqirda gazdan propan-butan olishda gazni tozalash asosida oltingugurt ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar yakuniga etkaziladi. 2019-2021-yillarda sanoatni innovatsion-industrial asosda, rivojlantirish maqsadida Buxoro neftni-bqayta ishlash korxonasi tubdan rekonstruksiya va modemizatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Buning natijasida mintaqaning neft-gaz energiya ishlab chiqarish sikli mukammallashadi, shaharlaming faolligi va harakatchanligi ortadi, yangi o‘sish qutb va markazlari shakllanishi kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |